12.2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga
litsenziya berish tartiblari
Turizm sohasini litsenziyalashga doir faoliyatni tashkillashtirilishini
tahlil qilish natijasida jahon tajribasi va Butunjahon Turistik
Tashkilotining
ba’zi
bir
tavsiyalaridan
kelib
chiqqan
holda
respublikamizda turizmni davlat tomonidan tartibga solinishi yuzasidan
ba’zi bir mulohazalarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan turizmda
faoliyat sohasi sifatida uchta tomon ishtirok etadi:
1.Turistik mahsulot va xizmatlarni iste‘mol qiluvchi turistlar.
2.Turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi
turistik firmalar (ushbu holatda turistlarga xizmat ko‘rsatishga u yoki bu
munosabatda bo‘lgan barcha tashkilotlar).
92
3.Turizm faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanuvchi shuningdek
tegishli ma’muriy-huquqiy va boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi
(pasport, viza, chegara, bojxona, sanitariya-epidemiologiya va h.k.) davlat
idoralari.
Ushbu uchta tomonlar: “Turistlar” - “Turistik firmalar” - “Davlat”
o‘zaro munosabatlarida bir “Uchburchak”ni tashkil etadilar. Jahonning har
qanday davlatida ushbu “Uchburchak” har bo‘g‘inining ya’ni “Turistlar-
turistik firmalari”, “turistik firmalar-davlat”, “turist- davlat” o‘zaro
munosabatlari tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi. Masalan,
O‘zbekistonda
bular
jumlasiga
“Korxonalar
to‘g‘risida”,
“iste’molchilarning huquqlarini himoyalash to‘g‘risida” va boshqa
qonunlarni kiritish mumkin. Asta-sekinlik bilan ushbu qonunchilik yanada
aniqlashtirilib va to‘ldirilib borilmoqda. Sof holatda yuqorida qayd etilgan
qonunlar o‘zaro munosabatlarining har bir elementi huquqiy me’yorlar
bilan tartibga solinishi lozim. Lekin, qancha davlat bo‘lsa, shuncha o‘ziga
xos jihatlar ham mavjuddir. Amalda har bir davlatda qayd etilgan
“uchburchak” ning u yoki bu tomoniga alohida e’tibor qaratgan holda
turizmni tartibga solish yuzasidan o‘z yondashuvlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda ko‘pchilik boshqa mamlakatlar singari, asosiy e’tibor
“turistik firma-davlat” munosabatlarini tartibga solishga yo‘nalti‘rilgan.
Bu hol avvalombor, turistik faoliyatni litsenziyalash shaklini, ya’ni
davlatning yuridik shaxslariga berilgan muayyan ruxsatnomasi bilan
amalga oshiriladi. Lekin bundan litsenziya berish jarayoni alohida
ahamiyat kasb etmaydi (ushbu ruxsatnomani olish qiyinligi va
osonligidagan qa’tiy nazar). Turizm faoliyatining litsenziyada ko‘rsatilgan
va ko‘rsatilmagan boshqa shartlarini to‘liq bajarilishini nazorat qilib
boradigan davlat mexanizmining rivojlanganligi va samarali faoliyat
yuritishi va tegishli hollarda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishini
ta’minlash uchun zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishi muhim ahamiyatga
egadir. Zero, bunday mexanizm mavjud bo‘lmagan holda litsenziyalash
turistik mahsulot sifati ustidan nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |