A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


Xorazm viloyati tarixi va tabiiy-geografik o‘rni va iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlari



Download 3,14 Mb.
bet66/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
16.1. Xorazm viloyati tarixi va tabiiy-geografik o‘rni va iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlari

Xorazm O‘rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo‘lib, aholisi o‘troq va ko‘chmanchi qabilalardan iborat bo‘lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg‘ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan. U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi. “Avesto”ning dasht qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko‘llar va o‘tloqlarga boy o‘lka” sifatida madh etiladi.


Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo‘lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko‘chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo‘ldi”.


Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo‘lgan. Miloddan avvalgi ming yillik boshlariga aloqador “Amirobod madaniyati”, quyi Amudaryo havzasidagi sun’iy sug‘orish inshootlari tizimi (Gerodot qadimda Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy sug‘orish inshootlari barpo etilganligini yozadi) hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo‘lgan shahar-qal’alar - Qal’aliqir, Ko‘zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar Xorazm vohasidagi qadimiy davlatchilik belgilaridir.


Xorazm tarixini chuqur o‘rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi


Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to‘rt davrga bo‘ladi:





  1. Uy-joy devorlari bo‘lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV

asrlar)




  1. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)

154




  1. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)




  1. Kushon-Afrig‘ o‘tish madaniyati (milodiy V asrlar)

Bu davrlarga oid Amudaryoning o‘ng sohilida 250 dan ziyod, so‘l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o‘rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo‘shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o‘rni bunga misol bo‘la oladi.


Abu Rayhon Beruniy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22 tasining nomini keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305 yildan keyin esa Kot (Kos) shahri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug‘orish kanallari, yangi shahar va qal’alar barpo etilgan. Hunarmandchilik, san’at, ichki va tashqi savdo keng rivoj topgan. Milodiy IV-VIII asrlarda Xorazm yangi yuksalishni boshdan kechirdi. Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana Sh davrlarda qurilgan.


Xorazmning Etil (Volga) bo‘yidan Markaziy Osiyo orqali Mo‘g‘uliston va Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi uning iqtisodiy va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.


Xorazmning boy ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi.


Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu yerda Ark, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal’a yodgorliklari alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva shahrining 2500 yilligi 1997- yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi.


Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003- yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Mangubyerdi ordeni bilan taqdirlangan.


Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari


155
ham dastlab mana Shu yerda yaratilgan.Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor anan shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, yer, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi. Qadimda bu zaminda massaget, sak, apasak, os, dax kabi urug‘ va qabilalar yashagan.


Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruqlik, noma’lum qit’a borligini aytib, yerning aylana shakldagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya’ni Ollohning qo‘shnisi degan nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm viloyati Pahlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at namoyandalarining vatani hisoblanadi.


Xorazm viloyatida aholi soni 2017- yil 1- yanvar xolatiga 1776,8 ming kishiga teng. Aholining 32,8 foizi shaharda, 67,2 foizi qishloqda yashaydi. Xorazm viloyati ma’muriy hududiy tuzilishi bo‘yicha 10 ta tuman va Urganch shahriga ajratiladi.


Bular o‘z navbatida 101 qishloq fuqarolar yig‘ini, 612 aholi punktlari, 3 ta shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo‘linadi.
Viloyatda 27ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib shundan 13tasi yengil sanoat korxonasiga qarashlidir.

Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra sanoatni qayta jihozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini hamda sayyohlikni rivojlantirishga


156
katta e’tibor qaratilgan. Hozirgi vaqtda viloyatda 39 ta zamonaviy mexmonxonalar faoliyat olib bormoqda.


Avtomobil yo‘llarining uzunligi 2296 kilometrni, shundan qattiq qoplamli yo‘llar 2218 kmni tashkil qiladi. Viloyatda xalqaro klassdagi aeraport bo‘lib, hozirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha havo yo‘llari bilan bog‘langan. Viloyatda zamonaviy telefon tarmoqlari, kommunikatsiya sistemalari (aloqa, peydjyer, modem va uyali telefon) radio va tedevidenie mavjud.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish