Defisitsiz bozor - iqtisodning siklli rivojlanishi jarayonida bozorlardagi yalpi talabning yalpi taklifga mutanosib boʻlishi.
Deflyasiya - 1. Inflyasiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. 2. Pul- kredit bozoridagi narx-navoning asta-sekin passayishi yoki koʻtarilishi. 3. Soliqlarni, hisob stavkalarini koʻpaytirish, davlatning qimmatbaho qog’ozlarini sotish kabilar vositasida pul massasini kamaytirish maqsadidagi davlat tadbiri.
Diversifikasiya - 1. Lotincha “diversus” va “facere” soʻzdan olingan boʻlib, “qilmoq, bajarmoq, qilish, ya’ni, har xillashtirish, turli-tumanlashtirish” degan ma’noni anglatadi. Ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini koʻpaytirish. 2. Har tomonlama tasniflash.
Dirham - VII-X asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, Shimoliy Afrika va Ispaniyada boʻlgan asosiy pul birligi - kumush tanga. misqol (4,8 gr.)ning undan yetti qismi, 3,36gr.ga teng kumush yoki miss pul. Dirham Hindistonda Boburiylar davrida XVI asrda ham zarb qilingan.
Yevrovalyuta - oʻsha valyutani mamlakat tashqarisidagi barcha yig’indisidir.
Yevro kreditlar – yevro valyutalarda beriladigan kreditlardir.
Yevro parlament - jahon xoʻjalik aloqalari rivojlanishining hozirgi bosqichida mamlakatlarning teng milliy iqtisodiy shart-sharoitlarga erishtirish maqsadida Yevro tizimda birxillashtirilgan tartib asosida katnashishi uchun teng huquqlar va shart-sharoitlarni barpo etish vazifasini bajaradi.
Yer mulk ob`yekti - yerga resurs sifatida davlat va boshqa iqtisodiy sub`yektlar tomonidan foyda (renta) olish maqsadida egalik qilinishi.
Yer narxi - kapitallashgan renta. Yer maydonlari garchi ular tovar boʻlmasalarda ijara munosabatlaridan tashqari oldi-sotdi munosabatlariga ham ob`yekt boʻladilar. Ular maxsulotlar yetishtirish, tabiiy qazilma boyliklari qazib olish, ishlab chiqarish va turar joy binolari, turli inshootlar, yoʻllar, aeroportlar, stadionlar, parklar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Yer maydoni egasi uni sotishdan oladigan summa bankka qoʻyganda foiz tarzida oladigan daromad summasidan kam boʻlmaganda sotadi. Yerning narxi ikki omilga: 1) yer maydoni egasi olishi mumkin boʻlgan renta miqdoriga; 2) ssuda foizi miqdoriga.
Do'stlaringiz bilan baham: |