A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
34 
3.5. Turizm sektorida narx farqliligi 
 
Turistik  korxonalarda  to‘liqlik  nisbatlarini  oshirish  va  foyda  olishni 
oshirish  maqsadida,  korxona  ichida  vaqt  va  joyga  ko‘ra  farqli  narxlarni 
qo‘llay  oladilar.  Boshqa  tomondan  turizm  bozoridagi  iste’molchi 
guruhlarning ham  farqli xususiyatlarga ega bo‘lishlari  sababli, korxonalar 
ishlab  chiqargan  mahsulot  va  xizmatlarning  tamoyilida  o‘zgarish 
qilmasdan  narxning  farqlanishini  yaratadilar.  Narxning  farqlanish  turlari 
quyidagicha ifodalanadi
1. Xaridorning sotib olish kuchiga ko‘ra narxni farqlash. Xususan tunash 
korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo‘lishiga qarshi, mehmonxonaning 
ko‘cha  yoki  bog‘chaga  qaragan  xonalari  farqli  narxlarda  sotiladi.  Bir  xil 
lyuks  mehmonxonada  a‘la-karte  restoran  va  self-servis  restoran  usuli 
qo‘llanilib  turli  budjetlarga  tavsiya  etiladi.  Mehmonxona  yoki  dam  olish 
maskanlarida  turizm  bozoridagi  iste’molchilarning  katta  bir  qismini  jalb 
qilish  uchun  turli  tunash  va  xizmat  shakllari  ishlab  chiqarilib  narx 
farqliligini  qiladilar.  Xaridor  budjetiga  mos  ravishda  turli  narxlarni 
qo‘llaydilar. 
2.  Muddatga  ko‘ra  narx  farqliligi.  Turistik  korxonalarda  eng  ko‘p 
qo‘llaniladigan  uslubdir,  ba’zi  mintaqalarda  turizmning  mavsumlik 
xususiyat  ko‘rsatishidan  vaqtga  ko‘ra  turli  narxlar  qo‘llaniladi.  Mavsum 
oldi  va  mavsum  oxirida  50%  ga  yaqin  narxlarda  pasaytirishlar  qilinadi. 
Yarim  mavsum,  bayram  va  ta’tillar  sababli  turli  narxlar  qo‘llaniladi. 
Vaqtinchalik narx farqlashtirishdan maqsad, talabning yil davomida bir xil 
shaklda  tarqalishi  va  mehmonxonalarning  to‘liq  nisbat  davomida  yuqori 
bo‘lishini  ta’minlashdan  iboratdir.  Xaridorning  yashash  muddatiga  ko‘ra 
ham narxlarda farqlanish, xaridorga shaxsiy imtiyozlar qilinadi. 
3.  Xaridorlar  soniga  ko‘ra  narxning  farqlanishi.  Turistik  korxonalarga 
kelgan  turistik  guruh  yoki  xaridorlarga  ko‘ra  farqli  narxnlar  ham 
qo‘llaniladi.  Xususan  dam  olish  maskanlari  katta  miqdorda  sayohat 
agentliklari  orqali  turistlar  guruhi  bilan  ishlamoqda.  Shu  sababli,  tashrif 
buyurgan  turistlar  soniga  ko‘ra  korxonalar  ma’lum  miqdorda  imtiyozli 
narxlar  belgilashmoqda.  Bu  farqlanish  korxonaning  to‘liqlik  miqdorining 
va foyda olishligining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Tunash  korxonalarida  yaratilgan  bu  narx  farqlashlashtirish  havo 
yo‘llari tashuvchiligida ham qo‘llanilmoqda. Guruh holida kelgan turistlar 
korxonada to‘liqlik miqdorini oshiradi, tavakkal (risk) qilishni kamaytiradi 
va  o‘zgaruvchan  tannarxlarda  tasarruf  yarata  oladi.  “Narx  farqlanishiga 
o‘tishdan  oldin”  bozorning  bo‘limlariga  ajraladigan  talab  muvozanatiga 


 
35 
ega bo‘lmaganiga qarash, agar bozor bo‘limlarga bo‘linsa  bu bo‘limlarni 
bir  biridan  ajratadigan  va  bo‘limlar  orasi  bosqichlarni  ta’sirlaydigan 
kerakli  marketing  uslublarni  qo‘llash  va  farqli  bo‘limlar  uchun  uyg‘un 
narxlar belgilash kerak. 
4.Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof muhit omillari. 
Narx siyosatiga har xil omillar turli xil shakllarda ta’sir etmoqda. Bular 
quyidagi shaklda guruhlarga ajratiladi. 
A. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar. 
- iqtisodiy omillar; 
- rasmiy narxga aralashish; 
- narx nisbiyligi
- raqobat shakllari
- iste’molchi hulqlari (xatti-harakati); 
B. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar: 
- mahsulotlarning narxi; 
- korxonaning maqsadi; 
- narx siyosati
- korxonaning tashkiliy tuzilishi. 
Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir. Birinchisi bozorning turi,  
ikkinchisi  esa  mahsulotning  tannarx  bahosi.  Buning  natijasida  2  shaklda 
narx siyosati yaratiladi. 
a) tannarx  va foyda ustiga qo‘yilgan narx; 
b) bozorga ko‘ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx. 
Narx  joriy  qilinar  ekan,  xususan  bozorning  tuzilishi  juda  yaxshi 
izlanilishi  va  o‘rganilishi  kerakdir.  Ya’ni  talab  va  taklif  narxlarning 
yaratilishida  eng  ahamiyatli  omildir.  Biror  korxonaning  mahsulotni  hosil 
qilishi va uzoq muddatli narx siyosatiga, korxonaning ichida bo‘lgan muhit 
omillari ta’sir qilmoqda. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish