A n V a r c h o r iy e V


Быховский Б.Э. Кьеркегор. М., 1972


bet346/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

1 Быховский Б.Э. Кьеркегор. М., 1972.
348


Kyerkegoming fikriga ko‘ra, inson o'zining mavjudligini hayoti 
uchun og'ir bo'lgan lahzalarda yaqqolroq sezadi. O 'sha og'ir 
damlarda inson o'zligi bilan uchrashadi. Uchrashuv paytida ya- 
shash, ishlash tarzini tanlash zaruriyati tug'iladi. Hayotning 
og'ir damlarida oqilona yo'l topish uchun tanlash vaziyatining 
sodir bo'lish jarayonini har tom onlam a tahlil qilish zarur, 
degan xulosaga keladi. Daniyalik allomaning e’tirof etishicha, 
hayotda tanlash, insonni turli iztiroblardan, vahimalardan ozod 
qilmoq uchun uning ruhiyati uch muhim: nafosat, axloqiy va 
xudojo'ylik bosqichlarini bosib o'tm og'i zarur.
Kyerkegoming tushuntirishicha, inson ruhiy kamolotining na­
fosat bosqichida uning ichki dunyosiga hissiyotlar hukmronlik 
qiladi. Hayotdan ko'proq zavq-shavq, lazzat olishga intiladi. Biroq 
inson qanchalik his-tuyg'u ta ’siriga berilsa, shunchalik o'z hayo- 
tidan qoniqmaslik kasaliga giriftor bo'ladi. Xuddi o'sha norozilik 
tuyg'usi insonni axloqiy bosqich tom on boshlaydi. Endilikda 
inson turmush tarzida mas’uliyat, burch, insof, diyonat kabi 
tuyg'ular ustuvorlik qila boshlaydi. Bu bosqichda inson hissiyot­
lar ta ’siridan voz kechib, o'zining ongi va faoliyatini axloqiy 
qoidalarga bo'ysundiradi. Ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan 
yomonlikning farqini tushunib oladi. To'g'rilik, yaxshilik yo'lini 
tanlagan shaxs darajasiga ko'tariladi.
Kyerkegoming ta ’kidlashicha, inson ruhiy kamolotining uch­
inchi — xudojo'ylik bosqichida, o'zining e’tiqodi bilan bevosita 
muloqotda bo'ladi. Muloqot natijasida, har qanday umumaxlo- 
qiy qoidalar talablaridan yuqori ko'tariladi.
Kyerkegoming ta’kidlashicha, inson shaxs darajasiga ko'tarilmog'i 
uchun unga erkinlik zarur. Erkinlikka erishgan inson chekadimi 
yoki chekmaydimi, piyoda yuradimi yoki velosepedda yuradimi, 
bunday turmush tarzining shakllarini o'zi tanlaydi. Shuning uchun 
erkinlikni tanlashning mutlaq imkoniyati, deb biladi.
Shunday qilib, Kyerkegor odamlardan har qanday sharoitda 
ham oqilona yo'l topishga — tanlashga mas’uliyat bilan qarashga 
da’vat etadi. Uning e’tirof etishicha tanlash har doim tasodifan, 
to'satdan yuzaga keladi. Hech qanday sabab va oqibatlar bilan 
bog'lanmaydi. Mabodo, tanlash allaqanday sabab tufayli amalga 
oshirilgan bo'lsa, bunday tanlash erkinlik doirasidan tashqarida 
sodir bo'ladi. Bunday tanlash mas’uliyatini inson o'z zimmasiga 
ololmaydi.


XIX 
asrning oxiri va XX asr boshlarida antiklassik falsafa 
namoyandalari ijtimoiy-tarixiy praktikani o'rganishga alohida 
e ’tibor bera boshladilar. «Xudo aqli» — «Absolyut g ‘oya»ni, 
boshqacha aytganimizda, klassik falsafa olg'a surgan ratsionalizm 
tamoyillarini tanqid eta boshladilar1.
Xususan, mashhur nemis faylasufi Artur Shopengauer (1788— 
1860-y.) klassik falsafa namoyandalari har tomonlama ulug'lagan 
inson aqli o'rniga inson irodasini qo'ydi. Uning fikriga muvofiq, 
iroda — bu insonning hohish-istaklarining shakllanishi uchun turt- 
ki bo'lgan motivlar yig'indisidir. O'sha motivlar insonning xatti- 
harakatiga ichki stimul beradi, uni har tomonlama qo'llab-quwat- 
laydi. Inson xatti-harakatiga stimul berib turadigan motivlaming 
o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular doimo o'zgarib, 
takomillashib turadi. Shuningdek, inson irodasini shakllantiigan 
motivlar uning aqliy faoliyatining yo'nalishlarini ham belgilab 
beradi. Aqliy faoliyatning mustaqillik darajasini belgilashda ham 
sezilarli ta’sir ko'rsatadi.
Shopengaueming ta ’kidlashicha, klassik falsafa namoyandalari 
ko'klarga ko'tarib maqtagan, «qudratli aql» bilan irodani muro- 
saga olib keladigan kuchlar ham mavjud bo'ladi. O'sha kuchlar: 
1. Irodani aql nazorati doirasidan «chetga olib chiqadi». Uni 
«mutlaq erkin xohishga» aylantiradi. 2. Inson irodasining hali 
foydalanilmagan ilohiy imkoniyatlarga uyqash ekanligini asoslab 
beradi.
Shopengaueming e ’tirof etishicha, iroda — bu «mutlaqlik 
belgisi»dir. Chunki iroda real voqelikdan ajralgan, o'ziga xos bir 
dunyodir. Uning hech qanday chegarasi yo'q, makon va zamonda 
cheklanmagan. Shuning uchun ham, iroda makon va zamondan 
tashqarida turadi, shakli-shamoyili ham yo'q. U doimo rivojlanib 
turadigan jarayon, lekin ushbu jarayonni inson bilishga qodir. O'z 
navbatida, insonning bilish borasidagi qobiliyati irodaga xizmat 
qiladi.
Shopengaueming tushuntirishicha, inson irodasi turli dara- 
jalarda namoyon bo'ladi. Inson irodasining holati, darajasini 
mashhur nemis faylasuf! Aflotunning g'oyalariga o'xshatadi. 
G'oyalar hodisa va voqealardan o'zgarmasligi bilan keskin farq 
qiladi. Makon va zam ondan tashqarida mavjud bo'ladi. Shuning

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish