7 .3 . Go ‗ s h t ko n s e r v a l a r i , u n i n g a s s o r ti me n ti v a s i fa ti g a
q o ‗y i l a d i g a n ta l a b l a r
Go„sht konservalari qoramol, cho„chqa, qo„y va uy parrandalari
go„shtidan, turli xil kalla-pochalardan, shuningdek boshqa mahsulotlardan
tayyorlanadi. To„yimliligini oshirish va ta‟mini yaxshilash uchun
konservalarga yog„ va dorivorlar qo„shiladi. Go„sht konservalari quyidagi
asosiy belgilariga ko„ra turkumlanadi: xom ashyo turi jihatidan - go„shtdan
tayyorlangan konservalar, go„sht-o„simlikli konservalar, kalla-pochalardan
tayyorlangan konservalar, o„simlik va mol (hayvon) yog„idan tayyorlangan
konservalar; idish turi jihatidan - metall bankali konservalar va shisha
bankali konservalar; issiq ishlov berilishi jihatidan - sterilizatsiya qilingan
va pasterizatsiyalangan konservalar; ishlatilishiga qarab - gazak
konservalari, ovqatbop konservalar va yarim fabrikat konservalarga
bo„linadi.
Go‗shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab, xom,
qaynatilgan,
qovurilgan
va
tuzlangan
go„shtdan
tayyorlangan
konservalarga bo„linadi. “Dimlama go„sht” konservalari xom go„shtdan,
130
yog„, tuz, piyoz, murch yoki garmdori va lavr bargi qo„shib tayyorlanadi.
Xom ashyo bankalarga solinadi, so„ngra og„zi
mahkamlab (germetik)
berkitilgach, sterilizatsiya qilinadi. Savdoga dimlangan qoramol, cho„chqa,
qo„y hamda bug„u go„shtilari chiqariladi. Bu konservalar sifat jihatidan
oliy va 1-navlarga bo„linadi. Navlarga bo„lishda ta‟mi, hidi, go„sht
konsistentsiyasi, sho„rvasining sifati, go„shtning semizlik darajasi va
tayyorlash sifati asos qilib olinadi.
Parranda go‗shtidan tayyorlangan konservalar - tovuq go„shtidan
tayyorlangan jeleli file, tovuq, g„oz va o„rdak go„shtidan tayyorlangan
jeleli ragu, qaynatilgan tovuq go„shti, guruch qo„shilgan tovuq filesi kabi
turlardan iborat. Parranda go„shtidan tayyorlangan konservalar navlarga
ajratilmaydi.
Kalla-pochalardan tayyorlangan konservalar - jeleli til, qovurilgan
miya, tomat sousi solingan buyrak, qovurilgan jigar va jigardan
tayyorlangan pashtet konservalaridan iborat. Jeleli til konservasi mol,
cho„chqa va qo„ylar tilidan, qovurilgan miya konservasi - qoramol
miyasidan, tomat sousi solingan buyrak konservasi- mol, qo„y va cho„chqa
buyraklaridan, qovurilgan jigar konservasi - mol jigaridan, jigarli pashtet
konservasi - mol va qo„y jigaridan, sariyog„, miya, cho„chqa yog„i, sut,
tuxum sarig„i, sho„rva va turli ziravorlar qo„shib tayyorlanadi. Kalla-
pochalardan tayyorlangan konservalar navlarga ajratilmaydi.
Go‗sht-o‗simlik konservalari mol, cho„chqa, qo„y go„shtidan loviya,
no„xat, yasmiq, makaron, guruch, tomat sousi, turli xil mol yog„lari va
boshqa mahsulotlar qo„shib tayyorlanadi. Bu guruhga qo„yidagi
konservalar kiradi: mol, qo„y yoki cho„chqa go„shtiga loviya, no„xat yoki
yasmiq qo„shib tayyorlangan konservalar; qovurilgan cho„chqa, qo„y, mol
go„shtiga guruch qo„shib tayyorlangan konservalar; cho„chqa yog„i va
tomat quyib tayyorlangan loviyali yoki no„xatli konservalar; mol, qo„y va
cho„chqa go„shtiga makaron, ugra yoki vermishel va sho„rva qo„shib
tayyorlangan konservalar. Sifat jihatdan bu konservalar oliy va 1-navga
bo„linadi.
Mol yog‗i qo‗shib tayyorlangan o‗simlik konservalari cho„chqa, mol
va ilik yog„ida sho„rva yoki tomat sousi qo„shib, loviya va no„xatdan
131
tayyorlanadi. Go„sht konservalarining sifati organoleptik, fizikaviy-
ximiyaviy va bakteriologik ko„rsatkichlariga qarab baholanadn. Barcha
konserva bankalari germetik (og„zi
mahkam) yopilishi, zanglamagan,
etiketkali bo„lishi lozim. Bankalar ichidagi narsalarning tarkibiy qismi
standartda ko„rsatilganiga muvofiq bo„lishi kerak.
Go„sht konservalari hajmi 3 kg gacha bo„lgan oq tunukadan
yasalgan bankalarga va hajmi 1 kg gacha bo„lgan shisha bankalarga
qadoqlab solinadi. Banka korpusiga etiketka yopishtiriladi. Tunuka va
shisha bankali konservalar yog„och yashiklarga, kamdan-kam hollarda
quyma karton yashiklarga joylanadi. Konserva bankalarining qator
oralariga karton yoki qog„oz
qistirmalar qo„yiladi. Barcha turdagi go„sht
konservalarini toza va quruq binolarda 0 dan to 15°C gacha bo„lgan
haroratda va havoning nisbiy namligini 60- 75% qilib saqlash tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |