1759-1761-yillarda Shimoliy Hindistonni poytaxt Dehli bilan bir-
ga egallaydi. Shu tariqa jami bo‘lib 2 mln. kv. km.dan ortiq hudud-
ni o‘z ichiga oluvchi Ahmadshoh Durroniy hukmdorligidagi afg‘on
davlati yuzaga keladi. Ammo Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan
bunday ulkan davlat uning vafotidan so‘ng 1773-yilda parchalanib
ketadi va Ahmadshoh vorislari qoMida hozirgi Afg'oniston hududi
va Pokistonning g ‘arbiy hududlarini o‘z ichiga olgan hudud qoladi.
Ahmadshohning o ‘g ‘li Temurshoh (1773-1793) va undan
so‘ng nevarasi Zamonshoh (1793-1801) hukmronligi davrida
afg‘on qabilalarining markaziy hukumatga nisbatan bo‘ysunmaslik
harakatlari avj oldi va bu afg‘on davlati
mustahkamligiga zarba
berdi. Temurshohdan so‘ng hukmronlik qilgan afg‘on hukmdorlari
kuchli qabilalar yetakchilari qo‘lida hatto “qo‘g‘irchoq” hukmdorga
aylanib qolishadi. Bu vaqtda Ahmadshoh davrida barakzoylaming
yetakchisi bo‘lgan Hoji Jamolxon Barakzoyning o‘g‘li Poyindaxon
Barakzoy ham o‘z urug‘ining
yetakchisi, ham davlat ishlarida
nihoyatga katta ta ’sir kuchiga ega amaldorga aylanadi. Poyindaxon
Barakzoy davlat boshqaruvida katta lavozim - “sardorlar sardori”
(qo‘shinda “qo‘mondonlar qo‘mondoni” yoki “amir ul-umaro”)
lavozimini egalladi va aynan Zamonshoh (Temurshohning beshin-
chi o ‘g‘li)ning taxtni egallashida katta xizmat ko‘rsatdi.
Zamonshoh hukmronligi davomida Panjobga bir necha marta
harbiy yurish qiladi va shu vaqtdan afg‘on davlati bilan Hindis
tonni o ‘z mustamlakasiga aylantirishni
boshlagan Buyuk Britaniya
o ‘rtasida manfaatlari to‘qnashuvi ro‘y beradi. Britaniyaning Ost-
Indiya kompaniyasi Eron hukumatidan Zamonshohning tug‘ishgan
ukasi Mahmudni afg‘on taxti uchun kurashda qo‘llab-quvvatlashini
so‘raydi. Bu orada bir qator qabila sardorlari va e’tiborli davlat
amaldorlarining Zamonshohga qarshi fitnasi fosh etiladi hamda
fitna ishtirokchilari qatl etiladi. Qatl etilganlar
orasida barakzoylar
yetakchisi Poyindaxon Barakzoy ham bor edi. Fitnada Poyindaxon
Barakzoyning o‘g‘li Fathxon ham ishtirok etadi, biroq u qatldan
qochib qutuladi hamda taxtni egallashga da’vogar Mahmudga
borib qo‘shiladi. Oz sonli qo'shinga
ega Mahmud barakzoylaming
qo‘llab-quvvatlashi bilan Qandahomi egallaydi. Zamonshoh ularga
qarshi Ahmadxon Nurzoy boshchiligida katta qo‘shin jo ‘natadi.
Biroq, Fathxon Ahmadxon Nurzoyni o‘z tomoniga og‘dirishga
muvaffaq bo‘ladi va isyonchilar Kobulni egallaydilar. Zamonshoh
qo‘lga tushirilib, ko‘zi ko‘r qilinadi
va Bolo Hisor hibsxonasiga
jo ‘natiladi.
Taxtni Mahmudshoh (1801-1803) egallaydi va Fathxon bosh
vazir lavozimiga tayinlanadi. Lekin Afg‘onistonda tinchlik uzoq
davom etmaydi va afg‘on xalqi Mahmudshohga Eron hukmdorlari
tomonidan qo‘yilgan qo‘g ‘irchoq hukmdor sifatida qarar edi. Afg‘on
xalqining noroziligidan ustalik bilan
foydalangan Mahmudshoh-
ning ukasi Shujoulmulk (1803-1809) taxtni egallaydi.
Shujoulmulk hukmronligi davridan boshlab ingliz huku-
matining Afg‘onistonga bevosita kirib kelishi boshlandi. 1809-yil
fevralda ingliz hukumati Afg‘onistonga mashhur davlat arbobi,
mohir diplomat Monstyuart Elfinston boshchiligida missiyani
jo ‘natadi35. Shujoulmulk ingliz missiyasini
Peshovar shahrida
qabul qiladi va muzokaralar natijasida ingliz-afg‘on bitimi tuziladi.
Mazkur bitimdan inglizlar Napoleonning Sharqqa yurishlariga
qarshi afg‘on davlatidan foydalanish maqsadini ko‘zlagan boMsalar,
Shujoulmulk esa inglizlar ko‘magida ichki raqiblariga qarshi
kurashib o ‘z mavqeini mustahkamlab olmoqchi edi.
1809-yil iyunida ro‘y bergan navbatdagi davlat to‘ntarishi
natijasida Shujoulmulk taxtdan ag‘dariladi va taxtni yana
Mahmudshoh (1809-1818) egallaydi.
Bosh vazir lavozimini qayta
egallagan barakzoylar yetakchisi Fathxonning davlat ishlarida
ta’siri nihoyatda o‘sdi. Fathxon o ‘z ukalarini davlatning muhim
lavozimlariga tayinlaydi. Ular orasidan 1792-yilda tug‘ilgan Do‘st
Muhammadxon alohida ajralib turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: