5-sinf geografiya 1-7 mavzular
1. Qaysi olim xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan?
A. Ptolemey B. Eratosfen C. Nosir Xisrav D. Beruniy
2. "Fors ko‘li" qaysi olim xaritasida keltirilgan?
A. Ptolemey B. Eratosfen C. Xorazmiy D. Beruniy
3. Portugaliyalik Vasko da Gama qachon Afrikani aylanib Hindistonga borgan?
A. 1519-yil B. 1522-yil C. 1492-yil D. 1498-yil
4. 1820-yilning yanvarida rus dengizchi sayyohlaridan kimlar Antarktida materigini kashf etishgan?
A.Bellinsgauzen, Makarov B.Lazarev, Makarov C.Bellinsgauzen, Lazarev D.Lazarev, Lisyaniskiy
5. "Safarnoma" asarining muallifi kim?
A. N. Xisrav B. Beruniy C. Xorazmiy D. Bobur
6. Quyosh sistemasidagi 6-sayyorani belgilang.
A. Mars B. Yupiter C. Uran D. Saturn
7. Yangi oy qaysi tomondan ko‘rinadi?
A. Sharq B. G‘arb C. Shimol D. Janub
8. O‘zi turgan joyni ufq tomonlariga nisbatan aniqlash ......... deyiladi.
A. Oriyentirlash B. O‘lchash C. Azimut D. Ufq
9. Yerning sharsimon ekanligini mil. avv. 4-asrda kim isbotlagan?
A. Eratosfen B. Ptolemey C. Aristotel D. Geradot
10. Nisbiy balandlik qaysi asbob yordamida o‘lchanadi?
A. Shovun B. Nivelir C. Flyuger D. Anemometr
11. Mamlakatimizda barcha mutlaq balandliklar qaysi dengizdan o‘lchanadi?
A. Kaspiy dengiz B. Qizil dengiz C. Andaman dengizi D. Boltiq dengiz
12. Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘ining dengiz sathidan balandligi qancha?
A. -11 m B. -12 m C. -13 m D. -14 m
13. Osmon bilan Yer tutashgan joy ....... deb ataladi.
A. Ufq B. Ufq tekisligi C. Azimut D. Gorizont
14. Qutbiy doiralar nechanchi kengliklardan o‘tadi?
A. 23,5° B. 56,5° C. 66,5° D. 91°
15. Yer o‘z o‘qi atrofida qaysi yo‘nalishda aylanadi?
A. Sharqdan g‘arbga B. Sharqdan janubga C. G‘arbdan sharqqa D. G‘abdan janubga
16. Yer yuzasining umumiy maydoni qancha?
A. 510 mln km. kv. B. 149 mln km. kv. C. 361 mln km. kv. D. 560 mlb km. kv.
17. Yerning shaklini qanday nomlasa to‘g‘ri bo‘ladi?
A. Sharsimon B. Yumaloq C. Tuxumsimon D. Geoid
18. Yer qutblari deb... ....
A. Yer aylanish o‘qiga B. Yer aylanish o‘qining yer yuzasi bilan tutashgan joyiga C. Yerning eng chekka qismlariga D. Yerning sovuq joylariga
19. Yevropada birinchi globusni 1492-yilda kim yasagan
A. Magellan B. Kuk C. Bexaym D. Stenli
20. "Toshkent globusi" ning balandligi qancha?
A. 2,5 m B. 2 m C. 6 m D. 3 m
21. "Xitoy" qaysi olim xaritasida keltirilgan?
A. Xorazmiy B. Beruniy C. Xisrav D. Eratosfen
22. N. Xisrav 7 yil davomidagi 2 ta sayohatida qancha masofani bosib o‘tgan?
A. 3 ming km B. 5 ming km C. 10 ming km D. 15 ming km
23. Yer sharsimon, dumaloq bo‘lsa kerak degan dastlabki tasavvurning vujudga kelganiga qancha bo‘ldi?
A. 7000 yil B. 2400 yil C. 5000 yil D. 2000 yil
24. Yer ekvatorining uzunligi qancha?
A. 40000 km B. 50000 km C. 60000 km D. 70000 km
25. Bosh meridian qaysi shahardan o‘tgan?
A. Nyu-York B. Parij C. London D. Berlin
26. Yer markazidan Yer yuzasigacha bo‘lgan masofa ekvatorda qancha?
A. 6357 km B. 6378 km C. 6327 km D. 6389 km
27. Qishgi quyosh turish kuni qachon?
A. 21-mart B. 22-iyun C. 23-sentabr D. 22-dekabr
28. O‘quvchi maktabga 25° azimut bilan borsa uyga qaysi azimut bilan qaytadi?
A. 335° B. 155° C. 205° D. 145°
29. Odam piyoda yurganda 1 soatda o‘rtacha qancha masofani bosib o‘tadi?
A. 5 km B. 10 km C. 15 km D. 20 km
30. Agar siz uydan bekatga tomon 310° azimut bilan borsangiz qaysi azimut bilan uyga qaytasiz?
A. 120° B. 130° C. 140° D. 150°