A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 3 . 6 .   F a r f o r - f a y a n s   b u y u m l a r i n i   b e z a s h



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
1 3 . 6 .   F a r f o r - f a y a n s   b u y u m l a r i n i   b e z a s h  
 
Farfor-fayans 
buyumlarga 
bezaklar 
sirlashdan 
oldin 
yoki 
sirlangandan keyin berilishi mumkin. Sirlashdan oldin beriladigan bezaklar 
uchun bo„yoqlar olovbardosh pigmentlar, dala shpati va sir xomashyolari 
aralashmasidan  tayyorlanadi.  Pigmentlardan  xrom  oksidi  yashil,  kobalt 
oksidi  ko„k,  qo„rg„oshin  to„q  sariq  va  nikel  nitrati  jigarrang  hosil  qiladi. 
Farfor  buyumlari  yuqori  haroratda  pishirilishi  uchun  sirlashdan  oldin 
bezak  faqat  kobalt  oksidi  ishtirokida  beriladi  va  aksincha  fayans 
buyumlarining 60% sirlashdan oldin bezaladi. 
Sirlangandan  keyin  solinadigan  bezaklar  uchun  ishlatiladigan 
bo„yoqlar  pigment  va  dala  shpatini  dekstrin  yoki  skipidarga  aralashtirib 
tayyorlanadi.  Bo„yoqlarga  tcmir  va  qo„rg„oshinli  xrom  oksidlari  qizil, 
qo„rg„oshin  antimonati  sariq,  koball  oksidi  ko„k,  xrom  oksidi  yashil  va 
qizil  pigment  bilan  ko„k  pigment  aralashmasi  binafsharang  beradi. 
«Suyuq» oltin preparati (oltin bilan rodiy terpen sulfidlari va vismut bilan 
xrom  rezinatlarining  organik  erituvchi  moddalardagi  eritmasi)  buyum 
ustida  yupqa  parda  hosil  qiladi.  Chizilgan  bezaklar  800°C  da  qizdirilib 
qotiriladi. Farfor-fayans buyumlariga to„qqiz xil bezak beriladi: 
1.  Dekolkomaniya  (ko„chirma  rasm  usuli).  Bu  usul  keng  tarqalgan 
bo„lib (bezaklarning 60% ini tashkil qiladi), bunda dekoldagi tayyor rasm 
buyum sirtiga ko„chiriladi. Dekol (ko„chirma rasm) ofsetbosma yoki ipak-
trafaret  usulida  kraxmal,  jelatina,  dekstrin,  glitserin  va  fenol  aralashmasi 
surtilgan qog„ozga tushiriladi. Birinchi usulda tasvir qog„oz  ustidan rasm 
sotingan  rezina  g„ildirakchasi  (ofset)  yurgizilishi  natijasida  hosil  bo„ladi. 
Ikkinchi  usulda  jelatina,  kaliy  bixromati,  glitserin  va  spirt  aralashmasi 


205 
 
surtilgan  ipak  turiga  rasm  tushirilgan  diapozitiv  plyonka  orqali  yorug„lik 
nurlari  o„tkaziladi.  To„rni  yuvganda  nur  tushgan  joylari  erimay  rasm 
trafaretini  hosil  qiladi.  To„r  qog„oz  ustiga  qo„yilib,  unga  quyuq  bo„yoq 
surtilsa, rasm qog„ozga o„tadi. Rasm tushirishdan oldin va u tushirilgandan 
keyin  qog„oz  polibutilmetakrilat  loki  bilan  qoplanadi.  Dekol  qog„oziga 
kanifolning  skipidardagi  eritmasi  surtilib,  orqasidan  ho„llanib  buyum 
yuzasiga  bosiladi.  Sirlashdan  oldin  bczaladigan  buyumlar  yuzasiga 
karboksimetilselluloza  eritmasi  surtiladi.  Dekolkomaniya  bezagini 
xiraroqligi  va  rasmning  ba‟zi  zarrachalari  ko„chmay  qolganligidan  bilish 
mumkin. 
2. Tasma bezaklar. Bular farfor-fayansga solinadigan bezaklarning 
15%ini  tashkil  etib,  buyumlar  chekkasiga,  bandiga  va  jo„mragiga 
mo„yqalam  yordamida  bo„yoq  yoki  «suyuq»  oltin  preparati  bilan 
hoshiya shaklida solinadi. Eni bo„yicha 1 mm. li chiziq (usik), 1-3 mm. 
li  shoxobcha  (otvodka)  va  4-16  mm.  li  jiyak  (Ienta)  turlariga  bo„linadi. 
Eni 10-13 mm. ligi enli va fayans idishlarga solinadigan 15-16 mm. ligi 
bufet jiyagi deyiladi. 
3. Trafaret  yordamida  bezak  berish  farfor-fayans  buyumlariga 
solinadigan  bezaklarning  10%ini  tashkil  qilib,  buyum  sirtiga  pigmentni 
dekstrindagi  suv  eritmasi  shaklida  teshib,  naqsh  solingan  folga  orqali 
purkash natijasida hosil bo„ladi. Boshqa bezaklardan qismlarining yaxlit 
emasligi, qismlarining bir-biridan ajralib turishi bilan farq qiladi. 
4. Shtamp  usulda  sirlashdan  oldin  solinadigan  bezak  bo„yog„i 
pigmentni  glitserin  va  shinnida,  sirlangandan  keyin  solinadigan  bezak 
bo„yog„i  pigmentni  skipidar,  alif  va  glitserinda  eritilib  tayyorlanadi. 
Bezak  solish  uchun  kanifoi,  alif  va  karbomeneumlardan  tarkib  topgan 
lokka pigment qo„shib ham ishlatilishi mumkin. Bu bezak bo„yoq yoki 
«suyuq»  oltin  preparati  bilan  bir  rangli  va  gullari  takrorlanib  lurgan 
hoshiya shaklida solinadi. 
5. Qo„lda  gul  solib  bezash.  Bu  usul  ham  bezaklarni  10%ni  tashkil 
qiladi.  Boshqa  bezaklardan  chizilgan  rasmning  murakkabligi  va 
Kontursizligi,  ochligi  va  mo„yqalamning  izlari  ko„rinib  turishi  bilan 
ajralib turadi. 


206 
 
6. Bosma  usulida  rasm  konturi  o„yib  naqsh  tushirilgan  jo„vadan 
papiros  qog„oziga  va  undan  buyum  yuzasiga  ko„chirilgandan  keyin 
kontur  ichiga  mo„yqalam  yordamida  gul  solinadi.  Sirlashdan  oldin 
beriladigan  bezak  bo„yog„iga  shinni,  glitserin  va  qand  qo„shiladi. 
Bezakda rasm konturi hamda mo„yqalam izlari yaqqol ko„rinib turadi. 
7.Fotokeramika.  Bu  usulda  jelatinadagi  bromli  kumush  eritmasi 
surtilgan  buyum  yuzasiga  diapozitiv  plyonkasi  orqali  turli  portretlar, 
o„simlik va hayvonot olamidan olingan manzaralar tasviri tushiriladi. 
Yoppasiga va yarmigacha bo‗yash. Bunda buyum yuzasi butunlayin 
yoki yarmigacha bo„yoq bilan qoplanadi. Odatda, buyum yuzasiga bo„yoq 
purkalganda  ba‟zi  joylari  ochiq  qoldirilib,  keyin  shu  yerlarga  qo„lda  gul 
chiziladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish