Darshanlar - hind falsafiy sistemalari
Darshan —
ko‘rish, ko‘rib chiqish, ko'rilib turish, uchrashish,
oldindan ko‘rish, idrok, bilish, ichiga kirib borish, tanish va bilish
m a’nolarida ishlatiladi hamda qadimgi grek termini
falsafaning
sinonimi
hisoblanadi. Taniqli hind faylasufi Radxakrishnan fikricha, “darshan”
atamasi intuitsiyani tekshirib ko‘rish va uni izchil yoyishdan iborat.
Hatto boshqa sistemalarda ham bu so‘z haqiqatni tushunchalarda
jonlantiradigan intuitsiya yordamida yoki uning yordamisiz mantiqan
bayon qilishda qo'llaniladi. U reallik to‘g ‘risida inson aqli egallagan
barcha qarashlarni bildiradi, agar reallik bitta bo‘lsa, bir narsani
ifodalamoqchi bo'lgan turli qarashlar bir-biriga zid kelmasligi kerak.
Ular qandaydir tasodifiy yoki ixtiyoriy ravishda paydo bo‘lgan fikrlar
bo‘lmay, bitta reallikdan olingan turli qarashlarni aks ettirishi kerak.
Borrliqni turli tomonidan qamrab oladigan aqlimizdagi
bunday
qarashlarning har birini hafsala bilan ko‘rib chiqar ekanmiz, biz reallikni
mantiqiy tushunchalarda tasvirlashning ikkinchi darajasiga ko‘tarilamiz.
Reallikni
mantiqan
in’ikos
etishning yetarli
emasligini
anglab
yetganimizda, biz unga intuitsiya yordamida erishishga urinamiz. Unda
bizning nihoyatda monistik sof “borliq”qa ega bo‘lib, undan yana turli
45
"B xagavatgita” haqida qarang: А нтология м и ровой философ ии. В 4-х тт. Т.1, ч.1.
-М .: М ысль, 1969. С .94-107.
39
sistemalarda harfma-harf o‘qiladigan
firning mantiqiy realligiga
qaytganimizni aytishadi. Oxirgi aytilgan holatga nisbatan oiinganda,
“darshan” reallikni har qandaychasiga ilmiy tasvirlashni anglatadi.
0 ‘zining chiroyli noaniqligi bilan bu so‘z falsafiy ilhomlanishning butun
murkkabligini ko‘rsatadi.
“Darshan” — qalb hissiyotiga ochiladigan m a’naviy idrok, fikrlash
ko‘lami. Falsafa qayerda boTsa, shu yerda bo‘ladigan qalbning bu
qarashi haqiqiy faylasufning muhim belgisidir. Demak, falsafaning eng
yuksak zafarlariga faqat o'zida qalb musaffoligiga erishgan kishilargina
muyassar bo‘la oladi. Bunday musaffolik insonda qandaydir yashirin
kuch paydo bo‘lib, uning yordamida hayotni nafaqat idrok etish, balki
unga musharraf bo‘lgandagina tushuniladigan tajribani donolarcha qabul
qilishga asoslanadi. Mana shu ichki manbadan zarur m a’lumotlami olib,
faylasuf hayot haqiqatini, sof intellekt ochib bera olmaydigan haqiqatni
ko‘rsatadi. Butun tajriba jamlangan sirli makazdan yaratiladigan
ziyraklik, farosat guldan meva yaralgandek tabiiydir. Haqiqat izlovchi
uni qidirishga tushishdan avval muayyan muhim shartlami bajarishi
lozim. Vedanta sutr Shankara o'zining birinchi sutraga bergan
tushuntirishlarida falsafani o ‘rganuvchi har bir kishi uchun to ‘rtta shartni
bajarish muhimligini asoslaydi. Birinchi shart mangu va o ‘tkinchi
narsalar farqini tushunib yetishdan iborat. Flaqiqat izlovchisi bir-biridan
ajralib turgan faktlardan massividan haqiqatni topib chiqarishga imkon
beradigan jonli xayolga, tadqiqotchilik ruhiga ega bo‘lishi lozim.
Ikkinchi shart sodir qilingan amallar natijalaridan hozirgi hayotda ham,
kelajakdagi hayotda ham bahra olishdan voz kechishdan iborat. Bu shart
barcha mayda-chuyda xohishlami, shaxsiy manfaatdorlikni va amaliy
manfaatlarni tark etishni talab qiladi. Faylasuf hayotdan tashqarida turib,
uni mushohada etishi kerak46.
Darshanlarga - qadimgi hind falsafiy sistemalariga xos umumiy
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1) ularda diniy-mifologik dunyoqarash ta’siri yaqqol sezilib turadi:
2) barchasi birga mavjud, yonma-yon yashagan bo‘lib, ular ko‘proq
so f aqliy mushohadaga tayanadi, ilm-u fan bilan aloqasi sayoz, an’anaviy
hind turmush tarzini ifoda etadi va shuning uchun ham olamni ruh, jon
orqali tasvirlash, y a’ni unga idealistik yondashish ustuvordir. Buni
intellekt, tafakkumi vulgarlashtirish, xususan, aqliy faoliyatni moddiy
jarayon, hissiyotni fizikaviy hodisa deb tushunishda o‘z ifodasini topadi.
46 S .R adhakrishnan. Indian P hilosophy V ol.I. London: Reprinted 2009. P.37-38.
40
Ayni paytda, darshanlar ba'zi falsafiy masalalami hal etishda bir-biridan
keskin farq qiladi.
Hind falsafiy sistemalarini, odatda, veda g‘oyalari, an’analariga
bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki guruhga:
astika
va
nastikaga
ajratishadi.
Astikaga vedalar avtoritetini e’tirof etadigan, ortodoksal, mumtoz
sistemalar — vedanta, nyaya, vaysheshika, yoga, mimansa va sankxyalar
mansub. Vedalar avtoritetini tan olmaydigan ta’limotlar qatoriga
lokayata, buddizm va jaynizm kiradi. Lekin ular tarkibini boshqacha
talqin qilish hollari ham mavjud. Xususan, ba’zi mutaxassislar darshanlar
deganda faqat astikani tushunsa, boshqalari ham astikani, ham nastikani
nazarda tutishadi. A.N.Chanishev
esa,
darshanlarni
falsafiy va
parafalsafiy turlarga ajratib, keyingisiga buddizm va jaynizmni tegishli
deb hisoblagani holda, darshanlarning sonini yettitaga keltiradi47.
Avval nastikaga mansub falsafiy sistemalami ko‘rib chiqamiz.
Jaynizm (jina - g‘olib) mohiyatiga ko‘ra mifologiyaga borib
taqaladi. U 24 yo‘l boshlovchi — tirtxankar (borliqni okean orqali boshlab
boruvchi) faoliyatini
ko‘rsatadi,
shulardan ikkitasi:
parshva va
maxaviralar real mavjuddir. Birinchisi Bixar (Sharqiy Hindistonda)
jam oa tashkil etib, unga qabul qilingan erkaklar va ayollar dunyochilar
va tarkidunyochilar (asketlar) ga boMingan; ular to ‘rtta amalni
saqlaganlar:
aximsa -
birovga yomonlik qilmaslik,
satya —
haqgo‘ylik,
asteyya
- o‘g‘irlik qilmaslik,
aparigraxa
- birovga bog‘lanib qolmaslik,
dunyo ne’matlaridan voz kechishlik.
Maxavira kshatriylar zotidan bo‘lib, eramizdan avvalgi VI asrda
yashagan.
U
dunyovchilarga
seks
bilan
shug‘ullanmaslikni,
tarkidunyochi-larga er-xotinlaming bir-biriga xiyonat qilmasligini va
dunyo lazzatlaridan o ‘zini tiyishni buyurgan. Tarkidunyochilar -
monaxlar o‘rmonlarda yashashgan. Maxaviraning o ‘zi jaynlar jamoasiga
bosh boigandan keyin (30 yoshida) oilasini tark etib, kiyimsiz va deyarli
ovqat yemasdan 12 yil umr kechirgan (ko‘zi ochilguncha, ya’ni borliq
mohiyatini tushunib yetguncha).
Maxavira 14 ta kitob yozib qoldirgan. Eramizga qadar III asrda
Pataliputra shahrida umumjayn yig‘inida jaynlar kanoni - “Siddxanta”
tuzilgan va tasdiqlangan. Uning ichida “Kalpasutra” ko‘proq o‘qiladigan,
yuqoriroq baholanadigan qismi bo‘lib, unda astronomiya, geografiya,
kosmogoniya, xronologiya, arxitektura, musiqa, raqs, erotika, geterlami
tarbiyalashga oid ilmiy va amaliy xarakterga ega m a’lumotlar bor.
47 Ч аны ш ев A .H . К урс лекций по деревн ей ф илософ ии. —М .: В ы сш ая ш кола,
1981.С.82.
41
Jaynizmda
braxmanizm
tanqid
ostiga
olinadi,
vedalarning
muqaddasligi inkor etiladi, Jaynizmda qon chiqarib qurbonlik qilish
qoralanadi, boshqa jonzotlar hayotiga rahm qilishga chaqiradi. Jaynizm
xudolami emas, jaynlarni ulug‘lash zarurligini ta’kidlaydi. Jaynizm
sansaraga ishonadi, uning maqsadi - azob-uqubatdan iborat deb
tushuniladigan hayotdan ozod bo‘lish. Jina — bu karma qonunini yengib
o ‘tgan kishi. Jaynizm — dualistik ta’limot. Unda tirik va o ‘lik dualizmi
mavjud. Notirik borliq atomlar (anu)dan tashkil topgan, materiya
(pudgala) - birlashish va bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lib, fazo (akosha),
vaqt (kana), harakatni o‘z ichiga oladi. Tirik tabiat to ‘laligicha jonga ega,
jon bitta. “Uchta gavhar” - bu: to‘g ‘ri xulq-atvor, to‘g‘ri bilish, to‘g‘ri
e’tiqod.
Jaynizmning bilish nazariyasi.
Jaynlar “shruti” - avtoritar bilim va
“matn”ni farqlashadi. Bilishda xotira, tanib-bilish va xulosalash ishtirok
etadi. “Matn” ga tashqi va ichki dunyo predmetlarini hissiy qabul etish
va aql bilan bilish kiradi.
Jaynlarda yonma-yon yashaydigan bir necha dunyoning mavjudligi
tan olinadi: quyi ikki dunyoda gunohkorlar jonini qiynaydigan, ularga
azob beradigan demonlar (farishtalar) yashashadi; o ‘rta dunyo - yer,
yuqoridagi dunyo - xudolar yashaydigan dunyo (amaldagina bu dunyo
mavjud deb hisoblanadi, nazariy jihatdan esa, xudolar mavjudligi inkor
qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |