A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


-bob. BUXORO-NAVOIY TURISTIK MINTAQASI



Download 3,14 Mb.
bet58/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
15-bob. BUXORO-NAVOIY TURISTIK MINTAQASI


15.1. Buxoroda turizm sohasining rivojlanish holati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 19- maydagi PQ-2980-sonli “2017-2019 yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahri turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida sayyohlik industriyasini rivojlantirish borasida quyidagi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:


Buxoro shahrining Eski shahar qismida xorijiy sayyohlarning bo‘sh vaqtlarini tunu kun mazmunli tashkil etish uchun 12 gektarlik “Qadimiy Buxoro” turistik zonasi, uning hududida zamonaviy past qavatli mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar markazlar, 500 o‘rinli amfiteatr barpo etiladi;


Shaharning tarixiy qismida yopiq bozor va hunarmandlar mahallasi tashkil qilindi, "Buxoro Palas" va “Zarafshon” mehmonxonalari qayta quriladi va 11 ta to‘rt yulduzli yangi mehmonxonalar bunyod etiladi.


Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini Buxoro viloyatida ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining navbatdagi bandlarida, O‘rta muddatli istiqbolda viloyatda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini,


2017- yil I- choragida yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadida O‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida, Shuningdek, viloyatda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha 2017-2019 yillarda yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan qaror loyihasi joriy yilning 31- mart kuni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

Tahlillar natijasida ko‘rishimiz mumkinki, Buxoro viloyati YaIM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi keyingi yillarda ham o‘sib boradi sababi, yuqoridagilar bilan bir qatorda Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali


130
raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalish avvalambor 2017- yilda ushbu sohani tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan:


x korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;


x raqobatni cheklovchi keliShvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;


x ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
x manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida korxona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.

Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va hozirgi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk Ipak Yo‘lida joylashgan, asrlar davomida o‘z g‘aznasining katta qismini sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to‘ldirib kelgan qadimiy yodgorlik va obidalar bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega Buxoro viloyati turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega.


Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda, xususan Buxoro viloyatida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, Shuningdek 2017- 2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejashtirilgan. Mazkur vazifani amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor


131
rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish natijasida Buxoro viloyatida turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha hududiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab berilishi lozim. O‘z navbatida bu islohotlar mazkur sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratadi.


Turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish borasida ham Buxoro viloyatida Harakatlar strategiyasiga asosan 2017- yilning birinchi choragida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 2- dekabrdagi PF-4861-sonli “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish maqsadida viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi hamda viloyat tijorat banklari bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat yurituvchi mehmonxonalarda xorijiy valyuta terminallari o‘rnatilishi tashkillashtirildi.


“Varaxsha”, “Zarafshon”, “Buxoro” mehmonxonalarini kapital rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy mehmonxonaga aylantirish yuzasidan mahalliy va xorijiy inaestorlar uchun investitsiya takliflarini tayyorlash bo‘yicha 2017- yil 13- yanvarda 2/200-sonli viloyat ishchi guruhi tasdiqlanib, mehmonxonalar bo‘yicha investitsion takliflar hamda tegishli ma’lumotlar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etilgan.


Turizm sohasida biznesni yuritish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017- yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan nazorat-rejasiga muvofiq, zamon talablaridan kelib chiqib, viloyatda erkin turizm zonasini barpo etish


132
konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha 2017- yil 24- martdagi 1/1569-2-sonli viloyat ishchi guruhi tasdqilanib, hozirgi kunda erkin turizm zonasini barpo etish konsepsiyasi loyihasi viloyat hokimligiga taqdim etilgan.


Xususiy Mehmonxonalardan ko‘pchiligi eski shaharda joylashgan bo‘lib, xonalar soni 10-20 tadan oshmaydi. Asosan ular B&B xizmatlarini taklif qiladi. Undan tashqari Buxoro shahrida biznes-otellar xam mavjud, ular shaharning markazida joylashgan va keng turdagi xizmatlarni taklif qiladi.


2012- yil boshiga O‘zbekistonda jami 786 turistik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa , 2018- yilga kelib ularning soni 1000dan oshdi, shulardan 487 tasi turoperatorlik tashkilotlar. 299 tasi Mehmonxona va boshqa joylashtirish tashkilotlari. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida hukumat barcha mintaqalar uchun "2011 – 2012 yillarga turizmni rivojlanitirish va turistik mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi"ni tasdiqlagan. Ushbu dasturning umumiy qiymati 385.5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.


Turistlar oqimi 2017- yilda 4 million kishini tashkil qildi. Bu 2016- yilga nisbatdan 5,7 %ga oshgan . Tashrif buyurganlarning 69 %ni chet el fuqarolari tashkil qildi.



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish