90
XII-bob. TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va
ularning mazmuni
12.2. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turistik korxonalarga
litsenziya
berish tartiblari
12.3. Germaniya va Angliya mamlakatlarida litsenziya berish tartiblari
12.1. Turizmda litsenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar va
ularning mazmuni
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining zaruriy sharti -
unda litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini
litsenziyalash
turizmni
tartibga
solishning
muhim
bo‘g‘inidir.
O‘zbekistonda turizmni litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga
oshirilib kelinmoqda. Bu sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan
tajriba to‘plangan.
1994-yilda O‘zbekiston Respublikasida turizm birinchi marotaba
litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritilgan edi. Shu jumladan, Vazirlar
Mahkamasining
1994-yil
19-apreldagi
215-sonli
qarori
bilan
litsenziyalanishi lozim bo‘lgan ba’zi bir faoliyat turlari joriy etildi (shu
jumladan,
turizm
sohasida
ham)
va
litsenziyalarni
berilishini
rasmiylashtirishga doir umumiy nizom ham tasdiqlandi. Litsenziyalash
usullarini sinovdan o‘tkazib borish, qonunchilik bazasini o‘zgarishi va
tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni vujudga kelishi
bilan 1998-yili “O‘zbekiston Respublikasida turizm faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya berish qoidasi” yangi
tahriri kuchga kiritildi
22
. Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy
mansubligidan qa’tiy nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va turizm
sohasiga amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona,
birlashma va tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish
tartibini belgilab beradi. Yangi bosqichdan turizm sohasida faoliyat
ko‘rsatadigan
ishtirokchilarga
talab
kuchaytirildi.
Shuningdek
litsenziyalarning bekor qilinishini (chaqirib olinishini) ko‘zda tutuvchi
holatlar belgilandi. Turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya
“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
22
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbеkiston Rеspublikasida turizm faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tish va litsеnziya bеrish qoidasi”. Xalq so’zi. 1998
y.
91
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Turizm
faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Litsenziya berilganligi uchun respublikadagi eng kam ish haqqining 25
barobari miqdorida litsenziya yig‘imi to‘lanadi. Litsenziya yig‘imi
to‘lovidan
kelib
tushadigan
mablag‘lar
“O‘zbekturizm” Milliy
Kompaniyasi huzuridagi turizmni rivojlantirish markazlashtirilgan fondiga
yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga
solish darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning
turizm amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda
litsenziya yig‘imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug‘urtalash tizimi, ushbu
sohada muayyan ma’lumotga ega bo‘lishga doir talablarda farqlanish
mavjud. Ushbu faoliyat turlarining belgilangan farqlari, maqsad va
vazifalari, mijoz bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibidan kelib chiqqan
holda ushbu korxonalarni litsenziyalashga ham turlicha uslubiy yondashuv
amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi
tadbirkorlik faoliyatini tashkil topishi va rivojlanishining dastlabki
bosqichida ko‘pchilik kishilar bir vaqtning o‘zida turoperator va turagent
faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan shug‘ullana boshlashi
albatta maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda ushbu faoliyat
sohasidagi tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda Butun Jahon
Turistik Tashkilotining “Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro
tasniflash andozalari”ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini
alohida ko‘rsatgan holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish
zarurligi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: