A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


QADIMGI AFG ‘ONISTON MADANIYATI



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

QADIMGI AFG ‘ONISTON MADANIYATI
Afg‘oniston hududida qadimda mavjud bo ‘lgan davlatlaming 
madaniy hayoti haqida gapirganda, ushbu davrda madaniyat, san’at 
va diniy e ’tiqod o‘ziga xos ravishda rivojlanganligini kuzatish 
mumkin.
Makedoniyalik Iskandar bosqini bilan kirib kelgan ellinizm 
inadaniyati Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari hukmronligi 
davrida sharq madaniyati bilan o ‘zaro mujassamlashgan shaklda 
yangicha ko‘rinish oldi.
Ayniqsa Yunon-Baqtriya davlatida san’at o ‘z rivojining 
cho'qqisiga 
erishdi. 
Arxeolog 
olimlar 
Yunon-Baqtriyaning 
yo'qolgan madaniy dunyosi faqat xayollarda mavjud bo'lgan 
utoptya emasligini tasdiqlamoqda. Hozirgi Afg‘oniston shimolidagi 
Oyxonim qishlog‘i yaqinidan ushbu davrga tegishli noyob ashyoviy 
dalillaming topilganligi dunyo olimlarini hayratga soldi. Jumladan, 
Fransiya arxeologiya delegatsiyasi tomonidan olib borilgan arxe- 
ologik tadqiqotlar Oyxonim manzilgohining ahamiyatini bir necha 
baravarga ko‘tarib yubordi.
Kushon davlati hukmronligi davrida butun Afg'oniston hudu­
diga buddaviylik dinining tarqalishi kuzatildi. Xususan, Baqtriya 
hududlaridan topilgan bir necha buddaviylik ibodatxonalari (Eski 
Tcrmiz, Ayritom, Dalvarzin, Xolchayon) va bir qator m e’moriy 
inNhootlarda budda dini aqidalari o‘z aksini topgan.
1877-yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish 
yorida “Amudaryo xazinasi” topildi. Topilmalar orasidagi 179 ta ol- 
tin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi Baqtriyada nafis 
hunarmandchilikning o‘sganligidan dalolat beradi. Shuningdek, 
1500 dan ortiq yunon kumush tangalari ham topilgan bo‘lib, ular


miloddan aw algi V asr boshidan miloddan avvalgi II asr boshiga- 
cha bo‘lgan davrga oid. Ulaming ichida Iskandar davriga tegishli- 
lari juda kamchilikni tashkil qiladi. Tangalaming asosiy qismi 
miloddan aw algi III asr va II asming boshiga oid. Lekin xazinada 
o ‘sha davrda keng tarqalgan miloddan avvalgi II asr o ‘rtalariga oid 
Baqtriya hukmdorlari Yevkratit va Geliokl, Parfiya podshosi Mitri- 
dat I ning tangalari uchramaydi. Tekshiruvlardan so‘ng xazinadagi 
tangalar va qimmatbaho buyumlami miloddan avvalgi 170-yilga 
oidligi aniqlandi. Ushbu buyumlarda yunon madaniyatiga xos 
belgilardan tashqari, fors va mahalliy madaniyat belgilarini kuzatish 
mumkin. Demak bu xazina yunon va mahalliy xalq madaniyatining 
aralashuvi natijasidir. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli 
Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular 
1897-yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan.
Yunon-Baqtriya davri madaniyatini tadqiq etishda fransuz 
arxeolog olimlari ham katta hissa qo‘shdilar. 1922-yilda mam- 
lakatda Fransuz arxeologik missiyasi tashkil qilindi. Ushbu 
missiyaga taniqli san’at tarixchisi, professor A.Fushe rahbarlik 
qildi. Fransuz arxeologik missiyasi Janubiy Baqtriya tog‘liklari 
va tekisliklarida Yunon-Baqtriya san’ati yodgorliklarini topish 
uchun o ‘z faoliyatini boshladi. Fransuz arxeologik missiyasi 30 yil 
muddatga Afg‘onistonni arxeologik tadqiq etish huquqini qo‘lga 
kiritdi.
Fransuz arxeologik missiyasi A.Fushe rahbarligida 1924- 
1925-yillarda 0 ‘zbekistonning Surxondaryo viloyati markazi 
Termiz shahridan 70 km janubda joylashgan Baqtriya poytaxti 
Qadimgi Balx shahri yodgorliklarida arxeologik qazishmalar 
olib bordi. Fransuz arxeologlarini “oddiy”, maishiy arxeologik 
materiallar qiziqtirmas edi. Afsuski, fransuz arxeologlari bu yerda 
o‘zlari xohlagan shahar yodgorliklari va tosh haykallarini topa 
olmadilar. Fransuz arxeologik missiyasi ko‘plab shaharlar, qal’alar 
va manzilgohlami tadqiq etdilar, ko‘plab buddaviylik yodgorlik­
lari, haykallar va bitiklami ochdilar. Ushbu yodgorliklar milodiy 
I mingyillikka oid bo‘lib, qal’alar va manzilgohlar esa Qadimgi


Baqtriyaning yodgorliklari edi. Lekin A.Fushe va keyinchalik 
uning o‘m ida ishlagan J.Aken ham Yunon-Baqtriya tarixiga doir 
yodgorlik topa olmadilar.
A.Fushe Yunon-Baqtriya tarixi va san’atini sarob deb e ’lon 
qildi. XX asr 20-30-yillarida ilm-fanda “Baqtriya sarobi” tezisi 
mashhur bo‘lib ketdi. Lekin hamma tadqiqotchilar ham fransuz 
olimining pessimistik ruhdagi fikriga qo‘shilmadi. Janubiy Baqtriya 
hududida (Afg'oniston) esa fransuz arxeologlari - R.Girshman 
(1936-1941), D.Shlyumbeije (1945-1964), P.Bemar (1964-1978) 
rahbarliklaridagi ekspeditsiyalar arxeologik tadqiqotlami olib 
borishgan va o‘z tadqiqotlarining natijalari bo'yicha tegishli ilmiy 
ishlar chop etishgan edi.
Keyingi yillarda b a’zi olimlar, shu jumladan, Daniel Shlyum- 
herje “Amudaryo xazinasi”ga tegishli yodgorliklami Yunon- 
Haqtriya madaniyatiga oid ekanligini tasdiqladilar.
Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yunon- 
baqtr madaniyati va san’atiga oid yodgorlik topilgandek bo'ldi. Rim 
qazilmalarida topilgan yunon-baqtr madaniyatiga oid tangalarda 
hukmdor Evtidemning tasviri aks etganligi m a’lum bo'lgach, 
yunon-baqtr madaniyatining mavjud bo'lganligiga shubha kamayib 
bordi. Lekin Evtidemning aslida Kichik Osiyoning Magneziya 
shahridan bo'lganligini hisobga olsak, tangalar uning vatandoshlari 
lomonidan zarb etilgan bo'lishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas 
edi.
Yunon-Baqtr madaniyatining mavjudligini isbotlovchi dalillar 
uzoq vaqt topilmagan bo'lsada, A.Fushe va uning tarafdorlari 
likriga qaramasdan, ushbu madaniyatning mavjudligi bashorat 
qilingan edi. Daniel Shlyumberje Baqtriya madaniyatining keyingi 
bosqichi, Kushon davrini tahlil qilib, Yunon-Baqtr madaniyatining 
tnuvjud bo'lganligini taxmin qilgan edi. Fransuz tadqiqotchisining 
ushbu xulosasi 1960-yilda nashr qilindi, bir necha yildan so‘ng 
knshf qilingan arxeologik yangiliklar bu bashoratni tasdiqladi.
“ Amudaryo xazinasi” topilganidan so‘ng 55 yil o ‘tgach, 
1932-yil oktabrda Termiz shahridan 13 km uzoqlikdagi Ayirtom


hududida Amudaryo qirg‘og‘idan uch musiqachi ayolning haykalini 
topishdi. Topilmalar bir necha oydan so‘ng Toshkentga jo ‘natildi.
Ayirtomda arxeologik tadqiqotlar boshlandi. Izlanishlar 
natijasida qadimiy buddaviylik ibodatxonasining yodgorligi topildi. 
Ibodatxonaning plitalari yillar o‘tishi bilan daryoga siljib tushgan 
edi. Og‘irligi 250-300 kg bo ‘lgan plitalaming Shimoliy Baqtriyada 
o ‘yib ishlanganligi m a’lum bo‘ldi. Bundan tashqari ushbu san’at 
durdonalari Hindiston madaniyati va buddaviylik bilan qiziquvchi 
tadqiqotchilaming diqqatlarini o‘ziga tortdi. Chunki ular Gandhar 
madaniyati yodgorliklariga juda o‘xshashligi m a’lum bo‘ldi.
Baqtriya tarixini o ‘rganishga qiziqish keyingi yillarda avj 
oldi. Qadimgi Baqtriyaning bronza, temir davrlari va Ahmoniylar, 
Yunon-Baqtriya, Kushon davrlariga oid yodgorliklari 0 ‘zbekiston, 
Turkmaniston, Tojikiston va Afg'oniston hududlarida joylashgan. 
Xorijiy 
mutaxassislar 
Afg'oniston 
hududidagi 
Baqtriya 
yodgorliklarini tadqiq etishni boshlashdi. Ushbu tadqiqotlar turli 
yillar davomida olib borildi.
Bu davrda Afg'oniston hududida 

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish