A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 3 . 5 .   K u l o l c h i l i k   b u y u m l a r i   i s h l a b   c h i q a r i s h



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
1 3 . 5 .   K u l o l c h i l i k   b u y u m l a r i   i s h l a b   c h i q a r i s h  
 
Kulolchilik  tovarlari  sopol  va  nafis  keramika  (yunon.  loydan 
yasalgan) deb atalmish farfor (arab. hoqon), fayans hamda mayolikalardan 
tayyorlanadi.  Sopoldan  buyum  ishlab  chiqarish  birinchi  bor  Misrda 
eramizdan  oldin  4  ming  yil  ilgari  boshlangan.  Farfordan  (chinnidan) 
buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan. 
Mayolika  so„zi  Ispaniyadagi  Mayorka  oroli  (XIV  asr)  va  fayans  so„zi 
Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan olingan. 
O„zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy, 
Bog„ot  chinni,  Sherobod  kulolchilik  va  Rishton  badiiy-kulolchilik 
zavodlari  hamda  Angren  kulolchilik  kombinatida  ishlab  chiqariladi. 


202 
 
Yurtimizda  Angren,  Olmaliq,  Oqtosh  va  Nurobodda  kaolin  konlari, 
Sho„rsuvda  kuydirganda  oqaradigan  gil,  Chotqol  va  Langarda  pagmatit, 
Zirabuloq,  Ziyovuddinda  dala  shpati,  Dehqonobod  va  G„uzorda  dolomit 
konlari mavjud. 
Xomashyolar  aralashmasidan  qorilgan  loy  gips  qoliplariga  solinib, 
ustidan  g„ildirakcha  yurgizish  natijasida  buyum  shakllanadi.  Mayolika 
buyumlari,  farfor  va  fayans  idishlarining  bandlari  va  jo„mraklari  hamda 
haykalchalar  quyish  usulida  ishlab  chiqariladi.  ldishlar  bandi  hamda 
jo„mragi  xomashyolarga  sir  tarkibidagi  moddalar.  dekstrin  yoki 
karboksimetilselluloza  qo„shilgan  aralashma  bilan  yopishtiriladi.  Keyin 
ho„l  qum  solib  pishirilgan  idishlarning  bandi  va  jo„mragi  ko„tarishga 
bardosh  berishini  tekshirish  lozim.  Shakllangan  buyumlar  quritilib,  ikki 
marta qizdiriladi. 
Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo„yicha yetti turga bo„linadi: 
1.Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 
10%  gildan  qorilib,  shakllantirilgandan  keyin  900°C  va  1410°C  da 
pishirliadi.  G„ovakligi  0,5%  bo„lib,  2,5  mm.  gacha  qalinlikdagi  devori 
orqali  yorug„lik  shu‟lasi  ko„rinib  turadi.  Undan  tayyorlangan  120  ta 
tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi. 
2.Yumshoq (suyakli) farfor.  Loyi 25%  kaolin, 30% kvars qumi  yoki 
suyak  kuli,  40%  pegmatit  va  5%  gildan  qorilib  shakllantirilgandan  keyin 
900°C  va  1300°C  da  pishirliadi.  Buyum  yupqa  devorli  bo„lib,  hamma 
joyidan yorug„lik shu‟lasi ko„rinib turadi. 
3.  Fayans.  Loyi  2%  kaolin,  40%  kvars  qumi,  30%  gil  va  10% 
pegmatit  aralashmaisdan  qorilib,  shakllantirilgandan  keyin  1280°C  va 
1050°C  da  pishirliadi.  G„ovakliligi  9-12%  atrofida  bo„ladi.  Undan 
tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib 
saqlashga bardosh beradi. 
4. Yarim  farfor.  Qattiq  farfordan  farqi  xomashyosiga  gil  kaolin 
hisobidan  5%  ko„proq  qo„shilishida  bo„lib,  undan  umumiy  ovqatlanish 
korxonalarida  ishlatiladigan  qalin  devorli  idishlar  tayyorlanadi. 
Pishirilishi  fayansniki  kabi.  Qalinligi  uchun  idish  yuvish  mashinalarida 
yuvishga chidamli bo„ladi. G„ovakliligi 5-8% atrofida. 


203 
 
5. Mayolika  buyumlari.  Loyi  15%  kaolin,  25%  oddiy  gil  va  40% 
dan  kvars  qumi  bilan  nefelin  Na
3
(AlSiO
4
)  yoki  kvars,  dala  shpati  va 
slyudadan iborat perlit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin 
ikki marta 900°C da pishirliadi. G„ovakliligi 15% bo„ladi. 
6. Olovbardosh  sopol.  Loyi  30%  oddiy  gil,  45%  perlit  va  25% 
nefelin  yoki  sillimanit  Al
2
SiO
5
  aralashmasidan  qorilib,  shakllangandan 
keyin  bir  marta  900°C  da  pishirladi.  Undan  tayyorlangan  xumchada 
ovqat pishirish mumkin. 
7. Oddiy  sopol.  Loyi  85%  oddiy  gil  va  15%  kvars  qumi 
aralashmasidan  qorilib,  shakllangandan  keyin  bir  marta  900°C  da 
pishirliadi. Undan tovoq, kosa, ko„za, gul tuvagi, yodgorliklar va boshqa 
buyumlar tayyorlanadi. 
Buyumlar  birinchi  qizdirishdan  keyin  sirlanadi.  Farforning  siri  31% 
kvars qumi, 34% pegmatit, 14% dolomit CaCO
3
•MgCO
3
, 6% farfor sinig„i 
va  5%  kaolin  aralashmasidan  tayyorlanadi.  Fayans  va  mayolika  siri  26% 
kvars  qumi,  19%  dala  shpati,  12%  dan  stronsiy  karbonati  va  buyum 
siniqlari,  11%  bura  Na
2
В
4
О
7
•10H
2
O,  9%  soda  Na
2
CO
3
  8%  kaolin  va  3% 
bo„r  CaCO
3
  aralashmasidan  tayyorlanadi.  Mayolika  buyumlari  odatda 
rangli  sir  bilan  qoplanadi.  Sir  tarkibiga  qo„rg„oshin  antimonati 
3RbO•Sb
2
O
5
  qo„shib  sariq,  xrom  oksidida  yashil,  kobalt  oksidida  ko„k, 
temir  oksidida  jigarrang  va  hammasining  ralashmalari  qo„shilsa,  boshqa 
ranglar  hosil  bo„ladi.  Oziq-ovqat  idishlari  siriga  qo„rg„oshin  oksidi 
qo„shilmaydi. 
Farfor  siri  tarkibida  2-3  valentli  metall  oksidlari  ko„pligi  uchun  u 
sakkiz  marta  100-  180°C  gacha  qizdirilib,  16°C  dagi  suvga  botirilsa  ham 
yorilmaydi.  Fayans  siri  yetti  marta    100-  170°C  va  16°C  oralig„idagi 
harorat o„zgarishlariga chidam beradi. Mayolika siri faqat to„rt marta 100- 
160°C oraliqdagi issiqlik o„zgarishiga chidaydi. yodgorliklarining siri 30% 
kvars  qumi,  36%  dala  shpati,  17%  chinni  siniqlari,  12%  dolomit  va  5% 
kaolin  aralashmalaridan  tayyorlanadi.  Sirga  rang  berish  uchun  rangli 
shishalar yoki lantanoidlar (seziy, prazeodim, neodim,  prometiy, samariy, 
yevropiy,  gadoliniy,  terbiy,  disproziy,  golmiy,  erbiy,  tuliy,  itterbiy  va 
lyutetsiy)  oksidlari  qo„shiladi.  Boshqa  sopol  buyumlarining  siri  60%  gil, 


204 
 
10%  kaolin,  20%  kvars  qumi  va  10%  metall  oksidlaridan  iborat  rangli 
angobdan  olinadi.  Metall  oksidlaridah  kobalt  ko„k,  xrom  va  mis  yashil, 
temir  jigarrang  hamda  marganes  sariq  rang  beradi.  Farfor  buyumlari 
sirlangandan  keyin  ikkinchi  qizdirishda  pechlarga  qolipsiz  joylashtiriladi. 
Shuning  uchun  tayyor  buyumlar  tagining  qirralik  qismi  sirlanmagan 
bo„ladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish