A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Fraser-Tytler, W.K. Afghanistan: A Study o f Political Development in



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

68 
Fraser-Tytler, W.K. Afghanistan: A Study o f Political Development in
Central and Southern Asia. - London: Oxford University Press, 1953. - P. 208.


boradi. Shundan so‘ng Turkiyaga yo‘l olgan Omonullaxon Prezi- 
dent Mustafo Kamol bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv mustaqil 
ravishda rivojlanish tomon qadam tashlayotgan ikki musulmon 
davlati rahbarlarining uchrashuvi edi. 1928-yilning iyunida Eronga 
kelgan Omonullaxon Rizoshoh Pahlaviy bilan uchrashdi va o‘zaro 
muzokaralar olib bordi. 0 ‘sha yil iyulda Erondan o ‘z Vataniga 
kelgan Omonullaxonning taassurotlari juda ko‘p edi.
Omonullaxon Yevropa davlatlaridagi safarlari chog‘ida ko‘plab 
sanoat korxonalari, ko ‘rgazmalar, harbiy zavod va fabrikalar, port 
va aerodromlami borib ko‘rdi hamda yevropaliklaming yutuqlarini 
iloji boricha tezroq A fg‘onistonga tatbiq etishga oshiqdi. 1928- 
yil aprelda Yevropa safari tugagach, Afg‘oniston hukmdori katta 
sovg ‘ a-salomlar bilan о ‘ z yurtiga yo ‘ 1 oldi. Bu vaqtda Afg ‘ onistonda 
xalqning noroziligi yetilib qolgan va mamlakat qo‘zg‘olon arafasida 
turar edi.
AFG‘ONISTONDA MUHAMMADZOYLAR
HUKMRONLIGI
Omonullaxon Yevropa davlatlari bo ‘ylab safar qilib yurarkan
Afg‘onistonda vaziyat keskinlasha bordi. Mamlakatdagi keskin 
vaziyat sabab Omonullaxon o‘zi bilan birga Yevropa safariga olib 
ketgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mahmud Tarziyni shoshi- 
linch tarzda A fg‘onistonga qaytishiga va vaziyatni barqarorlash- 
tirish b o ‘yicha choralar ko‘rishga ko‘rsatma bergan edi. 
A fg‘onistonning yetakchi diniy rahnamolaridan “hazrat” diniy un- 
voni rahbari Sho‘r Bozor (asl ismi Fazl Rahim) va uning ukasi Sher 
Og‘a (asl ismi Fazl Umar) Mujaddadiylar o ‘zlarining islohotlarga 
nisbatan noroziliklari tufayli Omonullaxon tomonidan Hindiston­
ga surgun qilingan bo‘lib, ular afg‘on hukmdorining mamlakatda 
yo‘qligidan foydalandilar va xalq orasida Omonullaxonga qarshi 
targ‘ib-tashviqotni kuchaytirdilar. Ushbu diniy rahnamolarga Ko­
bul, Xost va mamlakatning boshqa hududlaridan ham ko‘plab 
diniy yetakchilar ergashdi va bu holat keng ko‘lamli podshohga


qarshi kampaniyaning boshlanishiga olib keldi. Diniy yetakchilar 
xalq orasida Omonullaxonning Yevropa mamlakatlariga qilgan 
safari davomida oddiy musulmonga o ‘xshab yurmaganligi, balki 
kayfu-safo qilib juda ham katta mablag‘ni sarflaganligi, spirli 
ichimliklardan ichib, hatto cho‘chqa go‘shti ham tanovul qilganligi, 
barcha Yevropa gazetalarida Omonullaxonning turmush o ‘rtog‘i 
malika Surayyoning ochiq yuz ila tushgan surati bosilib chiqqanligi 
haqida turli xil uydirma gaplami tarqatishdi.
Omonullaxonga qarshi diniy yetakchilar yana Xostda qo‘zg‘o- 
lon boshlashni rejalashtirdilar. Q o‘zg‘olon arafasida Omonullaxon 
davlat apparatida ham bir qator o‘zgarishlami amalga oshirdi va 
mamlakat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi yo'lida kurashgan 
hamda islohotlami amalga oshirishda katta hissa qo‘shgan o ‘z 
tarafdorlarini davlat ishlaridan chetlatdi.
1928-yilda diniy yetakchilaming mamlakatda mavqei kuchli- 
ligi va vaziyatning keskinlashayotganligi jarayonida Omonullaxon 
Afg‘onistondagi yana bir yetakchi diniy rahnamo mulla Oxundzoda- 
dan yordam so‘raydi. Mulla Oxundzoda amir Abdurahmon davridan 
buyon mashhur diniy ulamo bo ‘lib, katta ta ’sir kuchiga ega edi va 
Omonullaxonni inglizlarga qarshi 1919-yilgi mamlakat mustaqilligi 
yo‘lida olib borgan kurashda qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq, 
bu safar mulla Oxundzoda Omonullaxonning taklifini rad etadi. 
Omonullaxon tomonidan mulla Oxundzodani kuch bilan poytaxt 
Kobulga olib kelish uchun yuborilgan harbiy qism mullaning uyi 
yaqinida uning tarafdorlari tomonidan qo‘yilgan pistirmaga duch 
keldi va ortga chekindi. Pistirmada turgan qurolli guruhga “Bachai 
Saqo” (Suvchining Bolasi) laqabli asli ismi Habibulla Qalaqoniy 
bo‘lgan sobiq askar boshchilik qildi.
1928-yil noyabr o ‘rtalarida Jalolobodda shinvori va momand 
qabilalari Omonullaxonga qarshi qo‘zg‘olon ko ‘tardi. Ular amal­
ga oshirilayotgan islohotlarga o ‘z noroziliklarini bayon etib, 
Omonullaxonni islom dinini toptashda ayblashdi. Podshoh nomidan 
qo‘zg‘olonchilar bilan muzokaralar olib borgan amaldorlar hech 
qanday natijaga erisha olmadilar. Shunday vaziyatda Omonullaxon


Kobul atroflarida qaroqchilik va bosqinchilik harakati ila nom 
qozongan Bachai Saqoning xizmatidan foydalanishni m a’qul topdi. 
Bu vaqtda Bachai Saqo mamlakat shimolida davlat xazinasiga olib 
ketilayotgan turli yig‘imlardan iborat katta miqdordagi mablag‘lami 
va savdo karvonlarini talab, kuch to ‘plagan edi.
Bachai Saqo bu paytda qirq yoshlar chamasidagi shaxs bo‘lib, 
uning kelib chiqishi to‘g ‘risidagi m a’lumotlar ham kam edi. U K o­
bul shimolidagi K o‘histon viloyatining Qalaqon qishlog‘ida oddiy 
xizmatkor oilasida dunyoga kelgan. A fg‘on armiyasida bir muddat 
xizmat qilgach, harbiy xizmatdan bo ‘yin tovlab, armiyadan qochadi 
hamda karvon yo‘llarida qaroqchilik va shaharu-qishloqlarda bos­
qinchilik bilan shug‘ullanib yuradi.
1928-yiI dekabr boshida Omonullaxon Xostda qo‘zg‘olon 
ko ‘targan shinvoriy qabilasiga qarshi kurashda Bachai Saqodan 
foydalanish maqsadida uning huzuriga Kobul shahri hokimi Ahmad 
Alixonni jo ‘natdi. A fg‘on hukmdori Ahmad Alixon orqali shin­
voriy qabilasi qo‘zg‘olonini bostiradigan bo‘lsa Bachai Saqoni 
“birgida” (brigada generali) harbiy unvoni bilan taqdirlashini 
hamda uch ming afg‘oniy miqdorda har oylik maosh tayinlashini 
va qurol-yarog‘ bilan ta’minlashini m a’lum qiladi. Bachai Saqo 
Omonullaxonning ushbu shartlarini qabul qiladi va Q ur’oni Karimni 
qo‘liga olib shinvoriylar qo‘zg‘olonini bostirish uchun butun kuch- 
g‘ayratini ayamaslikka va boshqa bosqinchilik qilmaslikka qasam 
ichadi. Bachai Saqo va podshoh Omonullaxon o ‘rtasida o ‘matilgan 
mazkur kelishuv Bachai Saqoning xalq orasida obro‘sini nihoyatda 
oshirib yuboradi va uning tarafdorlari soni keskin osha boshlaydi69.
1928-yilning 9-dekabrida Bachai Saqo Omonullaxonning so‘z- 
lari to‘g‘ri yoki yolg‘onligini aniqlash hamda hukmdoming o‘ziga 
nisbatan chin m a’nodagi munosabatini bilib olish maqsadida o ‘ziga 
xos taktika qo‘llaydi. U Omonullaxonga qo‘ng‘iroq qilib, o ‘zini Ko­
bul hokimi Ahmad Alixon deb tanishtiradi va muzokaralar jarayo-

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish