A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


Samarqand mintaqasi turizmi rivojlanishini mavsumiy rejalashtirish



Download 3,14 Mb.
bet56/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
14.3. Samarqand mintaqasi turizmi rivojlanishini mavsumiy rejalashtirish

Hududiy turizmni rivojlantirishning o‘ziga xos noqulay xususiyatlarida biri mavsumiylik bo‘lib, u turistik korxonalarning me’yorli ishlashini qiyinlashtiradi, iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy-texnik tusdagi noqulay oqibatlarni keltirib chiqaradi.


Mavsumiylik turistik oqimlarning unchalik katta bo‘lmagan vaqt oralig‘ida ma’lum joylarda to‘planishi hususiyati.

Iqtisodiy nuqtai nazardan mavsumiylik bir xildagi iqlimiy va ijtimoiy omillar ta’siri ostida turistik xizmatlar va tovarlarga turistik bozordagi talab va taklifning har yili tebranib turishidir. Mavsum – turistlar oqiminig eng ko‘paygan vaqtidir.


Ikki mavsum mavjud bo‘lganda (yozgi va qishki) ular orasida mavsumlararo vaqt bo‘ladi. Turistlar oqimining eng ko‘paygan vaqti «qizg‘in mavsum», ular deyarli bo‘lmagan vaqt «o‘lik mavsum» deyiladi.


Turizmdagi mavsumiylikni belgilab beruvchi boshqa omil ta’tillardan an’anaviy yozda foydalanish hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ikkita yoz oyi mobaynida (iyul, avgust) Yevropa bo‘ylab xorijiy turistlar umumiy sonining taxminan yarmi sayohat qiladi. Avgust oyida Fransiyada ishlovchilarning 80% ta’tilda bo‘ladi. Mavsumiylikning umumiy strukturasi hozirda ancha aniq belgilab olingan. 1 va 2-choraklardagi oylarga turizmi rivojlangan mamlakatlarda butun yuklanma (nagruzka)larning 2/3 qismi to‘g‘ri keladi31.


Talablarning bir joyda jamlanishiga ta’tillardan jamoa bo‘lib foydalanish katta ta’sir ko‘rsatadi. Fransiya va Shveysariyadagi ba’zi korxonalar yozgi dam olish davrlarida (odatda har yil avgustning o‘rtalaridan boshlab) umuman ishni to‘xttishadi va butun jamoa ta’tilga chiqib ketadi.



  1. Шодиев Р. Туризм ривожланишини прогнозлаш. Маъруза матни. ТДИУ, 2012 й. -84 б.

125
Shu narsani nazarda tutish zarurki, maktabdagi yozgi kanikullarning katta qismi ham yoz paytiga to‘g‘ri keladi, bu ham turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarni keskinlashtiradi.


Turistlar oqimining bir joyda jamlanishiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham (an’anala, moda, taqlid qilish) mavjud. Ularni ko‘pincha irratsional omillar ham deb atashadi, chunki ular na tabiiy-iqlimiy, na ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli kelib chiqmagan.

Taqlid qilish va moda mavsumiylikka quyidagi tarzda ta’sir etadi. Turistik oqimning yangi ishtirokchilari alohida mamlakatlar va rayonlardagi dam olish sharoitlarini bilmagan holda bu joylarni asosan psixologik sabablarga ko‘ra tanlaydilar. Ular tajribali turistlar yoki mashhur shaxslar dam olishga ketayotgan vaqtni tanlaydilar. Yangi turist sifatida tajribaga ega bo‘lganlarida keyingina ular o‘zlari uchun eng ma’qul sayohat vaqtini tanlaydilar.


Mavsumiylikka oid noqulay ta’sirlar turistik jarayonning barcha tashkil qiluvchilariga – resurslar, joylashtirish vositalari, oziq-ovqat, transport, Shningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va turistlarning o‘zlariga ham taalluqilidir.


Qisqa turistik mavsum faqat plyajlar, mineral suvlar, qimmatbaho turistik infrastruktura va malakali xoimdlarning xizmatlaridan qisman foydalanishga sabab bo‘ladi, xolos. Bu kadrlarning qo‘nimsizligini keltirib chiqaradi, ko‘p xodimlarning o‘z malakasini oshrishga qiziqishini kamaytiradi.


Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan yil davomida faqat bir necha oy foydalanish turistik tovarlarv xizmatlarning tannarxidagi shartli-doimiy xarajatlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu esa moslaShvchan narxlar siyosatini o‘tkazish imkoniyatini kamaytiradi, turistik tashkilotning xalqaro bozordagi harakatini qiyinlashitradi, uning raqobatbardoshligini yomonlashtiradi.


Mavsumiylik dam olish joyiga boradigan yo‘llarda transport vositalarining to‘planib qolishiga olib keladi, bunday holda xizmat ko‘rsatish qulayligi va sifati pasayadi, turizmga xizmat ko‘rsatuvchi transport, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishidagi bir maromlilik buziladi.


126
Hukumat organlari va turistik firmalar turizmdagi mavsumiylik omilinin salbiy ta’sirini kamaytirishga doimiy ravishda kuch-g‘ayratlarini sarflab keladilar: o‘quv yurtlarida imtihonlarni topshirish muddatlarining o‘zartirilishi, ta’tillar (asosiy va qo‘shimcha) tuzilishidagi o‘zgarishlar, haq to‘lanadigan ta’tillardan foydalanish vaqtiga nisbatan rasmiy cheklashlar, ta’lim olayotgan yoshlarning kanikullarining davomiyligi va vaqti.


Umuman mamlakat bo‘ylab va alohida turistik komplekslarda turistik mavsumning chegararalarini kengaytirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi va joriy qilinadi. Ular quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi32.





  1. Turistik bozorni tadqiq qilish natijalari. Bunda asosiy mavsumdan tashqari jalb qilinishi mumkin bo‘lgan potensial mijozlar soni va tarkibi aniqlanadi (ishbilarmon odamlar, pensionerlar, mahsus qiziqishga ega odamlar va sh.k.); tovarlar va xizmatlar taqdim etishga oid so‘rovlar o‘rganib chiqiladi. Olingan axborotdan mehmonxonalar va restoranlarning moddiy-texnika bazasini yagilash, tegishli tovarlarni yetkazib berish, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini va uni tashkillashtirish takomillashtirish.




  1. Umuman mamlakat, rayonlar va turistik komplekslar bo‘yicha yil davomida turistlarni qabul qilishga tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha tadbirlar. Mavsumiy davrni uzaytirish bo‘yicha barcha manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi; turizm moddiy-texnika bazasi mavsumlar oralig‘ida ishlashga moslashtiriladi va h.k.




  1. Turistlarning mamlakatga va alohida turizm rayonlariga qiziqishini oshirish maqsadida ularni qitisodiy rag‘batlantirish tizimi. Alohida tovarlar va xizmatlarga narxlar kamaytiriladi, chegirmalar qilinadi, turistik tashkilotlarning mavsum oralag‘idagi vaqtda faolligi uchun mukofotlar, rag‘batlantirishlar beriladi.




  1. Mavsumlar oralig‘ida turistlarni jab qilish uchun reklama faoliyatini kengaytirish.




  1. Shodiyev R. Turizm rivojlanishini prognozlash.Ma’ruza matni.TDIU, 2012 y. -87 b.

127




  1. Mavsumdan tashqari vaqtda turistlarni jalb qilish yoki qo‘shimcha mavsum (qishki) tashkil qilish. Turar joy va transportga baholar pasaytirilishi, arzonroq joylashishi obyektlarini ko‘proq qurish evaziga yashash fondini kegaytirish.

Masalan, bunday tadbirlarni amalga oshirishi Shvetsariya va Avstriya uchun Alp tog‘larida qishki sport evaziga ikkinchi «qizg‘in mavsum»ni tashkil qilish imkonini berdi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, qishda dam olishni xohlovchi turistlar soni har yetti yildan keyin ikki barobar ko‘payadi.


Turli sport musobaqalari, festivallar, konkurslar, ko‘rgazmalar, ilmiy konfyerensiyalar, kongresslar va sh.k.larni tashkil qilish ham turistik mavsumni kengaytirishga ko‘maklashadi. Shuning uchun bunday tadbirlarni iloji boricha turistlar uchun mavsum oralig‘ida o‘tkazgan ma’qul.


Mavsumiylikning hududiy turistik faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish uchun keyingi yillarda rejalashtirilayotgan choralarning natijalarini baholash maqsadida turli metodlar va modellar keng qo‘llanilmoqda.


Masalan turistlarning joylashtirish vositalariga bo‘lgan ehtiyojini hisoblab chiqish uchun bir o‘rin-joyga va joylashish punktlaridagi nomerlarga bo‘lgan talab


hisoblab chiqiladi. Hisob-kitoblar quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi33:



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish