buddaviylik davriga oiddir, Bolo Hisordagi yirik harbiy qal’a esa
qadimiy A fg‘onistonning madaniy ulug‘vorligiga yana bir isbotdir.
Kobul muhim
geografik joy da joylashgan, bu haqda hattoki
uni “Kaspotirius” (“chorraha”) deb nomlagan antik mualliflar ham
xabar beradi. Antik mualliflar xabarlariga ko‘ra Kobul karvon
yo‘llari, xususan, “Ipak yo‘li”da chorraha vazifasida ham moddiy,
ham m a’naviy merosni saqlovchi va yetkazib beruvchi vazifasini
o‘tagan. Zamonaviy istiloh bilan aytganda Kobul madaniyatlar
qorishuvi sodir bo ‘luvchi maskan, shuningdek, tranzit shahar bo‘lib
kelgan. Kushonlar davrida bu mintaqada xristianlik,
zardushtiylik,
buddaviylik, braxmanizm dinlarining keng tarqalishi va ulaming
o‘zaro aralashuvi kuzatilgan.
Arxeologik qazishmalar vaqtida ko‘plab manzilgohlar aniq-
langan, bular qatoriga Kutali Xazana, Teppa-yi Zumrad, Tepa-yi
Salom,
Bolo Hisor, Panja-yi Shox, Kuhi Baranta, Kulli Chamani
Huzuri (Tepa-yi Maranjon) tog‘ yonbag‘irlaridagi va boshqa
qadimiy yodgorliklar kiradi. Ammo bu qazishmalar oxirigacha
yetkazilmagan.
Qadimgi yunon mualliflari
asarlarida ham Kobul haqida
ko‘plab maTumotlar keltirilgan. Yunon mualliflari orasida Gerodot
(mil.avv. 484—420) birinchilardan bo‘lib Kobul haqida yozadi. Kobur
(Kobul)ning tub aholisi va unga tutash tumanlari haqida m a’lumot
berar ekan, Gerodot Paktiyo va Kobul aholisi “dadiklar” (tojiklar)
deb atalishini yozadi. Kobulni esa u “Kaspotirius” deb nomlaydi.
Gerodotning ishiga tayanib, tarixchilaming keyingi avlodi Sharq
tarixi va geografiyasi, shu qatorda Eron bilan ham shug‘ullanadi
va bu mavzuda juda ko‘p ilmiy ishlar qilingan, hatto bu ishlaming
bibliografiyasida Afg‘oniston tarixi bo ‘yicha qilingan umumiy
ishlar ham berib o ‘tiladi.
Eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha tadqiqotchilar foydalanib
kelayotgan eng
muhim tarixiy manbalardan biri, shubhasiz, Ptolo-
mey (mil.avv. 322-273)ning “Geograflya” asaridir.
Ptolomey
“Geografiya”sidan
tarjimalar
va
dalillami
Muhammad Xorazmiyning “Surat ul-arz” asarida topish mumkin.
Ptolomey “Geografiya”sidan shu tariqa zamonaviy tadqiqotchilar
shaharlaming tarixiy geografiyasi, butun mamlakat va mintaqa
geografiyasini o‘rganishda foydalanganlar. Jumladan, bu asarda
Afg‘oniston tarixiy geografiyasi bo‘yicha ham m a’lumotlar mavjud.
Ptolomey Kobulni “Kapur” deb nomlaydi va u haqida
quyidagilami yozadi “Hindukushdan janubda (Kobuliston) yashov-
chi qabilalar “bulutlar” deb ataladi”. Tarixchilar “bulutlar” so‘zini
“Kobul aholisi” deb izohlaydilar. Agar “bulutlar” yashaydigan joylar
Ptolomey m a’lumotiga ko‘ra kobulliklar vatani deb hisoblansa,
unda Kobuliston hududi Hindikush (Paropamis)dan janubdagi
barcha yerlar: Paktiyo, Lugar, Vardak, Xadda va ulaming atroflarini
o‘zidabirlashtiradi. Ptolomeyning “Geografiya” asarida “Artospan”
(“yuqori shahar” yoki “yuqori joy”) so‘zi Kobul shahri m a’nosida
kelgani eslatib o‘tiladi.
Eratosfen Ptolomeyning izdoshlaridan biri hisoblanib u
Afg‘oniston tarixini, shu jumladan, Kobul va Kobulistonni tasvirlash
vaqtida
Ptolomeyning asariga tayanib, “Kobur”, “Korur” va
“Artospan” nomlaridan foydalanadi. Bu nomlanishdan keyinchalik
Strabon ham foydalangan.
Afg‘onistonning qadimgi tarixi va tarixiy geografiyasiga
oid m a’lumotlar yana bir qancha qadimgi g ‘arb tarixchilari va
sayohatchilaming asarlaridan joy olgan, masalan, Arrian, Kvint
Kursiy R uf (mil. I asr), Artemitlik Apollodor,
Yustin va boshqalar
shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: