A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet13/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
Resurslar

Mahalliy

Xorijiy

Resurs

Foydalanish




sayohatchilar

sayohatchilarning

salohiyati

darajasi




talabi

talabi






















Rekreatsiya va













ekologik turizm

past

yuqori

o‘rta

past

resurslari













Madaniy va













etnografik

o‘rta

yuqori

yuqori

past

turizm resurslari













Tarixiy,

o‘rta

yuqori

yuqori

o‘rta

me’moriy va

arxeologik













tanishuv













resurslari













Diniy turizm

yuqori

o‘rta

yuqori

o‘rta

resurslari













Ekzotik muhit













va har xil

past

o‘rta

o‘rta

past

sarguzasht













resurslari




























Servis sifati

past

yuqori

past

past
















Turistik resurslar asosiy tuzilishiga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:


x jozibadorligi, ko‘rkamligi;


x iqlimiy sharoiti;


x borish mumkinligi;





  • Ibodullayev N. “O’zbekistonning turistik resurslari” Samarqand 2008

29

x ekskursion ahamiyati;

x manzarali tuzilishi;


x ijtimoiy – demografik tarkibi;


x qayta ishlab chiqarish darajasi;


x foydalanishga qodirligi;


x noyobligi va boshqalar.


Yuqoridagi jadvaldan ko‘rish mumkinki, mamlakatimiz turistik resurslariga bo‘lgan talab yuqoridir. Shu sababdan kelib chiqib, turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni har jihatdan tahlil etish o‘ta muhimdir. Turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Bular, barqaror va o‘zgaruvchan omillar.




5.2. Turistik resurslarni baholashni turizmdagi ahamiyati

Turistik resurslar turli tabiiy, madaniy – tarixiy, hamda ijtimoiy – iqtisodiy obyektlar ko‘rinishida bo‘lib, turistik xizmatlar ko‘rsatishga asos bo‘la oladigan resurslarga aytiladi. Undan tashqari, turistik resurslar turistik mahsulotlar yaratishga asos bo‘ladigan tabiiy hamda, insonlar tomonidan yaratilgan obyektlar majmuasidan iborat.


uristik resurslardan sog‘lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: tabiiy va infrastrukturali. Turistik biznesni rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhni ham ahamiyati yuqori. Har qanday yuqori turistik resurs potensialidan, kommunikatsiya, aloqa vositalari, xizmat ko‘rsatish sohalarisiz foydalanib bo‘lmaydi.


Har bir hududda turizm shakllanar ekan, bu hududda turizm faoliyatida foydalanilayotgan turistik resurslar mavjud bo‘ladi. Bu resurslarni turizmni tashkil etish asosi desak bo‘ladi. Lekin, har bir hududning resurs salohiyati resurslarning miqdor va sifat jihatiga ko‘ra farq qiladi. Shu sababli turistik resurslarni har jihatdan o‘rganish, baholash, umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini, tahlil etish ma’lum mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbolini belgilaydi. Shu sababdan mavjud turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalaniщda ularni har


30
jihatdan baholash o‘ta muhimdir. Turistik resurslarni baholash bo‘yicha ham turli yondoshuvlar mavjud. Turistik resurslarning iqtisodiy bahosi bevosita resurs turiga, uning sifatiga, joylashuviga, foydalanish texnologiyasiga hamda atrof – muhit holatiga bog‘liq. Hozirgi kunda turistik resurslardan to‘laligicha foydalanish uchun turistik resurslarni atroflicha tahlil etish va baholash katta ahamiyatga ega. Bunda ularni baholash asosiy o‘rinni egallaydi. Baholash orqaligina ulardan foydalanish, muhofaza qilish me’yorini o‘rnatish mumkin.




5.3. Turistik resurslarni miqdor va sifat jihatdan baholash

Turistik – rekreatsiya resurslarini mutaxasislar asosan miqdor va sifat jihatdan baholashni taklif etishgan. Miqdor jihatdan baholashda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan turistik resurslar hisobi olinadi hamda baholashda qo‘yidagi xislatlar hisobga olinadi:





  1. Zahira ko‘rsatgichi, ya’ni hududiy rekreatsion tizimning qabul qilish potensiali;




  1. Mavjud resurslarni maydon ko‘rsatgichi, ulardan rekreatsiya maqsadida foydalanish imkoniyati;

  2. Rekreatsiya resurslaridan mavsum sifatida foydalanishning davomiyligi.

Bu bahoni Samarqand viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi navbatda


viloyatning turistik obyektlarini o‘rganishimiz lozim. Quyida viloyatning turistik obyektlari 5.3 - jadval asosida ko‘rsatilgan.








5.3-jadval




Samarqand viloyatining turistik obyektlari7







Tumanlar

Turistik obyektlar nomi

Samarqand shahri

Ulug‘bek abservatoriyasi, Xo‘ja Doniyor payg‘ambar ziyoratgohi,




Ishratxona, Qadimiy Siyob arig‘i, Afrosiyob arxeologik muzeyi va




xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, Shohi – Zinda majmuasi, Bibixonim




ansambli, Siyob bozori, Registon ansambli, Al-Motrudiy maqbarasi,




Ruhobod maqbarasi, Amir Temur maqbarasi, shahar bosh jom’e masjidi,




O‘lkashunoslik muzeyi, Samarqand bosh tarixiy muzeyi,.




Universitet xiyobonidagi qadimiy chinorlar va boshqa daraxtlar, Alisher




Navoiy muzeyi, SamDU arxeologik, zoologik muzeylari, shahar istirohat




bog‘lari, shifobaxsh chashma buloqlar, qadimiy mahallalar.

Samarqand

Xo‘ja Ahrori Vali Ziyoratgohi, Mironqul, Sazag‘on, Ohalik Dam Olish


  • Манба: А.С.Солиев, М.Р.Усмонов Туризм географияси. Самарқанд-2005

31




tumani

Maskanlari, Ohalik tog‘i soyliklaridagi xushmanzara dam olish maskanlari,




milliy an’analar, yog‘och o‘ymakorligi, metallga ishlov berish, milliy urf




odatlar.

Urgut tumani

CHor chinor, chinorlar va buloqlar, G‘ovsul A’zam ziyoratgohi, Xo‘jabtol




ota, Miqqilloq tosh, Teshiktosh, Qaynar, SHirvog‘ota ziyoratgoh va dam




olish maskanlari, «Toshqo‘y» tabiiy haykali, Bug‘jamatosh, Toshkelinchak,




Go‘rimor tabiiy tosh shakllari, Lev, Qaynarbuloq, Rohatbuloq buloqlari,




Omonqo‘ton dam olish maskanlari, Eski davon yo‘llari, taxti Qorachabegim




saroyi xarobolari va b.

Bulung‘ur tumani

Qadimiy Tuyatortar kanali, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li uy muzeyi, xalq etnografik




folklor ansambllari, mahalliy hunarmandchilik va b.

Jomboy tumani

Xolvoyi qishlog‘idagi qadimiy chinorlar, Zarafshon daryosi va uning




Oqdaryo va Qoradaryoga ajralishi, Zarafshon qo‘riqxonasi, xalq milliy




an’analari va urf-odatlari.

Ishtixon tumani

Qoradaryo sohillari, shayxlar qo‘rg‘oni xalq milliy san’ati, milliy an’analar,




urf-odatlar va b.

Kattaqo‘rg‘on

Kattaqo‘rg‘on suv ombori, Andoqiy ziyoratgohi va bulog‘i, «cho‘kkan tuya»

tumani

shaklidagi tabiiy yodgorliklar va milliy an’analar.

Narpay tumani

Qo‘chqorli ota ziyoratgohi, Qo‘tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh




bulog‘i va avliyo baliqlari, Qo‘shtepa ikkita tabiiy tosh tepalik va milliy




an’analar.

Nurobod tumani

Xazrati Dovud ziyoratgohi va g‘ori, Tim qishlog‘idagi qadimiy archalar,




Qarnobcho‘l ekolandshaftlari, xalq hunarmandchiligi, jumladan jun yigirish,




gilam to‘qish, ko‘pkari o‘yinlari, milliy kurash, qadimiy sardobalar va b.

Oqdaryo tumani

Mahdumi A’zam Dahbediy ziyoratgohi, Oqdaryo daryosi sohillari dam olish




maskanlari, Miyonqol oroli ekolandshafti, xalq milliy an’analari.

Payariq tumani

Imom Buxoriy masjid majmuasi va ziyoratgohi, Navro‘ztepa,




G‘ilmonsoytepa, Oqtepa tabiiy tepaliklari, xalq milliy an’analari va b.

Pastdarg‘om

Qadimiy Darg‘om kanali dam olish maskanlari, milliy an’analar, milliy

tumani

kurash, ko‘pkari o‘yinlari va b.

Paxtachi tumani

Dobussiya qal’a xarobalari, Zarafshon daryosi sohillari dam olish




maskanlari, qadimiy sardobalar.

Tayloq tumani

Tayloq ota qo‘rg‘oni ziyoratgohi, jom’e masjidi, istirohat bog‘i,




Bandikushon ziyoratgohi va b.

Qo‘shrabod

Tog‘ oldi dam olish maskanlari, Qaynar avliyo bulog‘i, milliy an’analar, urf-

tumani

odatlari, mlliy dostonchilik, baxshichilik, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li




dostonchilik maktabi va b.

Jadvaldan ko‘rish mumkinki, qanchalik hudud turistik obyektlarga boy hisoblansa, turistik mahsulotlar turini ko‘paytirish imkoniyati yaraladi. Har bir hudud ma’lum tur turistik resurslarga ega bo‘ladi. Qaysidir hudud tarixiy obidalarga boy hisoblansa, ayrimlari tabiiy turistik obyektlarga boy hisoblanadi. Turistik faoliyatda barcha turistik resurslardan bir zaylda foydalanib bo‘lmaydi, chunki obyektlarning joylashishidagi qulayligi, jozibadorligi turlicha. Shuning uchun turistik resurslarni sifat jihatdan baholash muhim sanaladi. Sifat jihatdan baholashda qo‘yidagi belgilar


32
e’tiborga olinadi: ta’sirchanligi, ulug‘vorligi, joylashuvidagi qulaylik, atrof-muhit holati, tabiiy rekreatsiya resurslarining o‘ziga jalb qilish qobiliyati va boshqalar.


Agarda shartli ravishda besh balli tizimda baholasak, tabiiy turistik resurslari imkoniyati bo‘yicha Samarqand shahri, Samarqand tumani, Urgut tumani - 5 ballga, Nurobod va Qo‘shrabod tumani - 4 ballga, Pastdarg‘om, Paxtachi va Tayloq tumanlari – 2 ballga teng. Tarixiy obidalar va diniy qadamjoli obyektlarga ega hududlar imkoniyati bo‘yicha, Samarqand shahri va tumani – 5 ballga, Payariq va Urgut tumani – 4 ballga, Bulung‘ur va Qo‘shrabod tumanlari – 1 ballga baholash mumkin. Milliy etnografik va madaniy obidalar resurslari bo‘yicha Samarqand shahri va Kattaqo‘rg‘on tumanlari – 5 ballga, Nurobod, Oqdaryo va Urgut tumanlari – 4 ballga, qolgan tumanlarni - 3 ballga baholash mumkin.


YUqoridagi ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari turistik resurslarga boy hisoblansa, ayrim tumanlarning turistik resurs imkoniyati kam. Shu jihatdan tumanlarning turistik resurslari potensialini uch kategoriya (yuqori, o‘rtacha, past) asosida baholash ham mumkin. Bu yerda, Samarqand shahri va tumani, Urgut va Payariq tumanlari yuqori kategoriyaga, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Oqdaryo tumanlari o‘rtacha kategoriyaga, qolgan tumanlarni past kategoriyaga kiritish mumkin.


























5.4-jadval








Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish