A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Yumshoq pishloqlar. Yumshoq pishloqlar konsistentsiyasida, rangi, 
shakli  va  ko„zchalarida  kamchiliklari  bo„lgan  shirdon  qatiqli,  namakobli 


118 
 
pishloqlardan 
hamda 
maxsus 
tayyorlangan 
pishloq 
massasidan 
tayyorlanadi.  Eritilgan  pishloq  massasiga  suzma,  sariyog„,  yog„i  olinib 
qurutilgan  sut,  turli  ziravorlar  (garmdori,  qalampirmunchoq,  dolchin, 
muskat,  kardamon  va  boshqalar)  hamda  pishloq  xamirini  bo„yash  uchun 
ozuqa  bo„yoqlari  qo„shiladi.  Erituvchi  sifatida  fosfor,  limon  natriylaridan 
foydalaniladi. Eritishga mo„ljallangan pishloq po„sti artilib maydalanadi va 
vakuum-qozonlarga  joylanib,  unga  tuz,  eritgichlar,  bo„yoqlar  qo„shiladi 
hamda 70-75°C gacha isitiladi. Bu issiqlikda pishloq eriydi. Erigan pishloq 
massasini alyumin zarqog„ozi solingan to„g„ri burchakli past tsilindr yoki 
yarim  tsilindr  qoliplarga  quyiladi  va  u  sovigandan  so„ng  chiroyli 
etiketkalarga o„raladi.  
Bizning pishloq ishlab chiqaruvchi sanoatimiz yumshoq pishloqning 
40  dan  ortiq  to„rini  tayyorlab  chiqaradi.  Ular  xamirining  tarkibi,  ta‟mi, 
shakli, rangi, konsistentsiyasi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq 
qiladi.  Pishloq  xamirining  tarkibi  va  tayyorlanish  usuliga  ko„ra  barcha 
yumshoq pishloqlar olti guruhga bo„linadi.  
To‗ldirgichli  va  ziravorli  yumshoq  pishloqlar  guruhiga  vetchina, 
dudlangan  kolbasa,  garmdori,  ziravorlar  (tmin,  qashqar  beda,  ukrop  va 
h.k.)  tomat  sousi  qo„shilgan  pishloqlar  kiradi.  Pastasimon  yumshoq 
pishloqlar:  55%  yog„i  bo„lgan  Drujba,  Volna,  Leto,  yog„i  50%  bo„lgan 
Rokfor, yog„i 45% bo„lgan kislomolochniy, tyubikli Moskva, Myagkiy va 
shu  kabi  boshqalar  ushbu  guruhga  mansub  pishloqlardir.  Bu  pishloqlar 
shirdon  suvli,  pishib  etilgan  katta  va  mayda  qattiq  pishloqlarga  turli 
miqdorda  qaymoq,  smetana,  sariyog„  qo„shib  tayyorlanadi.  yumshoq 
pishloqlarning konsistentsiyasi nafis, surkaluvchan bo„ladi.  
Yumshoq  shirin  plastik,  pishloqlar  (shokoladli,  Kofeli,  Mevali) 
tarkibida  yog„  turli  miqdorda  bo„lgan  tvorog  massasiga  sariyog„,  qand, 
ta‟m  beruvchi  to„ldirgichlar  hamda  jelatin,  agar  yoki  agaroid  qo„shib 
tayyorlanadi. Bu xil pishloqlar tarkibidagi yog„ 30%, qand 30% dan kam 
bo„lmasligi, namlik esa 35% dan oshiq bo„lmasligi kerak.  
Konserva  qilingan  yumshoq  pishloqlar  oliy  navli  tabiiy 
pishloqlardan tayyorlanadi. Eritilgan issiq  massa oziq-ovqat laki surtilgan 
temir  bankalarga  quyiladi,  so„ngra  bankalar  bekitilib  sterilizatsiya  yoki 


119 
 
pasterizatsiya  qilinadi.  Savdoga  yumshoq  pishloqlarning  sterilizatsiya 
qilingan, pasterizatsiya qilingan turlari chiqariladi.  
Dorivor pishloqlar birinchi va ikkinchi xil taomlar hamda turli sous 
va  qaylalar  tayyorlashda  dorivor  xizmatini  o„taydi.  Bu  guruhga  sabzavot 
taomlari  uchun  pishloq,  makaron  ovqatlar  uchun  pishloq,  oq  qo„ziqorin 
uchun  pishloq  va  h.k.kiradi.  Ular  shisha  bankalarga  225  g  dan  solinib, 
bankalar  temir  qopqoqlar  bilan  germetik  yopiladi.  Pishloqlar  taomga 
o„ziga  xos  ta‟m  va  hid  beradi.  Sarxil  yumshoq  pishloqlar  elastik, 
uvalanmaydigan,  zarracha  va  ko„zchalardan  holi,  xamirning  rangi 
sarg„imtir, ta‟mi shu turga mos, ziravorli pishloqlarning ta‟mi va hidi esa 
qo„shilgan  ziravorlarga  xos  bo„lishi  kerak.  yumshoq  pishloqlar  30,  50, 
100,  125,  200  va  250  g  qilib  qadoqlanadi.  yumshoq  pishloqlar  faner  va 
yupqa  taxtadan  yasalgan  yashiklarga  yoki  sig„imi
 
5  kg  dan  20  kg  gacha 
bo„lgan burma karton kutilarga solinadi.  
Pishloqlar  har  xil  idishlarga:  taxta  yashik,  okoronka,  baraban, 
bochkalarga  (namakobli  pishloqlar)  solinadi.  Har  bir  idishga  pishloqning 
bir turi, bir navi va deyarli bir vaqtda ishlab chiqarilgani joylanadi. Sotish 
joylarida  pishloqlarni  toza,  quruq,  yaxshi  shamollatiladigan,  harorati  2° 
dan  10°  atrofida,  havoning  niobiy  namligi  85-87%  bo„lgan  binolarda 
saqlash  kerak.  Pishloqni  boshqa  tovarlar  (baliq  dudlangan  mahsulotlar, 
piyoz,  mevalar)  bilan  birga  saqlash  yaramaydi.  Saqlash  jarayonida 
pishloqlar artib, aylantirib turiladi.  
Brinza toza, namakob o„tkazmaydigan bochkalarga joylanadi. Ko„k 
pishloqlar taxta yashiklarga 250 tadan solinadi, kukuni esa maxsus yog„ va 
nam  o„tkazmaydigan  yupqa  qog„oz
 
xaltachalarga  solinib  yashiklarga 
joylanadi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish