A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


§20.2. Erkin ishlatiladigan valyutalar. Xalqaro rezerv valyutalar. Qattiq valyutalar. Yumshoq valyutalar. Xalqaro valyuta bozori



Download 1,87 Mb.
bet94/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

§20.2. Erkin ishlatiladigan valyutalar. Xalqaro rezerv valyutalar. Qattiq valyutalar. Yumshoq valyutalar. Xalqaro valyuta bozori
Valyuta soʻzi italyancha “valuta” soʻzidan olingan boʻlib, “qiymat” degan ma’noni anglatadi.
Har qanday mamlakatning milliy pul birligi uning milliy valyutasi hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda valyutalarning quyidagi turlari mavjud:

  • Erkin ishlatiladigan valyuta (freely usable currency) – toʻlov balansining joriy operatsiyalar boʻlimida valyutaviy cheklashlar boʻlmagan mamlakatlarning milliy valyutalari.

  • Qattiq valyuta (hard currency) – iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror boʻlgan valyutalari.

  • Yumshoq valyuta (soft currency) – xalqaro miqyosda toʻlov vositasi vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni, tashqi konvertirlikka ega boʻlmagan valyutalar.

  • Xalqaro rezerv valyutalar (reserve currency) – dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan yetakchi valyutalar.

Yetakchi valyutalarga “xalqaro rezerv valyuta” degan maqomni Xalqaro valyuta fondi (XVF) ekspertlari beradi. XVF mezonlari boʻyicha, xalqaro rezerv valyuta deganda davlatlarning xalqaro zahiralari nominali aks ettiriladigan valyuta tushuniladi. XVF tomonidan hozirgi kunda AQSH dollari (USD), evro (EUR), Buyuk Britaniya funt sterlingi (GBP), Yaponiya (JPY) ieni va Shveysariya frankiga (CHF) xalqaro rezerv valyuta maqomi berilgan41.
AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingiga xalqaro rezerv valyuta maqomi 1944-yilda, Bretton-vuds jahon valyuta tizimi shakllanayotganda berilgan edi. 1976-1978 yillarda Yamaykada boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada toʻrtinchi jahon valyuta tizimi tashkil topdi va unda yana ikkita valyutaga – Yaponiya ieni va GFR markasiga xalqaro rezerv valyuta maqomi berildi. 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab evroning muomalaga kiritilishi doychemarkani muomaladan chiqib ketishiga sabab boʻldi va uning maqomi evroga berildi. Xalqaro rezerv valyutalar nominal almashuv kursining barqaror emasligi, ularni sezilarli diapazonlarda tebranayotganligi jahon valyuta tizimining dolzarb muammolaridan biri boʻlib turibdi. Ayniqsa, AQSH dollari va yevroning nominal almashuv kurslarini tez-tez tebranib turishi kuzatilmoqda. AQSH davlat qarzining nisbatan katta ekanligi, savdo balansida katta miqdordagi defitsitning mavjudligi, davlat byudjeti defitsitining katta ekanligi Federal zahira tizimi (FZT) tomonidan*42 amalga oshirilayotgan qayta moliyalash siyosatining moslashuvchanlik darajasining yuqori ekanligi dollarning nominal almashuv kursini sezilarli darajada katta diapazonlarda tebranishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, jahon valyuta tizimining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Holbuki, AQSH dollari hamon dunyoning asosiy rezerv valyutasi boʻlib turibdi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish