A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Inflyasiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi



Download 1,87 Mb.
bet33/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Inflyasiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:

  1. Davlat oʻz xarajatlarini oʻz daromadlari hisobidan qoplay olmay qolgan sharoitda, muomalaga qoʻshimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydi. Natijada muomalada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo boʻladi, bu esa oʻz navbatida pulning qadrsizlanishiga olib keladi.

  2. Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, natijada narx oshadi, pul qadri pasayadi.

  3. Mamlakatda chetdan keltirilgan (import) tovarlar narxining koʻtarilishi. Bu oʻz navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan oʻxshash va oʻrinbosar tovarlar narxini oshiradi.

  4. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy ne’matlar yaratish bilan bog’liq boʻlmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez sur’atlar bilan oʻsishi muomaladagi pul massasining koʻpayishiga olib keladi.

  5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yoʻqolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, mamlakat toʻlov balansi holati va boshqalar.

Keynschilar inflyasiyaning sababi toʻliq bandlik sharoitida yalpi talabning oʻsishidan iborat deb bilishadi. Shu sababli ular iqtisodiy inqiroz sharoitida qoʻshimcha pul emissiyasi hisobiga yalpi talabni koʻpaytirish inflyasiyaga olib kelmaydi deb hisoblashadi.
Neoklassik yondoshuvga binoan inflyasiyaning sababi ishlab chiqarish xarajatlarining koʻpayishidan iborat.
Demak keynschilar inflyasiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.

§8.2.Inflyasiya turlari


Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko`ra uning ikki toifasini ko`rsatish mumkin:

  • TALAB INFLYATSYASI

  • TAKLIF (Ishlab chiqarish bilan bog`liq) INFLYATSIYA

Talab inflyasiyasi - bu yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan yuqori sur’atlarda oʻsishi tufayli narxlarning oshishidir.
Talab inflyasiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning oʻsishi va iqtisodiyotning militarlashuvi.
Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq boʻlgan jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi;
b) davlat qarzlarining oʻsishi va byudjet taqchilligining mavjudligi.
Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish yoʻli bilan qoplanadi. Bu, oʻz navbatida, qoʻshimcha muomala vositalari boʻlishiga, qoʻshimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. Oʻzbekistonda byudjet taqchilligi yuqoridagidan tashqari, 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda;
v) xalq xoʻjaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga boʻlgan talabni oshiradi.
g) chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;
d) xalq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investisiyalash ham aylanmaga qoʻshimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyasiyasi umumiy talabning oʻsishi natijasida baholar oʻsishi bilan namoyon boʻladi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish