A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


 Turizm marketingining ta’rifi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

 
9.2. Turizm marketingining ta’rifi 
 
 
Turizm  marketingi,  milliy  turizm  tashkilotlari  yoki  turizm 
muassasalarining,  milliy  va  xalqaro  darajada  turistlarning  ehtiyojlarini 
(optimize)  qarshilishiga  qarab  tizimli  va  birlikli  harakatlardan  tashkil 
topmoqda.  Insonlarning  bo‘sh  vaqtlarini  qadrlash  maqsadida  ish,  oila, 
konferensiya  maqsadlarida  biror  mintaqada,  o‘lkada  yoki    mamlakatlar 
orasida  sayohat  qilish  xohishi  va  ehtiyoji  turistik  korxonalarning  tashkil 
topishiga  sabab  bo‘lgan.  Bu  korxonalar,  iste’molchi  bo‘lgan  turistik 
guruhlarni  eng  uyg‘un  yerlarda,  eng  yaxshi  sharoitlarda  sayohat  qildirish 
maqsadida  bir    qancha  uslublar  va  texnikalar  yaratmoqda.  Boshqa  bir 
turizm marketingi ta’rifi quyidagicha izohlanadi: 
 
“Turistik  mahsulot  va  xizmatlarni  turizm  vositalari  yordamida 
mahalliy,  mintaqaviy,  milliy  va  xalqaro  rejada  ishlab  chiqaruvchining  va 
iste’molchi  bo‘lgan  turistning  oqimi  yangi  turistik  iste’mol  ehtiyojlari  va 
takliflarining  yaratilishi  bilan  bog‘liq  faoliyatlarining  yig‘indisi  turizm 
marketingidir”.  Turizm  marketingi  turistik  ehtiyojlarni  qarshilaydigan 
mahsulot va xizmatlarning turistga taqdim etilishi va sotilishi bilan bog‘liq 
harakat hisoblanadi. Mehmonxonalarning maqsadi foyda olish bilan birga 
xaridorlarning ehtiyojlarini qarshilash va ularni mamnun etishdir.  
 
Marketing  uzluksiz  davom  etuvchi  bir  jarayondir.  Turistik  mahsulot 
va  xizmatlar  turistga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishlab  chiqaruvchi  turistik 
korxonalar  tomonidan  yoki  vositachi  firmalar,  sayohat  byurolari  yoki 
turoperatorlar tomonidan sotiladi. Turizm marketingida turistlarning yangi 
ehtiyojlari  davomli  ravishda  izlanilishi  va  o‘rganilishi  kerak.  Sayyohning 
ehtiyojlari  birinchi  rejada  tutiladi.  Boshqa  bir  mahsulot  yoki  xizmatlarga 
ko‘ra  turizmning  ahamiyatli  xususiyatlar  tashishi,  marketingning  bu 
sohada  qo‘llanishini  juda  kerakli  holga  keltirgan.  Turizm  mahsuloti, 


 
71 
boshqa  tovar  va  xizmatlardan  farqli  o‘laroq  boshqa  muassasalarga 
qaraganda tugallanuvchi bir aralash mahsulot xususiyatiga egadir. Turistik 
mahsulotga  qarshi  bo‘lgan  turistik  talab  ham  ijtimoiy  va  siyosiy 
o‘zgarishlarga qarshi e’tiborli bo‘lib katta bir elastiklik ko‘rsatadi. Turizm 
taklifining  tashilmaydigan  (mehmonxona)  xususiyatda  bo‘lishi,  turistik 
xizmatlarning  joyida  tugatilishi  natijasini  tug‘dirmoqdadir.  Turizm 
mavsumi  oxirida  mehmonxona,  samolyot  va  boshqa  ba’zi  vositalarni 
boshqa  bir  mintaqaga  tashish  imkoni  yo‘q.  Turizm  marketingiga  bog‘liq 
harakatlarning maqsadlarini asosiy marketing maqsadlariga mos qilib 3 ta 
guruhda jamlash mumkin: 
a)  mavjud  bozorni  saqlash,  boshqa  bir  ifoda  bilan  korxonaga  yoki 
mamlakatga  yo‘naltirilgan  turizm  talabini  eng  kamida  bir  xil  darajada 
tutish; 
b)  Bozordagi  potentsial  talabni  harakatchan  talab  shakliga  aylantirish, 
ya’ni  turizmga  qatnashadigan  imkoniyatlarga  ega  bo‘lgan,  faqat  buni 
haligacha ro‘yobga chiqarolmagan tashkilotlarni turizmga jalb qilish
v)  yangi  bozorlar  yaratish,  oldindan  bilinmagan,  o‘rganilmagan  yoki  
keraklicha  qiymatlantirilmagan  bozorlarga  kirish,  boshqa  korxonalarga 
yoki  mamlakatlarga  yo‘naltirilgan  turistik  talabni  jalb  qilib  turistik 
mahsulotlarni sotish sohasini kengaytirish. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish