123
tamg„a qo„yiladi. II kategoriyali mol go„shti - muskullari birmuncha
kamroq taraqqiy etgan katta yoshdagi mol go„shtidir; skelet suyaklari
sezilarli darajada turtib chiqqan bo„ladi; kuymich, bel va keyingi
qovurg„alar atrofida har er-har erda teri osti yog„ qatlami bo„ladi. II
kategoriyali mol go„shtiga siyohrang kvadrat tamg„a bosiladi.
Yosh mol go„shti ham I va II kategoriyali bo„ladi; bunday go„shtlar
ham katta yoshdagi mollar go„shti singari tamg„alanadi, lekin tamg„aning
o„ng tomoniga “M” (molodnyak) harfli belgi qo„yiladi. II kategoriya
talablariga javob bermaydigan go„shtlar oriq go„sht hisoblanadi, bunday
go„shtlar sotishga chiqarilmaydi, undan sanoatda go„shtni qayta ishlashda
foydalaniladi. Oriq mol go„shtiga siyohrang uchburchak tamg„a qo„yiladi.
Mol go„shti bo„yiga bo„lingan nimta va choraktalik qilib chakana
savdoga chiqariladi. Nimtalar o„n birinchi va o„n ikkinchi qovurg„alar
o„rtasida choraktalikka bo„linadi. Ikkala kategoriyadagi mol go„shti sifat
jihatdan 1-, 2-, 3-tovar navlariga bo„linadi:
1-navga - orqa, keyingi qismi (bel, bo„ksa, dumg„aza, og„uzoq son),
ko„krak
qismlari kirib, ular butun tananing 63% ini
tashkil etadi;
2- navga - kurak, elka va qorin go„shti kirib, ular butun tananing
32% ini tashkil etadi.
3- navga - bo„yindan pichoq tekkan qism, old va orqa oyoqlarning
boldirlari kirib, ular butun tananing 5% ini tashkil etadi.
Standartda har qaysi mol tanasini nimtalashning aniq anatomik
chegarasi alohida ko„rsatilgan.
Qo‗y (qo„y va qo„chqor)
go‗shti - sarg„ish qizil yoki to„q qizil,
mayda donador tuzilishli; o„ziga xos hidli, yog„i zich oq rangda va baland
haroratda eriydi. Qo„y go„shti semizlik darajasiga qarab, I, II
kategoriyalarga va oriq go„shtga bo„linadi. Qo„y go„shtining
kategoriyalarga bo„linish tamoyili ham mol go„shtinikidek bo„ladi.
I kategoriyadagi qo„y go„shtining muskullari etarli rivojlangan
bo„lishi; bel va umurtqa o„simtalari birmuncha turtib chiqqan; teri osti
yog„i tananing orqa qismini, bel va qovurg„ani topqa qatlam bilan
qoplagan; bel va tos atroflarining ayrim qismlarida yog„ qatlami
bo„lmasligi mumkin. I kategoriyali qo„y go„shtiga siyohrang dumaloq
124
shakl tamg„a qo„yiladi.
II kategoriyali qo„y go„shtida muskullar yaxshi rivojlanmagan,
suyaklar sezilarli darajada turtib chiqqan teri osti yog„lari bo„ladi, ayrim
joylarida yupqa qatlam, ba‟zan esa bu qatlamlar bo„lmasligi ham mumkin.
II kategoriyali qo„y go„shtiga siyohrang kvadrat tamg„a qo„yiladi.
Semizligi jihatidan II kategoriyali go„sht talablariga javob bermaydigan
qo„y go„shti ham oriq hisoblanib, o„nga gunafsha rang uchburchak tamg„a
qo„yiladi.
I kategoriyali qo„y go„shti ham II kategoriyalisi ham sifat jihatdan
1-, 2-, 3-navga bo„linadi. 1-navga - orqa-kurak va biqin-son kiradi, ular
butun tana og„irligining 75% ini tashkil etadi; 2-navga-bo„yin (pichoq
tegmagan qismi), ko„krak va qorin go„shti kiradi, bular butun tana
og„irligining 17% ini tashkil etadi; 3-navga bo„yinning chetki qismi, old va
orqa oyoq go„shtlari kiradi, ular butun tananing 8% ini tashkil etadi.
Cho‗chqa go‗shti mayda tolali (mayda donador) mayin tuzilishli,
och qizil yoki pushti qizil rangli bo„ladi. Erkak cho„chqaning go„shti
dag„al, qattiq, hidi va ta‟mi yoqimsiz bo„ladi, tanasi turli qalinlikdagi yog„
bilan qoplangan bo„ladi. yog„ning
rangi odatda oq, lekin ustki qatlam
yog„ining rangi och pushti bo„lishi ham mumkin. Cho„chqa go„shti semiz-
oriqligiga qarab:
-yog„li cho„chqa go„shtiga - yog„ning qalinligi 4
sm va undan ham
ko„proq bo„ladi; bo„nga siyohrangli dumaloq tamg„a qo„yiladi;
-bekonbop qismga - (bekon uchun So„yilgan cho„chqalar),
yog„ining qalinligi 2 - 4
sm; savdoga terisi
shilinmasdan chiqariladi;
-yog„li cho„chqa go„shti singari tamg„a qo„yiladi va o„ng tomoniga
yana “B” harfli tamg„a qo„yiladi.
Cho„chqa bolasining go„shti ham I va 11 kategoriyali bo„ladi. I
kategoriyali cho„chqa bolasi go„shtiga semirtirilgan, og„irligi 1,5
kg dan to
5
kg gacha bo„lgan emizikli cho„chqa tanasi kiradi; ularga dumaloq tamg„a
qo„yiladi. II kategoriyali cho„chqa bolasi go„shtiga kamroq semirgan,
og„irligi 5-12
kg bo„lgan tanalar kiradi; ularga to„rtburchak tamg„a
qo„yiladi.
Go„shtdor cho„chqa go„shtining semizlik kategoriyasi talablariga
125
javob bermaydigan cho„chqa go„shti va yosh cho„chqa tanalari hamda II
kategoriya talablariga javob bermaydigan cho„chqa bolalari tanasi oriq
go„sht hisoblanadi va bunday go„shtlarga uchburchak tamg„a qo„yiladi.
Cho„chqa go„shti sifat jihatidan ikki navga bo„linadi: 1-navga- kurak va
orqa qismi, ko„krak, biqin-qorin go„shti va son go„shti kiradi - ular butun
tana og„irligining 96% ini tashkil etadi; 2-navga - old elka
va boldir go„shti
kiradi. Ular butun tana og„irligining 4% ini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: