A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 .4 . I k r a , u n i n g  a s s o r ti me n ti  v a  s i fa t  ko ‗ r s a tki c h l a r i



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
8 .4 . I k r a , u n i n g  a s s o r ti me n ti  v a  s i fa t  ko ‗ r s a tki c h l a r i  
      
Ikra  urg„ochi  baliqning  tuxumi  bo„lib,  yastika  deb  ataluvchi 
tuxumdonlarda  joylashgan  bo„ladi.  Etilgan  ikralar  yastika  pardalaridan 
oson  ajraladi  va  o„zining  donador  shaklini  saqlaydi.  Etilmagan  ikralar 
pardalardan  ajralmaydi,  ularni  pardalari  bilan  birga  tuzlashga  to„g„ri 
keladi.  Ikra  g„oyat
 
muhim  va  qimmatli  oziq-ovqat  mahsulotidir.  Chunki 
unda  taxminan  25-36%  oqsil,  16%  gacha  yog„,  1-2%  mineral  moddalar, 
shuningdek,  A,  D  vitaminlari  va  letsitin  bor.  U  yuqori  kaloriyaliligi, 
yoqimli  ta‟mi  va  juda  yaxshi  hazm  bo„lishi  bilan  ajralib  turadi.  Osetra 
baliqlarining  ikrasi  eng  qimmatli  hisoblanadi,  so„ng  losos  baliqlari  va 


149 
 
undan so„nggi o„ringa boshqa oilaga mansub bo„lgan baliqlar ikrasi kiradi.  
Osetra  baliqlarining  ikrasi  (beluga,  osetra,  sevryuga  va  ship)  juda 
yaxshi ta‟mi va to„yimliligi bilan ajralib turadi. Bu ikralar hajmiga qarab, 
bir-biridan farq qiladi.  
Beluga  balig„ining  ikrasi  eng  yirik,  osetrlarniki  -o„rtacha, 
sevryuganiki  esa  juda  maydadir.  ship  balig„ining  ikrasi  odatda 
sevryuganikiga  qaraganda  birmuncha  yirikroq  va  osetranikiga  nisbatan 
maydaroq bo„ladi. Beluga va sevryuga baliqlarining ikrasi och kul rangdan 
to qora ranggacha, shipniki kul rang bo„ladi. Osetra balig„ining ikrasi esa 
sarg„ishroq yoki jigarrangsimon tusda bo„ladi. Och rang ikralar qimmatroq 
baholanadi.  Ikralar  ishlov  berish  usuliga  ko„ra:  donador  ikra,  ezib 
tayyorlanadigan  (payus)  ikra,  qaytarma  ikra  va  po„stli  (yastichnaya) 
ikralarga  bo„linadi.  Donador  ikra  etilgan,  yastik  (parda)  to„qimalaridan 
ajratilgan,  qon  va  biriktiruvchi  to„qima  qoldiqlaridan  tozalangan  hamda 
osh  tuzi  bilan  tuzlangan  ikradir.  Nimtatir  tuzlangan  ikralar  bankalarga 
(bankali  ikralar),  o„tkir  tuzlanganlari  esa  bochkalarga  (bochkali  ikra) 
joylanadi. Ikralar sifati jihatdan oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi.  
Nimtatir  tuzlangan  ikralar  kichik-kichik  shisha  bankalarga 
qadoqlanib,  qopqog„i  germetik  yopiladi  va  pasterizatsiya  qilinadi;  ular 
navlarga  bo„linmaydi;  «pasterizatsiya  qilingan»  belgisi  bilan  chiqariladi. 
Oliy navdagi ikralar donalari bir xil ikralardan iborat bo„ladi. Ular bir tekis 
rangli, bir-biridan oson ajraluvchan, yoqimli, o„ziga xos ta‟m va hidi bilan 
ajralib turadi.  
Ezib  tayyorlanadigan  (payus)  ikra  pishib  o„tgan,  bo„sh  ikralardan 
tayyorlanadi,  ular  o„zining  donadorlik  shaklini  saqlamaydi.  Bu  ikralar 
yastik pardasidan ajratilgandan so„ng o„tkir namakob bilan tuzlanadi va bir 
xil  quyuq  massa  hosil  bo„lguncha  presslanadi.  Bu  ikralar  ham  tunuka 
bankalar  yoki  bochkalarga  joylanadi.  Sifat  jihatidan  ular  oliy,  1-  va  2- 
navlarga bo„linadi.  
Qaytarma  (otkidnoy)  ikra  pishib  o„tgan  juda  bo„sh  ikralardan 
tayyorlanadi.  Tuzlangandan  so„ng  ular  namakob  qoldiqlari  oqib  ketishi 
uchun qaytarib elaklarga tashlanadi, so„ngra idish (bochka)ga joylanadi.  
Po„stli  (yastichnaya)  ikra  yaxshi  etilmagan  yog„li  ikralardan 


150 
 
po„stlari  bilan  birga  tayyorlanadi.  Bu  ikralar  o„tkir  qilib  tuzlangandan 
so„ng  bochkachalarga  joylanadi.  Po„stli  ikra  savdoga  1-va  2-navli  qilib 
chiqariladi.  Bochkalar  ichidagi  ikraning  turini  ajratish  uchun  bochka 
ustidagi  gardishlar  turli  xil  rangga  bo„yaladi:  beluga  ikrasi  solingan 
bochkalar  - ko„k, osetra ikralari  - qizil, sevryuga ikrasi  - qora, ship ikrasi 
solingani  esa  -  sariq  rangga  bo„yaladi.  Bankalarga  solingan  ikra  nomi 
qopqog„ida ko„rsatiladi.  
Losos  baliqlar  ikrasi  (keta,  gorbusha,  sima,  qizil,  nerka,  kijuch  va 
chavich) nisbatan yirik ikralar bo„lib, turli tusdagi qizil yoki pushti rangli 
bo„ladi. Losos baliqlar ikrasi ishlov berish usuliga ko„ra donador va po„stli 
ikralarga, sifat jihatdan esa 1-va 2-navlarga bo„linadi.  
Donador  ikra  bir  xil  zotdagi  baliq  ikrasi  bo„lishi,  donalari  va  rangi 
bir  xil;  toza,  mustahkam  va  qayishqoq,  bir-biridan  ajraluvchan,  po„sti  va 
qon  qoldiqlari  bo„lmasligi;  ta‟mi  va  hidi  yoqimli;  me‟yorida  tuzlangan; 
tuzi 1-nav ikrada-4 dan to 6% gacha va 2-nav ikrada - 4 dan to 8% gacha 
bo„ladi.  
Losos  baliqlarining  po„stli  ikrasi  yaxshi  etilmagan  yoki  pishib 
o„tgan  to„la  qimmatli  bo„lmagan  ikralardan,  po„sti  bilan  birga  yoki 
muzlatilgan  baliq  ikrasidan  tayyorlanadi.  Bu  ikralarning  rangi  va 
konsistentsiyasi  bir  xil  bo„lmaydi.  1-navli  ikralarning  donalari  butun, 
mustahkam  va  qayishqoq  bo„lishi;  2-  navdagisida  esa  shikastlangan 
yorilgan donalari ham bo„ladi. Tuz miqdori 1-nav ikrada 3-5%, 2-navda-5-
10% bo„ladi. Ikralar ichi parafinlanib, bo„z bilan qoplangan va hajmi 50 l 
gacha bo„lgan namakob oqmaydigan mahkam bochkalarga joylanadi.  
Chastika  balig‗i  ikrasidan  (vobla,  sudak,  kutum,  jerex,  sazan, 
cho„rtanbaliq,  taran)  proboyniy  va  po„stli  ikralar  tayyorlanadi.  Proboyniy 
ikralar yangi ushlangan baliqdan olinib, yastika pardalaridan tozalanadi va 
o„tkir  namakob  bilan  rangini  saqlash  uchun  bir  oz  sela  qo„shib  tuzlanadi. 
Chastika  baliqlarining  po„stli  ikralari  turli  nomda  yuritiladi.  Masalan, 
sudak balig„ining
 
ikrasi galagan, vobla va taran balig„ining ikrasi - tarama 
nomida yuritiladi va h.k.Chastika baliqlarining ikrasi sifatiga qarab, 1- va 
2-navlarga bo„linadi, ular bochkalarga joylanadi.  
 


151 
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish