12.2. Turistik – rekreatsiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari
Rekreatsiya maqsadida rayonlashtirishda rekreatsiya resurslari xususiyatlarini, hamda mintaqani rekreatsiya sifatida qabul qilish sig‘imini o‘rganish talab etiladi. Bu
79
maqsadda rayonlashtirish ishlari bilan bir qancha olimlar shug‘ullanishgan. Kotlyarev E.A turistik – rekreatsiya jihatdan rayonlashtirishda quyidagi belgilarni asos qilib olishni taklif qilgan:
Ma’lum hududni kurort – sog‘lomlashtirish xo‘jaligini ixtisoslashuvi jihatdan ifodalash.
Kurort – turistik – sog‘lomlashtirish xo‘jaligini moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari bilan aloqasi uyg‘unligida ifodalash.
Butun aholiga nisbatan, mehnat resurslaridan kurort – turistik – sog‘lomlashtirish xo‘jaligida band mehnat resurslari ulushi jihatdan belgilash.
Kotlyarev E.A. ko‘lamiga ko‘ra turistik – rekreatsiya rayonlarni 4 guruhga ajratadi: respublika (o‘lka, viloyat), rayon, rekreatsion joy (hudud), rekreatsion mikrorayon.
Rus olimlaridan A.M.Vetitnev va L.B.Juralevalar esa turistik – rekreatsiya jihatdan rayonlashtirishda 4 jihatga e’tibor berishgan:
Ijtimoiy nuqtai nazardan aholini jismoniy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish hisoblansa, iqtisodiy nuqtai nazardan turistik xizmat ko‘rsatishni boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlari bilan aloqada, majmua sifatida shakllanishi hisobga olinadi.
Geografik jihatdan turizm sohalarida hududiy mehnat taqsimoti shakllanishi, hududda rekreatsiya resurslarining foydalanish darajasiga e’tibor qilinadi. Ekologik jihatdan olganda, rayonlashtirishda insonni o‘rab turgan atrof – muhit va rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilish nazarda tutiladi.
Umuman olganda, rayonlashtirishda obyekt hududiy uzluksiz ko‘rinishida yoki hodisa va voqelik hududning ayrim joylarida mavjud bo‘ladi. Sh jihatdan turistik rayonlashtirish ko‘p jihatlarga bog‘liq. Bularga:
ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan;
80
- madaniy – tarixiy nuqtai nazardan qarashga bog‘liq.
Turistik rayonlashtirishda tabiiy landshaftlarni jozibaligi hisobga olinganda geografik omillar (relef, iqlim, cho‘l, tog‘, voha va boshqa lanjshaft rayonlari) asos vazifasini bajaradi. Bunday rayonlashtirish butun mamlakatni qoplab oladi. Ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy – tarixiy nuqtai nazardan turstik rayonlashtirishda, arxeologik yodgorliklar, arxetektura hamda shaharsozlik obyektlari, ziyoratgohlar va boshqa turistik obyektlar hududning faqat ayrim joylarida uchraydi. Shning uchun ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy – tarixiy obyektlarni turistik jihatdan rayonlashtirishda murakkabliklar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |