XIII- BOB. SHISHA VA KERAMIKA TOVARLARI
EKSPERTIZASI
1 3 . 1 . S h i s h a t a y y o r l a s h
Shisha ishlab chiqarish eng qadimiy sanoat tarmoqlaridan biri bo„lib,
ilk bor eramizdan 4 ming yil oldin Misrda boshlangan. Evropaga shisha
ishlab chiqarish sirlari I asrda (Rim) yetib kelgan. Keyinchalik shisha
ishlab chiqarish Bogemiyaga (Chexiya) o„xshash tog„lik va o„rmonzor
joylarda (1526-yili) rivojlangan.
O„zbekistonda shisha buyumlari Toshkentdagi «Mikond» zavodi,
"Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shisha va
G„azalkent oyna zavodlarida ishlab chiqariladi.
Shishaning asosiy xomashyosi tarkibida temir oksidi 0,02% dan
oshmagan kvars qumi hisoblanadi. Tarkibi kremnezyomdan SiO
2
iborat
bo„lmish toza qumdan elektr pechlarda tajribaxonalar, laboratoriyalar
uchun kolba va probirkalar tayyorlanadi. Ammo elektr pechlarda buyum
ishlab chiqarish qimmatga tushganligi sababli bu usulda uy-ro„zg„or
idishlari ishlab chiqarilmaydi. Qumning erish harorati 1713°C bo„lganligi
tufayli uni 1580°C ga bardosh beradigan shamot va dinasdan yasalgan
domna pechlarda eritib bo„lmaydi. Shuning uchun qumga natriy sulfiti
Na
2
SO
3
qo„shib, erish harorati 1088°C gacha pasaytiriladi, lekin natriy
shishaning kimyoviy va termik xususiyatlarini pasaytiradi. Shishaning
kimyoviy xususiyati yaxshilanishi uchun xomashyo tarkibiga bo„r CaCO
3
qo„shiladi. Uning termik xususiyatini oshirish maqsadida eritmaning
qotish jarayonini sekinlashtiruvchi dolomit CaCO
3
•MgCO
3
va issiqlikda
kengayish darajasini kamaytiruvchi dala shpati Al
2
O
3
•2SiO
2
•2H
2
O
ishlatiladi. Qum tarkibidagi temirning ko„kimtir ikki valentli oksidini FeO
sarg„aytirish uch valentli oksidga Fe
2
O
3
aylantirib,
shishani
rangsizlantirish uchun selitra NaNO
3
aralashtiriladi.
Rangli shisha olishda xomashyo tarkibiga quyidagi moddalar: to„q
qizil uchun selen va kobalt oksidi aralashmasi, olcha rangga mis oksidi,
to„q pushtiga erbiy oksidi, pushti rangga kaliy xromat, to„q sariqqa selen,
196
sariqqa xrom oksidi, kadmiy sulfid yoki samariy, xiralashtirilgan sariq
rangga natriy sulfat, rux oksidi va ko„mir, asal rangga oltingugurt hamda
koks aralashmasi, kahraboga kadmiy sulfid va selen aralashmasi, limon
rangga kaliy xromat, seziy va titan oksidlari ajalashmasi qo„shiladi.
Zumrad rangli shisha olishda neodim oksidi va mis sulfati aralashmasi,
oltin tovlanishli yashil rang uchun prazcodim oksidi, yashil rangga mis
oksidi yoki kaliy xromat, feruza rangga mis va xrom oksidi yoki kobalt
oksidi hamda mis sulfati aralashmasi qo„shiladi. Ko„k rangli shisha olishga
kobalt oksidi, to„q zangori rangga kaliy xromat, mis sulfati, kobalt oksidi
aralashmasi, havo rangga mis va kobalt oksidlari aralashmasi, binafsha
rangga marganes, kobalt oksidlari aralashmasi, qizg„ish binafshaga
marganes oksidi, kulrang uchun nikel, kobalt va mis oksidlari aralashmasi,
qora rangga ko„p miqdorda marganes oksidi va sut rangga qalay yoki rux
oksidi aralashtiriladi. Nodir metallar shisha qalinligiga qarab turlicha
tovlanishi uchun ko„proq ishlatiladi.
Shishalar tarkibi bo„yicha ohakli-natriy (tarkibi 75% kremniy, 13,5%
natriy, 6,5% kalsiy, 2,5% kaliy, 2% magniy va 0,5% alumin oksidlaridan
iborat), kam qo„rg„oshinli billur (tarkibi 66% kremniy, 8% qo„rg„oshin,
14% kaliy, 1,5% natriy va 0,5% kalsiy oksidlaridan iborat), og„ir billur
(tarkibi 57% kremniy, 24% qo„rg„oshin, 16% kaliy, 3% bor bilan rux
oksidlaridan iborat), qo„rg„oshinsiz billur (tarkibi 74% kremniy, 14%
kaliy, 6% kalsiy, 4% natriy va 20% rux oksidlaridan iborat), bariyli billur
(tarkibi 58% kremniy, 18% bariy, 16% kaliy, 5% rux va 3% natriy
oksidlaridan iborat) va olovbardosh borli (tarkibi, asosan, kremniy, bor,
rux va titan oksidlaridan iborat) lurlarga bo„linadi.
Ohakli natriy shishasi tayyorlash uchun shamot yoki dinas toslarida,
rangli va billur shishalar olishda xumlarda ustidan gaz yoqib eritiladi.
Boshida 900°C da xomashyo kaliy, kalsiy, natriy va boshqa metallar
silikatidan iborat yaxlit bo„tqaga aylanadi. 1200°C da eriydi, 1500°C da
pufakchalardan va erimay qolgan moddalardan xoli bo„lib tinadi. Eritma
1200°C gacha sovitilib, qolip yoki puflash naychalari yordamida
shakllantiriladi. Birinchi usulda shakllantirilgan buyumlar qalin, naqshdor
va konussimon bo„ladi. Puflash usulida murakkab shakldagi yupqa idishlar
197
tayyorlanadi. Idish qurama usulda tayyor-lansa, yuzasida qolipning choki
qoladi. Shakllangan buyumlar issiq-sovuqqa chidamli bo„lishi uchun pech
bilan birgalikda 530-580°C gacha sovitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |