Quritilgan sabzavotlar. Kartoshka, karam, nush piyoz, sabzi,
lavlagi, oqet ildizli ko„kat va boshqa sabzavotlar quritiladi. Dastlab
sabzavot saralanadi, tozalanadi, yuviladi, to„g„raladi, ayrimlari esa qaynoq
suvda ivitib olinadi, so„ngra turli tipdagi quritgichlarda quritiladi. Tayyor
quruq sabzavotning namligi 12 - 14% dan oshmasligi lozim. Quruq
sabzavot tovarlik naviga bo„linmaydi. Sifatini aniqlashda mahsulotning
tashqi ko„rinishi, konsistentsiyasi, ta‟mi va hidi, rangi, shakli, yirik-
maydaligi, kuygan sabzavot bor-yo„qligi, toza-iflosligi va boshqa
ko„rsatkichlariga e‟tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |