A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Qattiq  shirdon  pishloqlar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Qattiq  shirdon  pishloqlar.  shveytsar,  golland,  chedder  va  latin 
pishloqlari  guruhi  qattiq  shirdon  pishloqlar  turkumiga  kiradi.  Bularning 
hammasi  pishiq,  elastik  xamirga  ega  bo„lib,  tarkibidagi  namlik  42%  dan 
48% gachani tashkil etadi.  
Altay  pishlog„i
 
ham  past  tsilindr  shaklida  12-20  kg  og„irlikda 
tayyorlab  chiqariladi;  po„stining  usti  parafinli  aralashma  bilan  qoplanadi. 
Sovet  pishlog„i
 
pasterizatsiya  qilingan  sutdan  tayyorlanadi;  u  to„g„ri 
burchak  shaklida  va  og„irligi,  12-16  kg  bo„ladi;  ta‟mi  shveytsar 
pishlog„ining
 
ta‟miga yaqinroqdir.  
Moskva  pishlog„i
 
baland  tsilindr  shaklida  bo„ladi;  sirti  sariq  rangli 
parafin  bilan  qoplanadi,  og„irligi  6  -  8  kg.  U  Sovet  pishlog„i
 
turlarining 
biridir.  Ta‟mi  va  hidi  ham  Sovetskiy  pishlog„idan  farq  qilmaydi.  Kuban 
pishlog„i
 
tsilindr shaklida bo„lib, og„irligi 10 kg gacha, ta‟mi, xushbo„yligi 
va konsistentsiyasiga ko„ra Sovetskiy pishlog„iga yaqin bo„lib tsellofanga 
o„raladi.  
Gollandiya  pishloqlari  guruhiga  Golland,  Kostroma,  Stepnoy, 
Yaroslav va Uglich pishloqlari kiradi. Bu guruhidagi pishloqlar qaymog„i 
olinmagan  yoki  me‟yorlashtirilgan  sutdan  tayyorlanadi.  shveytsar 
pishloqlaridan  farq  qilib,  bu  pishloqlarning  kalesi  bir  oz  yirikroq 
maydalanadi, shuning uchun ham ularning namligi nisbatan ko„proq  (43-
44%)  bo„ladi.  2-2,5  oyda  pishib  etiladi,  yog„i  45%,  biroz  dumaloq  shakl 
katta  va  kichik  Golland  pishloqlari  bundan  mustasnodir.  Ularning  yog„i 
50%  bo„lishi  shart.  Xamiri  elastik,  nafis,  bukilganda  sinuvchan, 


115 
 
ko„zchalari mayda, dumaloq shaklda bo„ladi. Ta‟mi va hidi sof pishloqqa 
xos, o„tkir kislotaliligi sezilib turadi.  
Golland pishloqlari quyidagi ko„rinishlarda ishlab chiqariladi; katta 
dumaloq, pishloqning og„irligi 2-2,5 kg, kichik dumaloq (liliput)niki 0,4 -
0,5 kg; katta to„g„ri to„rtburchak shaklidagi pishloqning og„irligi 5-6 kg va 
kichik  to„rtburchak  shaklidaginiki  1,5-2  kg.  Qobig„i  ko„pincha  och  qizil 
rangga bo„yalgan parafin plyonkasi bilan qoplanadi.  
Kostroma pishlog„i
 
9-12 kg og„irlikdagi katta past tsilindr yoki 5-6 
kg  og„irlikdagi  kichik  dumaloq  shaklida  tayyorlanadi.  Stepnoy  pishlog„i
 
to„rtburchak shaklida bo„ladi; og„irligi 5-6 kg; ta‟mi o„tkir va xushbo„ydir. 
Yaroslav  pishlog„i
 
2-3  kg  og„irlikda,  baland  tsilindr  shaklida  chiqariladi; 
ta‟mi  nordonroq  bo„ladi.  Uglich  pishlog„i
 
og„irligi  2-3  kg,  to„g„ri 
to„rtburchak shaklida bo„ladi. Konsistentsiyasi nozik, sinuvchan, ta‟mi bir 
oz  nordonroq.  Usti  bo„yalmagan,  ammo,  parafin  bilan  qoplangan. 
Poshexon  pishlog„i
 
-  past  tsilindr  shaklida,  og„irligi  5-6  kg; 
konsistentsiyasi  plastik,  ta‟mi  bir  oz  nordonroq.  Eston  pishlog„i
 
baland 
tsilindr  shaklida  bo„lib,  og„irligi  2-3  kg,  tezpishar  pishloq;  pishloqqa  xos 
nordonroq ta‟mi aniq sezilib turadi.  
Rossiya  pishlog„ining
 
og„irligi  11-15  kg  yoki  7-10  kg bo„lgan past 
tsilindr  shaklida  chiqariladi.  Sirti  bo„yalmaydi,  parafin  bilan  qoplanadi, 
pishloqqa  xos  ta‟m  va  hid  anqib  turadi;  bir  oz  nordonroq,  davlat  sifat 
belgisini olgan.  
Chedder pishloqlari guruhiga - Chedder va Tog„li
 
Oltoy pishloqlari 
kiradi. Boshqa pishloqlardan farqli o„laroq bu guruhga kiruvchi pishloqlar 
shakl  berilishdan  oldin  achitiladi,  shuning  uchun  ham  ularda  ko„zchalar 
bo„lmaydi. Ular 3 oyda pishadi; tarkibida (quruq moddaga nisbatan) 50% 
yog„, 44% namlik bo„ladi. Etilgan pishloq sof, bir oz achinqiragan ta‟m va 
hidli bir oz so„liqroq, mayin xamiri bir xil oq yoki sariq rangda bo„ladi. Bu 
pishloqning qattiq po„sti bo„lmaydi, doka yoki mitkal gazlamaga o„raladi, 
gazlama  pishloq  etiga  mahkam  yopishib  turadi.  Bu  pishloqlar  shakli  va 
og„irligi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Chedder  pishlog„i
 
katta  tsilindr 
shaklida,  og„irligi  30-33  kg.  Tog„li  Oltoy  pishlog„i
 
past  tsilindr  shaklida, 
og„irligi 10-5 kg.  


116 
 
Latviya  pishloqlari  guruhiga  Latviya,  Krasnodar,  Voljskiy 
pishloqlari  kiradi.  Bu  pishloqlarning  xususiyati  shundaki,  pishish  davrida 
ularning  qobig„ida  shilliq  modda  paydo  bo„ladi.  Bu  shilliq  moddada  esa 
ammiak  ajratuvchi  bakteriyalar  rivoj  topadi.  Ammiak  pishloqning  ichiga 
o„tib, unga  o„tkir,  bir  oz ammiakli ta‟m va hid beradi.  Bu pishloqlarning 
xamiri  elastik,  nafis,  oval  yoki  notekis  shaklda  bo„ladi.  yog„i  (quruq 
moddaga nisbatan), 45%, namligi 48% bo„lib, 2 oyda pishadi.  
Latviya  pishlog„i
 
to„rtburchak  shaklida  bo„lib,  og„irligi  2,2-2,5  kg. 
Krasnodar  pishlog„i
 
tsilindr  shaklida,  og„irligi  8-10  yoki  4-6  kg;  ta‟mi 
o„tkir, bir oz ammiak hidli bo„ladi. Voljskiy pishlog„i
 
2,3-3 kg og„irlikdagi 
to„g„ri  burchakli  bo„laklar  shaklida  tayyorlanadi.  Sifat  ko„rsatkichlariga 
ko„ra  barcha  qattiq  shirdon  pishloqlar  (Kuban  pishlog„idan  tashqari)  oliy 
va  birinchi  navlarga  bo„linadi.  Pishloqni  navlarga  ajratishda  ta‟mi,  hidi, 
rangi,  konsistentsiyasi,  kesilgandagi  ko„rinishi,  tashqi  ko„rinishi,  o„ralish 
va markirovka holati asos qilib olinadi.  
Sarxil  pishloq  to„g„ri  shakl:  bir  xil  yupqa  yoki  qalin  qobiq;  shu 
pishloq  turiga  xos  bo„lganligi  aniq  bilinib  turadigan  ta‟m  va  hid;  nafis, 
plastik,  bir  oz  elastik  konsistentsiya;  butun  massada  bir  xil  sarg„imtir  oq 
rang; kesilganda oval, dumaloq, yassi yoki boshqa shakl ko„zchalar (pufak 
o„rinlari  bo„lmaydigan  Chedder  pishloq  guruhlaridan  tashqari)  bo„lishi 
kerak.  
Pishloqlarning  sifati  100  balli  tizim  bilan  baholanadi.  Pishloqning 
ta‟mi  va  hidi-  45  ball,  konsistentsiyasi  -  25,  ko„zchalari  -  10,  xamirining 
rangi  -  5,  tashqi  ko„rinishi  -  10  va  markirovka  holati  5  ball  bilan 
baholanadi.  Nuqsonlar  uchun  ball  pasaytiriladi.  87  balldan  kam  baho 
olmagan (87 - 100) shu bilan birga ta‟mi va hidiga 37 ball olgan pishloqlar 
oliy  navga,  jami  75-86  ball,  ta‟mi  va  hidiga  34  ball  olgan  pishloqlar  1-
navga  kiritiladi.  Tarkibidagi  yog„,  namlik  va  tuz  standart  talabiga  javob 
berishi  kerak.  Pishloq  toza,  pishiq,  but  idishga  solinishi  va  markirovkasi 
aniq, tushunarli bo„lishi kerak.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish