A n V a r c h o r iy e V


bet172/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi


Abu Rayhon Beruniy.
Tanlangan asarlar. 1-tom, Toshkent, 1968, 150-bet.
0 ‘sha asar. 150-bet.
0 ‘sha asar, 2-tom. 101 — 102-betlar.


Yolg‘onchilikning o ‘sib borishi bilan inson umri zavol topadi. 
0
‘z navbatida, yolg‘onchilikning ortib borishi bilan yaxshilik 
kamaya boradi. Yaxshilikning kamayib borishi nafaqat kishilar 
umrini qisqartiradi, balki ular orasida turli mojarolar keltirib 
chiqaradi.
Beruniy yolg'onchilikni turli guruhlarga ajratadi. Chunonchi, 
ba’zi birovlar bilm asdan yolg'on xabar berishsa, ayrim lar 
o‘zlarining so‘zlarining yolg‘onligini bila turib noto‘g‘ri m a’lumot 
beradilar. Yana allakimlar birovlarga yaxshi ko'rinish, o ‘z mar- 
tabasini oshirish, xushomad qilib boylik orttirish, kimlargadir 
o‘zini yaqin qilib ko‘rsatish, o'zini turli jinoyatlardan qutqa- 
rish, kishilar o'rtasida nizo chiqarish uchun yolg'on gapiradilar. 
Shuningdek, ayrim kishilar tarafkashlik, o ‘zi yoqtirmagan ki­
shi, toifa yoki guruhni ataylab yomonlaydilar, o'zlarining ham- 
tovoqlarini maqtab so'zlaydilar.
Abu Rayhon Beruniy axloqsiz, odobsiz kishilarni qayta tar- 
biyalash mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun o'sha axloqsiz, 
odobsiz kishilarni, birinchi navbatda, nafsoniy hirs-havaslardan 
tozalamoq, ularga odob-axloq normalarini o'rgatm oq lozim. 
Boshqacha aytganimizda, Beruniyning fikriga asosan, axloqsiz, 
odobsiz kishilar jamiyatdagi yaxshi odamlarga ergashsalar qayta 
tarbiya topadilar.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko'ra, inson o'z mehnati 
bilan ulug'dir. M ehnat yordamida inson o'z badanini turli illat- 
lardan, xususan, dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan 
qutqaradi. Inson mehnatsiz shon-shavkatga, hech qanday mar- 
tabaga erisha olmasligini qayta-qayta ta ’kidlaydi. Yuqori martabaga 
mehnatsiz, osongina erishgan kishi farog'at va rohat soyasida 
yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug'lik libosidan mahrum, 
yalang'och bo'ladi.
Beruniy o'zining «Mineralogiya» asarida inson mehnatini og'ir 
jismoniy va yengil mehnat turlariga bo'ladi. U binokor, ko'm ir 
qazuvchi, hunarm and, ilm ahli mehnatini og'ir mehnat, deb 
ataydi. Og'ir jismoniy mehnat qiluvchi, xususan, yer ostidagi 
konlarda ishlovchi, yer ostida gavhar qidiruvchilar mehnatini 
jamiyat qadrlashi, ularga m a’lum imtiyozlar berishi lozim. Ay­
niqsa, yerga ishlov berib, hammani yedirib-ichirib turgan deh-


qonlarga alohida mehribonlik ko'rsatishi lozim, deb ta ’kidlaydi. 
Ilm ahli mehnatini ta ’riflab, ilm olish o ‘ta mashaqqatli, lekin 
jamiyat uchun eng kerakli mehnatdir, jamiyat olimlar mehnatini 
hamisha hurmat qilishi, qadrlashi zarur, deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniyning e ’tiro f etishicha, insonning qadr- 
qimmati, jamiyatdagi o ‘rni mehnati bilan baholanm og'i darkor. 
M ehnat har bir kishining kundalik ehtiyojiga aylanm og'i lo­
zim. Har bir kishi o ‘z xohish-istagi bilan m ehnat qilmog‘i 
kerak. Odamlarni majburiy m ehnat qildirish yo‘li bilan jamiyat 
hech qachon yuksaklikka ko‘tarila olmaydi. Kishilar xohish- 
istaklariga qarshi bo'lib, ularni majburan zo‘rlab ishlatishga 
Beruniy o 'rta asr sharoitidayoq qarshi chiqqan ed i1. M ehnat- 
kash kishiga jabr-sitam o'tkazuvchi ishboshilarni bo'rilarga, 
kalxatlarga o'xshatgan edi.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga muvofiq, kishilam ing 
madaniy saviyasi ortib borishi bilan jamiyat hayotining madaniy- 
lashish darajasi ortib boradi. Insonning madaniy saviyasi qancha 
baland bo'lsa uning shodlik, xursandchilikka, musiqaga bo'lgan 
ehtiyoji ortib boraveradi. «Madaniylashgan kishilar ichidan nozik 
(tabiatli) odamlar ko'ngil ochar (shodlik bag'ishlaydigan)joylarga 
borib turishni odat qildilar; bunday joylarga faqat nozik (tabi­
atli) kishilar emas, balki boshqa, musiqaga yanada kuchliroq 
tashna bo'lganlar ham ohang tinglash uchun boradilar... Ohanglar 
esa ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan 
bo'lgandagina kuchli ta ’sir qiladi: Chunki ruh (qalb) tartibga 
kirgan narsani tezroq qabul qiladi...»2
Beruniy tushuntirishicha, inson boshqa maxluqotlardan olamda 
sodir bo'layotgan hodisa,voqealar sababini bila olish bilan ajralib 
turadi. Olamda bo'layotgan o'zgarishlar sababini inson o'zining 
sezgilari yordamida bilib oladi. Inson miyasida hosil bo'lgan 
bilimlar tashqi olamning ifodasidir. Ushbu m a’lum otlar sezgi 
organlarining bajargan ishi tufayli sodir bo'ladi. Agar sezgi 
organlari bo'lmaganda olamning manzarasi haqida tasawurga ega

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish