Qo‘yilgan vazifaning o‘qituvchi
tomonidan bajarilishi
Elastiklik kuchining xarakterli tomonlarining yoritilishi:
Elastiklik kuchining tabiati: (O‘quvchilar rejaga asosan elastiklik kuchi tabiatiga ko‘ra elektr kuchlari ekanligini asoslay- dilar.)
Kuchning asosiy belgilari va uni aniqlash:
uning hosil bo‘lishini xarakterlovchi hodisa;
kuchning yo‘nalishi;
kuch qo‘yilgan nuqta.
O‘quvchilar o‘qigan materialni o‘qituvchi umumlash- tirib, o‘quvchilar e’tiborini elastiklik kuchini matnda ko‘rsatilgandek aniqlashga qaratadi va elastiklik kuchining umumiy belgilari bilan solishtirgan holda ta’kidlaydi.
d) Deformatsiya jismlar,-jismlar qismlarining o‘zaro ta'sirining xarakteristikasi sifatida:
jismlarning deformatsiyalanishiga olib keluvchi o‘zaro ta’sir hodisalari;
deformatsiya sababi; deformatsiyajism qismlarining bir- biriga nisbatan harakati jarayoni;
deformatsiya oqibatlari; uning natijasi — elastiklik kuchi;
deformatsiyaning yuzaga kelish sharti;
e) Deformatsiyani xarakterlovchi kattaliklarning o‘zaro aloqasi:
deformatsiyaning qattiqlikka va ko‘chish vektorining moduliga bog‘liqligining tajribada tasdiqlanishi;
— Guk qonuni (deformatsiyani xarakterlovchi kattalik- larning miqdoriy bog‘lanishi).
Dars boshlanishida qo‘yilgan muammoning yechilishi
Bu vazifani yechish uchun dars boshida keltirilgan mi- sollarda qanday o‘zaro ta’sirlar borligini aniqlab olamiz, bu o‘zaro ta’sirlar nimaga olib keladi; qaysi misollarda elastiklik kuchi namoyon bo'lishini aniqlaymiz.
Darslikda bayon qilingan materialning o'qituvchi tomo- nidan tahlil qilinishi o‘quvchilarga matnning mazmunini anglashga va elektromagnit kuchlar haqidagi axborotni o‘zlashtirishga yordam beradi. Kuch haqidagi umumlashtirilgan bilim asosida o‘qituvchi uning konkret turi — elastiklik kuchini ko‘rib chiqadi.
O‘QUVCHILARNING FIZIKADAN
UY MUSTAQILISHLARI
0‘quvchilarning uy mustaqil ishlari o‘quv jarayonining zaruriy elementlaridan biridir. Uy mustaqil ishlari faqat kitobni o‘qib kelish va masala yechish bo‘lmay, ko‘proq ijodiy xa- rakterdagi topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak.
Uy ishining mazmuni va hajmini aniqlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
O‘qituvchi uy ishini bajarishga oid ko‘rsatmalar berishda ishning maqsadi va ahamiyatini ochib beradi. Uni bajarishga oid tavsiyalar beradi. Mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va uni bartaraf qilish yo‘llarini aytib o‘tadi, o‘z-o‘zini nazoral qilishning maqsadga muvofiq keladigan usulini tavsiya qi- ladi.
Ba'zan uy vazifani ikki, uch variantda berish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda fizikaga qiziqmagan o‘quvchilami qiziqtirish imkoni tug‘iladi. Ular ishlarining o'zlariga yoqqani- ni tanlab bajaradilar. Ular uy ishi haqida qisqacha hisobot yozadilar. Bu esa fikrlarini aniq va qisqa bayon etishga o‘rgatadi. Kuzatgan hodisa va tajribalarini tasvirlashda o‘quvchilar chu- qur o‘ylab, asosiylarni ajratishga o‘rganadilar.
Nazariy material o‘quvchilardan frontal yoki doska ol- dida shaxsan so‘ralishi mumkin. Uy ishlarini qay darajada bajarganliklari o'quvchilar daftarlarini o‘zaro tekshirish yoki savol-javob orqali aniqlanishi ham mumkin.
Masala yechishni tekshirishni o‘xshash masalani ishlatish yoki vazifani yechish yo‘lini o'rnidan turg‘izib so‘rash or- qali amalga oshirish mumkin. 0‘quvchilarning uy mustaqil ishlarini, daftarlarini davriy ravishda tekshirib, baholab bo- rish, daftarlariga bir necha baho qo‘yilgandan keyin ularni umumlashtirib jurnalga ham baho qo‘yib borilishi lozim.
Uy vazifalarini yangi mavzudan oldin, uni o‘tish payti- da, masala yechish, tajriba o'tkazish, dars oxirida, takror- lash darslarida tekshirish mumkin.
606
FIZIKADAN SINFDAN TASHQARI VA FAKULTATIV
MASHG'ULOTLAR
FIZIKADAN SINFDAN TASHQARIISHLAR
Sinfdan tashqari ishlar maktabning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining ajralmas va muhim qismidir. Uning maqsadi fan, texnika, madaniyat sohasida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Sinf- dan tashqari ishlar o'quvchilarda fizikani o‘rganishga qizi- qish uyg'otadi, fan va texnikaning yangi yutuqlari bilan tanishtirib boradi, tashabbuskorlikni, mustaqillikni, jamoa- doshlik va o‘rtoqlik hissini, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iylikni tarbiyalaydi.
Sinfdan tashqari ishlar ikki guruhga bo‘linadi: 1) yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarga konsultatsiya va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tish, ekskursiyalar tashkil etish; 2) fizika, fizika-texnika to‘garaklari, fizika kechalari, konferensiyalar, olimpiada va tanlovlar, maktabda fizika haftaligi, devoriy gazetalar chiqarish, ko‘rgazmalar tashkil qilish, fizik asbob- lar tayyorlash va hokazolar. Guruh mashg‘ulotlari to‘ga- raklardir. Ommaviy mashg'ulotlar — fizika kechalari, tanlovlar, fizika haftaligi...
Do'stlaringiz bilan baham: |