Farg‘ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg‘ona, Andijon, Namangan), eng so‘lim, tabiati go‘zal maskandir. Rayon uzoq tarixga ega hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo‘qon shahrida bir qancha arxitektura yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo‘qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, Modarixon maqbarasi Shlar jumlasidandir. 2700 yil yoshga kirgan Marg‘ilon (2007y) X asrda o‘zining ipak matolari bilan mashhur bo‘lgan. Marg‘ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan, masjid, minora, maqbara va kaptarxonadan iborat bo‘lgan Kaptarlik kompozatsiyasi (XVIII) hamda SHouda masjidini ke6ltirish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek turistik rayonda milliy hunarmandchilik taraqqiy etgan. Sh o‘rinda Marg‘ilon ipaklari, shoyilari va do‘ppilari, Chust
82
pichoqchiligi, charmdo‘zligi, Rishton kulolchilik mahsilotlari hamda Andijon, Asaka, Pop, Qo‘qon, Shahrixon kabi shaharlari ham ma’lum hunarmandchilik turlari bilan turistlarini jlb qilish imkoniyatiga ega. Yozyovon cho‘llari noyob cho‘l landshafti bo‘lsa, Axsi, Eski Pop, Tuproqqal’a ekoturistik obidalar va rayon etnografiyasi, san’ati, madaniyati, urf-odatlari (tuylari, milliy uyinlar) hamda choyxonalari turistik qiziqishni orttiruvchi resurslardir.
Mirzacho‘l turistik rayoni o‘zining tabiiy rekreatsiya resurslari, o‘ziga xos landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining Morguzar va Turkiston tog‘ tizmalaridagi tabiiy va rekreatsiya maskanlari, Sangzor daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog‘ va tog‘oldi mintaqalari aziz qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi. Turistik rayonda ekologik turizmni rivojlantirish borasida amaliy ishlar boshlangan. «Ekosan» xalqaro jamg‘armasining ekoturizm bo‘linmasi tomonidan Jizzax viloyatining Zomin milliy bog‘i va Nurota qo‘riqxonalariga marshrutlar ishlab chiqilgan. Zomin milliy bog‘i Toshkentdan 250 km uzoqlikda bo‘lib, viloyatdagi Tureiston tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. Bog‘ning umumiy maydoni 24,1 ming ga, Shndan 12,1 ming ga o‘rmonlar va 16,7 ming ga o‘rmon bilan qoplangan yerlardan iborat.
Milliy bog‘ rekreatsion zonalardan iborat. Unga ekologik turizmni soylar bo‘ylab, hamda tabiatning ajoyib obyektlariga piyoda va otlarda uyushtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |