ATAMALAR LUG‘ATI
Arxitektura - qurilish san’ati, qurilmaning xarakteri va shakli, badiiy
bezagi.
Arxeologiya - xalqlarning va millatlarning saqlanib qolgan tarixiy va
madaniy
yodgorliklari
yordamida
inson jamiyatining o‘tmishini
o‘rganuvchi fan.
Botel - unchalik katta bulmagan suvdagi mehmonxona. Jixozlangan
qulayliklarga ega bo‘lgan kema.
Butundunyo turistik tashkiloti (BTT) - hukumatlararo tashkilot (1975
yilda tashkil topgan) bo‘lib, turizmning rivojlanishiga ko‘maklashadi, 170
dan ortiq a’zosi bor
Vaucher – ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlarning (mehmonxonada
to‘xtash, vqatlanish, tarnsport va b.) haqqi to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjat
Diller - turistik xizmatlarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi turistik
firmalar, ko‘pincha ular o‘z hisobiga va uzining nomidan ish olib
borishadi.
Investitsiya - daromad olish maqsadidagi uzoq muddatli kapital
qo‘yilmalar.
Investitsiyalash - turistik faoliyat obekti yoki tadbirkorlik loyihaga
ma’lum, shartnomada aytib o‘tilgan shartlarda investitsiyani amalga
oshirish.
Imidj - firmaning bozordagi obro‘si
Ichki turizm - bir mamlakat fuqorolarning o‘z hududlari chegarasida
amalga oshiradigan turizmi.
Kemping - odatda shahar chekkasida moteldan uzoq bulmagan erda
joylashgan bo‘ladi. Avtoturistlar, mototuristlar va veloturistlar uchun
qulaylik yaratilgan bo‘ladi. Turistlarga yotish uchun xona beriladi,
ko‘pincha palatka yoki yozgi uychalar va ba’zi qulayliklari bilan
jixozlangan oshxonalarda maxsus taomlarni tayyorlash mumkin.
Motel - avtoturistlar uchun mehmonxona. kulay nomerlardan tashkari
turistlarga avtomashinalarini turar joylari bilan ham ta’minlanadi. Odatda
motellarda restoran, bar, kino-videofilmlar kurish, konferentsiya zallari,
sport bilan shug‘ullanish va o‘yin maydonlari, basseyn, tennis kortlari ham
xizmat ko‘rsatadi.
Pansionat - bu erkin shaklda, qurilish paytida mehmonxona sifatida
barpo etilmagan uylardir. Pansionlar 10-20 kishiga mo‘ljallanadi.
127
Rotel - harakatlanuvchi mehmonxona, vagon ko‘rinishidagi 1 yoki 2
o‘rinli nomerga ega bulgan, kiyinish xonasi, umumiy ovqatlanish, umumiy
xojatxonaga ega bo‘lgan mehmonxona.
Turist – o‘z qiziqishlarini qondirish maqsadida 24 soatdan kam va 6
oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga chegarani kesib o‘tgan kishi
Turistik baza - bu turistik majmua bo‘lib uning tarkibiga turistlarni
qabul qilish va joylashtirish binosi hamda faol dam olishni ta’minlovchi
xizmatlar kiradi. Turistik bazalar asosan faol turizm bilan shug‘ullanuvchi
turistlarni qabul qiladi. Ularga alpinistlar, suv, chang‘i sporti bilan
shug‘ullanuvchilar va boshqalar kiradi.
Turistik uy - faol harakatdagi turistlarni qisqa muddat dam olishi uchun
mo‘ljallangan boshpanadir. Bular asosan tog‘ yonbag‘rida joylashgan
bo‘lib shart-sharoitlari minimal darajada bo‘ladi.
Tur - turistlarni aniq yo‘nalish bo‘yicha, hizmatlar majmuasi va muddati
aniq bo‘lgan tashishni uyushtirish.
Turizm industriyasi - turizmning material-texnik bazasini tashkil
qiluvchi xalq xo‘jaligining turli sohalari yig‘indisi.
Turizm Xartiyasi - xalqaro turizmning rivojlanishi haqidagi qonun, BTT
Bosh assambleyasi tomonidan 1985 yil 6-sessiyada qabul qilingan
Flotel - suzib yuruvchi mehmonxona kemasi. Suvdagi ulkan otel,
maxsus jixozlangan bo‘ladi. Qulay nomerlardan tashqari, yaxshi dam olish
uchun qulaylik yaratilgan, vaqtinchalik ofisdan foydalanish, operativ
vosita aloqalari: telefon, kseroks, faks va boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |