109
Kremda kamida 18% yog„ bo„lishi lozim.
Qatiq qaymog„i olinmagan, yog„sizlantirilgan, pasterizatsiya
qilingan, sterilizatsiya qilingan sutlarni, sut achituvchi streptokokklarga
bolg„ar yoki atsidofil tayoqchalari qo„shib yoki qo„shmasdan achitish no„li
bilan tayyorlanadi. Sutni achitish 30 - 35°C haroratda 6 soat davom etadi,
keyii hosil bo„lgap qatiq 3 - 5°C haroratli sovutgich kameralarga joylanadi
va u erda etilguncha (4 - 6 soat) saqlanadi. Achitilishiga ko„ra qatiq:
atsidofil yujniy, varenets, oddiy, matsoni (matsun) turlariga bo„linadi.
Tarkibidagi yog„ miqdoriga ko„ra qatiq yog„li (qaymog„i olinmagan
sutdan tayyorlangan) va yog„siz (yog„sizlantirilgan sutdan tayyorlangan)
turlarga bo„linadi. Sarxil qatiq sof sut-qatiq yoki qo„shilgan
mahsulotlarning ta‟miga ega bo„lishi; me‟yorida zich, buzilmaydigan, gaz
hosil bo„lmaydigan va yuziga shirdon suvi ko„p ajralib chiqmagan,
ushatilgan bo„lagi yaltiroq, turg„un bo„lishi; rangi sutsimon oq yoki
qo„ng„irroq tusli sarg„imtir (varenetsda) bo„lishi kerak. Xashak ta‟mi va
og„il
hidi yakqol sezilib turgan, kir-chir, shuningdek, achchiq yog„
kislotasi, ammiak, mog„or ta‟mi va hidi keladigan, ko„piradigan, 3%dan
ortiq zardob ajraladigan suyuq konsistentsiyali hamda begona rang olgan
qatiq savdoga chiqarilmaydi.
Kefir qaymog„i olinmagan yoki olingan pasterizatsiyalangan sutni
kefir zamburug„lari, ya‟ni sut achituvchi bakteriyalar va drojji aralashmasi
bilan ivitib tayyorlanadi. Kefir - sut kislotasi va spirt hosil qilib achiydigan
mahsulotdir. Mo„ljallanishiga ko„ra kefirning ikki xili: ommaviy iste‟mol
uchun va shifobaxsh xili bemorlar uchun tayyorlanadi.
Ommaviy iste‟molga mo„ljallangan kefir olish uchun achitilgan sut
0,25 yoki 0,5
l sig„imli
sut butilkalariga quyilib, 14-18 soat mobaynida 20
- 25°C haroratda saqlanadi. shifobaxsh kefir ommaviy iste‟mol kefiridan
farq qilib, 1-3 sutka mobaynida saqlanib yetiltiriladi. Yetiltirish muddatiga
ko„ra
shifobaxsh kefir kuchsiz, o„rta va o„tkir kefirlarga bo„linadi.
Kuchsiz kefirning spirti ortig„i bilan 0,2%; nordonligi 90°C gacha
bo„lib, bir sutka mobaynida etnltiriladi; bu xil kefir oshqozonni
bo„shashtiradi. O„rtacha kefirning spirti ortig„i bilan 0,4%; nordonligi
505°C gacha bo„lib; ikki sutka mobaynida yetiltiriladi. O„tkir kefirning
110
spirti ortig„i bilan 0,6%; nordonligi 120°C gacha bo„lib, uch sutka
mobaynida yetiltiriladi, u oshqozonni mustahkamlaydi, ichni qotiradi.
Kefir yog„li, yog„siz qilib, ba‟zida S vitamini qo„shib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: