A n t ik d a V r fa L sa fa si


Xitoy falsafasining o‘ziga xosligi



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Xitoy falsafasining o‘ziga xosligi. 
Xitoyda falsafa Xitoy tarixidagi 
uchinchi davrda — Chjo-Lego (alohida davlatlar)da paydo bo‘lgan. 
Keyingi davrda - Chjangoda esa rivojlangan. Bu davmi Xitoy 
falsafasining oltin davri deb atashadi. Xitoy falsafiy tafakkuri
54 Iqtibos quyidagi m anba b o 4 ic h a : Ч аны ш ев Л.Н. К урс лекц и й по древней
ф илософ ии. -М .: В ы сш ая ш кола, 1981. - С . 30.


evolyutsiyasini tadqiq etgan Sim Tan otasi Sim Syanning "Olti maktab 
to ‘g‘risida asosiy ko‘rsatmalar” asariga tayanib, avvalgi davrlar 
faylasuflari maktablarini oltitaga ajratadi.
Birinchi maktab - “in-yan szya” yoki “in-yan” maktabi, natur- 
faylasuflar maktabi nomi qadimgi xitoy kosmologiyasining ikki prinsipi
— in va yandan kelib chiqqan, xususan, in — ayollik asos, yan - erkaklik 
asos. Xitoyliklar fikricha, barcha kosmik hodisalar ana shu in va yan 
ning o ‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Ikkinchi maktab - “ju szya” yoki “olimlar maktabi”. G ‘arb 
adabiyotida u Konfutsiya maktabi deb ataladi, lekin oku ieroglifi so‘zma- 
so‘z tarjima qilinganda “ilmli odam”, “olim” m a’nolarini beradi. Mazkur 
m a’noda qo‘llash qisman adashtiradi, chunki bu maktab vakillarining 
nafaqat olim, balki mutafakkirlar ham ekanligi e’tibordan chetda qoladi. 
Ular, awalam bor, qadimgi klassika muallimlari bo‘lishgan va shu tariqa, 
qadimgi madaniy qadriyatlar merosxo'rlari edilar. Konfutsiy, shubhasiz, 
bu maktabning yetakchi figurasi va haqli ravishda, uning asoschisi 
hisoblanadi.
Uchinchi maktab - “mo szya” yoki moistlar maktabidir. U o‘zining 
Mo-szi rahbarligida jips holdagi tashkillashuvi va qattiq intizomi bilan 
ajralib turadi. Uning izdoshlari o‘z-o‘zlarini monetalar deb atashgan. 
Mazkur maktab nomi, boshqalarinikidan farqli o‘laroq, Sim Tan 
tomonidan kiritilmagan.
To‘rtinchi maktab - “min szya” yoki “ismlar”maktabi. Uning 
vakillarini xitoylik tadqiqotchilar “ismlar” va “faktlar” deb atashgan 
narsalar o'rtasidagi aloqalar va tafovutlar qiziqtirgan.
Beshinchi maktab — “fa szya” yoki legistlar maktabi. Fa ieroglifi 
“qoidani” 
anglatadi. 
Bu 
maktabning 
g‘oyaviy 
negizini 
davlat 
arboblarining yuritadigan siyosati, optimal boshqaruv olimlar ta ’kidlagan 
axloqiy normalarga emas, qonunlar kodeksida tasdiqlangan normalarga 
tayanishi kerak, degan fikr tashkil etadi.
Oltinchi maktab - “dao-de szya” yoki “Yo‘l va baxt-saodat 
kuchlari”. Uning asosida mazkur maktab vakillari falsafasining 
“noborliq” (Dao, yoki yo‘1) tushunchasi va uning individda insonning 
tabiiy fozilligi sifatida mujassamlashuvi (ye) yotadi. Mazkur termin 
“fozil odam” deb tarjima qilinadi, lekin uning har qanday yakka 
predmetda yashirin tarzda mavjud “kuch” tarzida berilishi m a’qulroq. 
Sim Tan “dao-de” deb nomlagan maktab keyinchalik g ‘arb adabiyotida 
daos maktabi degan nom bilan ataladigan bo‘ldi. Bulaming ko‘pchiligida 
hayot donishmandligi bilan bog‘liq amaliy falsafa, xususan, odobnoma,
52


boshqaruv masalalari ustuvor bo'lgan. Qadimgi Xitoy falsafasi kam 
hollarda sistemaga solingan. Bu qadimgi Xitoy fanining va mantig'ining 
kuchsizligi bilan belgilanadi60.
Konfutsiychilik. Bu maktab, falsafiy oqim Kun fu-szi, Men-szi va 
Syun-szi nomlari bilan bog‘liq. Konfutsiy eramizga qadar 551-470- 
yillarda yashab, ijod etgan. Uning vatani - Lu xoqonligi. U taniqli urug‘ 
vakili bo'lgan (otasi - uyezdlardan birining hokimi lavozimini egallab 
turgan), ammo kamtarona turmush kechirgan. Yoshligida podachi, 
qorovul bo'lgan, 15 yoshdan boshlab ilm bilan bog'langan. 50 yoshida 
o 'z maktabini yaratgan. Shogirdlari ko'p bo'lgan, ular ustozining 
mulohazalarini 
va 
o 'z 
fikrlarini 
yozib 
borishgan, 
natijada, 
konfutsiyachilikning bosh asari - “Lun-Yuy” (suhbatlar va mulohazalar) 
yaratilgan. Unda, asosan, axloq-odobga oid masalalar muhokamasi 
mavjud.
Osmon va ruhlar.
Osmon - oliy kuch. U yerdagi adolatni kuzatib 
turadi. “Shi-szin” dan farqli o'laroq, osmon, Konfutsiy fikricha, abstrakt 
va shaxssiz. Osmon — bu taqdir, rok, dao. Konfutsiy ruhlardan uzoqroq 
yurishni, tiriklarni o'liklardan yuqoriroq qo'yishni maslahat beradi va 
savol qo'yadi: О
damlarga xizmat qilishni о ‘rganmasdan turib, ruhlarga
xizmat qilish mumkinmi?
Konfutsiyning diqqat markazida kishilarning o'zaro munosabati, 
tarbiya kabi ijtimoiy masalalar turadi. Biroq uning mushohadalarida 
bugungi hayot emas, o'tmish muqaddaslashtiriladi. Uningcha, hozirgi 
paytda axloqni tushunadigan odamlar kam. Odamlar tanilish uchun 
o'qishadi, nafratlarini namoyon qilishadi, janjallashishadi; ular o 'z 
xatolarini tuzatishga qodir emas. Konfutsiy zamonni yomonlar ekan, eski 
davrdagi axloqni tiklash zarur deb hisoblaydi.
Asosiy axloqiy tushunchalari: “Bir-birini qo'llash”, “O'rtachasi -
oltin”, "Insonni sevish” (bu to'g 'ri yo'lni -d a o n i tashkil etadi). O'rtacha
- oltin - bu odamlar xulqidagi o'zini tuta olmaslik bilan ehtiyotkorlik 
o'rtasi, “insonni sevish - bu ota-onaga ta’zim, kattalarga hurmat”61. 
Konfutsiy axloqning oltin qoidasini yaratgan: 
“O 'zing xohlamagan
narsani boshqaga ravo ко ‘rma ”62.
Konfutsiy axloqiy normalarga og'ishmay amal qiladigan inson 
obrazini yaratadi. U Syun-szi (yaxshi erkak)dir. Konfutsiy uni quyi
60 B u m asala b o 'y ich a to ‘laroq m a’Iumot olish uchun: Fung, Y u-Lan. A Short History 
o f C hinese Philosophy (ed. D erk Bodde). N ew York: M acm illan, 2001. P.38-65.
61 А нтология м ировой ф илософ ии. Т.1. Ф илософ ия древности и средневековья.
4 . 1 . -М .: М ысль, 1969. С.193.
61
O s h a asar: В .94.
53


insonga qarama-qarshi qo‘yadi. Birinchisi, ya’ni Syun-szi burch va 
qonunga amal qiladi. Ikkinchisi, Syayu-jen - hayotda yaxshi joylashish, 
manfaat ko‘rishni o ‘ylaydi. Birinchisi - o ‘ziga talabchan. Ikkinchisi -
boshqalardan talab qiladi. Birinchiga katta ishlami ishonib topshirish 
mumkin. lkkinchiga - yo‘q. Birinchisi boshqalar uchun o‘zini qurbon 
qiladi. Ikkinchisi o‘z-o‘zini o'ldiradi. Yaxshi erkak uch narsadan 
qo‘rqadi: osmon, ulug‘ odamlar, donishmandlar irodasidan.
Boshqaruv masalasiga to‘xtalib, agar rahbar yaxshilikka inti Isa. xalq 
ham yaxshilikka intiladi, deydi.
Nom (ism)ni tuzatish —
Konfutsiyning o ’tmishni muqaddaslash- 
tirishining 
cho‘qqisi. 

predmetni 
uning 
asl 
m a’nosi 
bilan 
moslashtirishni bildiradi (o‘tmishdagi m a’nosi bilan), xususan, davlat 
arbobi - davlat arbobi, ota - ota, o ‘g ‘il - o‘g ‘il bo‘lib qolishi kerak. 
Nomni tuzatishdan maqsad - axloqni tuzatish, yaxshi xulq-atvomi 
tiki ash.
Bilish - bu odamlarning bilim olishi vo‘lidagi harakati demakdir. 
Bilimga ega kishi barchadan yuqori turadi. 0 ‘qish aqliy mushohada 
yuritish, fikrlash bilan to ‘ldirilishi kerak: o‘qish va flkrlay olmaslik — 
vaqtni behuda ketkazish demakdir.
Konfutsiy ta’limotining ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u xalqni 
boshqarishning asosiy vositasi deb shaxsiy namuna ko‘rsatishni, 
ishontirishni biladi (zo‘rlashni emas).

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish