yoki bir nechtadan to'da b o ‘lib joylashadi.
Ular sentabr oyida yetiladi,
qo‘ng‘ir-yashil, oval shaklda ustki seret po‘sti mevasi yetilganda
yoriladi. Undan yong‘oq osonlik bilan ajraladi, yong‘oqning qobig‘i
qalin, ustki tomoni cho'tir, och-g‘isht rangda. Ayrim navlarining qobig‘i
yupqa bo‘lib, ulami chaqish ancha oson, bunday navlar, ayniqsa,
diqqatga sazovordir. Mag‘zi to ‘siqlar bilan qismlarga ajraladi. Uning
tarkibida 60-70% moy bor, S vitaminga nihoyatda boy. M ag‘zi iste’mol
qilinadi va biokimyoviy xususiyatlari yuqori.
2 9-rasm. Grek yong ‘og ‘i.
Uning po'stidan,
bargidan, tanasining p o ‘stlog‘idan jigarrang
bo‘yoq moddasi olinadi. U ipak va ip gazlamalami bo‘yash uchun
ishlatiladi. Bulardan tashqari, qobig‘ida 20% ga yaqin oshlovchi
moddalar bor. Yong‘oq urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Ekishdan oldin
urug‘ini stratifikatsiya qilish zarur. Ildizi yo‘g ‘on o ‘qildiz b o iib , yerga
chuqur kirib boradi. To‘nkasidan, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi.
Uni yashil qalamchadan ko‘paytirish mumkin, lekin qiyin
ko'karadi. U tez o‘sadi va 400 yilgacha yashashi mumkin. Markaziy
Osiyoda katta-katta yong‘oqzorlar hosil qiladi. Hozir ulaming maydoni
75000 gektarga yaqin. Janubiy Qirg‘izistonda dunyoda eng yirik tabiiy
yong'oqzorlar (30ming gektar) mavjud, 0 ‘zbekistonda tabiiy yong‘oq-
zorlar asosan G ‘arbiy Tyan-Shan to g ‘larida (Bo'stonliq tumani)
tarqalgan. Ular boy genofondga ega bo‘lib
ilmiy va amaliy ahamiyatga
egadir. Eronda, A fg‘onistonda, Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada ham
o‘sadi. T o g iik hududlarda dengiz sathidan 800 metrdan 2300 metrgacha
ko‘tariladi. Markaziy Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, Moldaviya va
Ukrainada
madaniy
holda
ko‘p
ekiladi.
Sovuqqa
chidamsiz
bo‘lganligidan MDH ning Yevropa qism idako‘p ekilmaydi. Hozir uning
sovuqqa chidamli navlari chiqarilmoqda va tanlab olinmoqda. Yong‘oq
yorug‘sevar o ‘simlik,
tuproq tanlaydi, unumdor va ohakli yerlarda
yaxshi o ‘sadi. Y og‘ochi o ‘zakli, qattiq, og'ir. U mebel sanoatida ko‘p
ishlatiladi. Y ong‘oq daraxti ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, o ‘rmon
melioratsiyasida va mevali daraxt sifatida bog‘larda juda ko‘p ekiladi.
0 ‘rmon xo‘jaliklarida sanoat miqyosida o ‘stirish yo‘lga qo‘yilgan.
M an ju riy a yong‘og‘i (Juglans m anshurica Maxim.) bo‘yi 25 m,
diametri 90 sm li daraxt, po‘stlog‘i to ‘q-kul rangda, bo‘yiga yorilgan,
toq bargli, bo‘yi 1 m b o ‘lib, barglarining cheti tishchali va tukli. Barglari
yirik-mayda, yong‘oqqa nisbatan birmuncha kech barg yozadi. Urug‘chi
gullari 3-10 tadan bo‘lib qalin joylashadi va shingilcha hosil qiladi.
Mevasi
oval shaklda, o ‘tkir uchli, qobig‘i qalin, cho‘tir, yelimli, qo‘ng‘ir
rangda. Mevasi yetilganda quriydi va har tomonga sochiladi, oval yoki
yumaloq-oval shaklda, qora qo‘ng‘ir rangda o‘tkir uchli, bo‘yiga ketgan
6-8 chiziqli va cho‘tir, qobig‘i juda qattiq.Chaqish qiyin, o‘zagi qiyin
ajraladi. M ag‘zi tarkibida 50% gacha moy bor, sifat jihatdan grek
yong‘og‘idan qolishmaydi. Bargi
tarkibida har xil moddalar, jumladan,
alkaloidlar, oshlovchi moddalar va efir moylari bor, ulardan tibbiyotda
raxit kabi kasalliklami davolashda foydalaniladi.
• • • • • i
Ф 9 Ф Ф Ф
Do'stlaringiz bilan baham: