A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Trasologik ekspertiza va uning uslublarining ilmiy asoslari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
4. Trasologik ekspertiza va uning uslublarining ilmiy asoslari 
 
Trasologik tekshiruvning ilmiy-nazariy usullarini ishlab chiqishda 
dialektik akslanish nazariyasi, kriminalistik identifikatsiya 
(aynanlashtirish) nazariyasi, belgilar va tizimli yondashuv to‘g‘risidagi 
kriminalistik ta’limga tayaniladi. 
Izlar to‘g‘risidagi trasologik bilimlar quyidagi asosiy tamoyillarga 
asoslanadi: 
I. Moddiy borliq, shuningdek obyekt (buyum)lar tashqi tuzilishining 
individualligi (alohidaligi). Turdosh obyektlar (buyumlar)ning tashqi 
tuzilishi umumiy belgilar (shakl, hajm va boshq.) bo‘yicha mos kelsa-da, 
xususiy belgilariga ko‘ra bir-biridan farqlanishi mumkin. Trasologiyaning 
xususiy belgilariga obyekt yuzasining relyefiga tegishli o‘ziga xos belgilar 
kiradi:  
1. Kesish (bo‘lish)dan hosil bo‘lgan relyef qismlari (detallari)ga bolta 
tig‘ining notekisligi va g‘adir-budurligi sababli qoldirilgan chuqurcha va 
do‘ngchalarning mavjudligi. Avtomobil g‘ildiragining izlaridagi xususiy 
belgilarga projektorning tashqi belgilari (g‘ildirak rezinasining 
uvalanganligi turli yoriqlarning borligi) misol bo‘ladi. 
2. Buyumning tashqi tuzilishi, shuningdek undagi xususiy belgilar 
tasvir izlar ko‘rinishida boshqa obyektlarda akslanishi mumkin. Xususiy 
belgilarning aniq va to‘liq aks etishi iz hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ular orasida obyekt materiali – iz hosil qiluvchi va iz hosil 
bo‘luvchi material hamda obyektlar o‘zaro ta’sirining mexanizmi kabi  
fizikaviy xususiyatlar asosiy hisoblanadi. Iz qabul qiluvchi obyekt tekis va  
uning tarkibiy tuzilishi  qanchalik mayda bo‘lsa, iz detallari shunchalik 
aniq va jonli chiqadi. 
3. Obyekt tashqi ko‘rinishining izda aks etishi doimo teskari ko‘zgu 
kabi ifodalanadi. Chunonchi, hajmli obyekt (poyafzal tagcharmi) yumshoq 
material (qum, ho‘l loysimon tuproq)da chuqur iz qoldiradi. Iz hosil 
bo‘lish holati nuqtai nazaridan boshqa turdagi o‘zgarishlar izda aks etishi 
mumkin, masalan, notekis relyef tirnalgan kabi izlar qoldiradi. 
Shunday qilib, akslanuvchi izlar trasologik ekspertizaning asosiy 
obyekti bo‘lib,  ikkita obyektning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. 
Akslangan iz hosil qilish bilan tugallangan jarayon iz hosil bo‘lish 
mexanizmi, deb ataladi. Bunda o‘zaro ta’sir qiluvchi elementlar 
quyidagicha: iz hosil qiluvchi obyekt, iz qabul qiluvchi obyekt, 
 
shuningdek  obyektlarga u yoki bu turdagi energiya bilan ta’sir qilish 
natijasida hosil bo‘lgan iz kontakti (aloqasi). Iz kontakti obyektlarning 


 17 
hajmlari va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘ladi. Zero, u izdagi 
o‘zaro ko‘chish (sirg‘alish) yo‘nalishining kuchlar tizimi bilan shartlanadi. 
Trasologiyaning muhim nazariy asoslariga turli xil trasologik 
obyektlarni o‘rganishning uslublar tizimi kiradi. Hozirgi kunda 
kriminalistikada boshqa fanlardagi kabi umumilmiy va maxsus tasnifga 
asoslangan quyidagi uslublar tizimi qabul qilingan: 
1. Dialektik uslub – dialektik (falsafiy) mantiq va rasmiy mantiqiy 
bilish toifalari va qonuniyatlarini o‘z ichiga oluvchi  fanning umumiy 
uslubi. 
2. Umumilmiy uslublar – kuzatish, o‘lchash, tasvirlash, taqqoslash, 
tajriba-sinov, modellashtirish, tadqiqotning matematik usullari. 
3. Kriminalistikaning maxsus usullari. Ular kriminalistika oldida 
turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish maqsadida boshqa fanlardan 
olingan bo‘lishi yoki kriminalistika doirasida yangi kashf etilgan bo‘ladi. 
Mazkur barcha usullarni turlicha kompleks va majmuada trasologik 
obyektlarni tadqiq qilish uchun qo‘llasa bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi 
guruhdagi usullarni detallashtirish (aniqlashtirish) ekspert-trasolog 
tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli usullar to‘g‘risida tasavvur 
hosil qilishga imkon beradi. Trasologik ekspertizada ilmiy usullar bilan bir 
qatorda, morfologik belgilarni o‘rganish usuli keng qo‘llaniladi. Zarur 
hollarda u bilan birgalikda ichki tuzilish, atomli va molekulali tarkibni 
o‘rganish usullari ham qo‘llanilishi mumkin.  Kompleks tadqiqotlar 
qismlarning bir butunga tegishliligini aniqlash uchun (shuningdek 
trasologik jihatdan) qo‘llaniladi. Shunday qilib, trasologik ekspertizaning 
usullariga: kuzatish, o‘lchash, ta’riflash (ta’riflab yozish), tajriba 
(eksperiment), taqqoslash, modellashtirish, fizikaviy, kimyoviy, matematik 
usullar va fotosuratga olish kabilar kiradi. 
Kuzatish – har qanday trasologik ekspertizani boshlash usullaridan 
biridir. Kuzatish rejali va maqsadli bo‘lishi kerak. Aynan shundagina u 
tekshirilayotgan belgilarni ajratib olish va tadqiq etish imkonini beradi.  
Kuzatish oddiy tarzda (ko‘z bilan) va  ko‘rish qobiliyatini oshirish 
maqsadida turli usul va moslamalarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi 
mumkin. Bunga lupa, mikroskop, ko‘ndalang tushuvchi nurda tekshirish, 
izlarni bo‘yash, elektron-optik o‘zgartirgich, ultrabinafsha nur va boshqa 
yoritgichlardan foydalanish kiradi. 
Kattalashtirish darajasi trasologik obyektning turi va hal qilinayotgan 
kriminologik vazifalar nuqtai nazaridan tanlanadi. 
O‘lchash – obyektning miqdoriy o‘lchamlarini olish uchun qo‘llanadi. 
Olingan ko‘rsatkichlar metrologiyada qabul qilingan o‘lchov birliklari 


 18 
(bunda olingan o‘lchamlar mavhum bo‘lishi mumkin, masalan, bir sm 
maydondagi trassalar soni), chiziqli va burchak, maydon va chuqurlikni 
o‘lchash birliklari bilan qiyoslanadi. O‘lchashning aniqligi belgilarning 
izlarda to‘liq aks etganligi, o‘lchash uchun qo‘llanadigan usullar va texnik 
vositalarning (chizg‘ich, ruletka, shtangensirkul, mikrometr, o‘lchash 
lupasi, okulyarli mikrometr va h.k.) mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Trasologik ekspertizada ta’riflash (ta’riflab yozish) ? ekspertning o‘z 
xulosalarida asoslanadigan obyektlar, belgilar va ekspertiza jarayonining 
o‘zini yozma nutq,  jadval, chizma, fotosurat va ularga ishora qo‘yib 
chiqish orqali ifodalashidir. Bunda boshqa usullar yordamida olingan 
tekshiruv manbalari ham yozib qo‘yiladi. Fotosurat yordamida qayd qilish 
ekspertiza natijalarini yaqqol ko‘rsatib berish imkonini beradi. 
Tajriba (Eksperiment) – trasologik ekspertizada  izlarning 
(identifikatsion masalalarni hal qilishda) qiyosiy namunalarini olish,  
shuningdek izlarning yuzaga kelish mexanizmlari to‘g‘risidagi farazning 
to‘g‘riligini isbotlash (diagnostik masalalarni hal qilish)da qo‘llaniladi. 
Eksperiment izda akslangan obyektning belgilarini qayta aks ettirish, iz 
hosil bo‘lishida mazkur belgilar qay tarzda o‘zgarishini aniqlash,  jinoyat 
sodir etilgan sharoitga yaqin sharoitda izlarni hosil qilish imkonini beradi. 
Bunda obyektning o‘lchamlari va qay maqsadlarda qo‘llanilishi, izlarning 
yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan holatlar to‘g‘risida fikr yuritish imkoni 
mavjud. 
Taqqoslash tadqiqoti – trasologik obyektlarni identifikatsiya qilish 
jarayonidagi asosiy usullardan biri hisoblanadi. U bir-biriga mos keladigan  
belgilarni ajratish, ularning mazmunini o‘rganish, identifikatsion 
ahamiyatini aniqlash, ularning o‘zaro o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib 
berishga imkon yaratadi. Taqqoslash ikkita asosiy guruhga ajratish 
mumkin bo‘lgan usullar yordamida amalga oshiriladi: 
1. Bevosita taqqoslash usullari: ikkita solishtirilayotgan obyektlar 
(haqiqiy va eksperimental iz, iz va tekshirilayotgan obyekt) fotosuratlarini 
yoki optik tasvirlarini oddiy solishtirish, yonma-yon tushirish yoki ustma-
ust tushirish usullari orqali taqqoslash. 
2. Baholash ko‘rsatkichlarini taqqoslash usullari – belgilarni o‘lchash 
yoki ko‘zdan kechirishdan olingan ko‘rsatkichlarni solishtirish. 
Qiyosiy taqqoslash usulini tanlash obyektning turi, izda aks etgan 
belgilar buzilishining xususiyatlari  va kattaligi, tadqiqot aniqligi va 
tezligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bevosita solishtirish tadqiqotning yuqori darajada aniqligi va natijalar 
ko‘rgazmaliligini ta’minlaydi. Biroq, u belgilari yetarli darajada turg‘un 


 19 
aks etadigan obyektlarga, shuningdek yuzaga keladigan farqlar surunkali 
xususiyatga ega bo‘lib, eksperiment orqali ularni qayta aks ettirish 
mumkin bo‘lgan izlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Bevosita 
taqqoslash nolga teng yoki ayniyatli bo‘lishi mumkin. Nolga teng 
taqqoslash tekshirilayotgan iz va eksperimental izning to‘liq ravishda bir-
biriga mos kelishiga erishiladi (chiziqlar to‘liq ravishda bir-biriga 
qoplanadi va bir chiziqqa tutashib ketadi, relyef detallari bir-birining ustiga 
qo‘yilganda, to‘liq ravishda o‘zaro qoplanadi). Mazkur holatda belgilar 
orasidagi farqlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, ya’ni ular nolga teng 
bo‘ladi. 
Ayniyatli (farqli) taqqoslashda eng muhim belgilarning bir-biriga mos 
kelishining o‘zi yetarli hisoblanadi. Qolgan farqlar, basharti tegishli 
namunalarni yasash orqali isbotlanmasa, tushuntirib berilishi zarur. Busiz 
bir-biriga o‘xshashlik to‘g‘risida xulosa qilib bo‘lmaydi. 
Bevosita taqqoslash uchun taqqoslovchi mikroskoplar, komparatorlar, 
optik qoplash uskunalari (PON), kompyuter tizimlari qo‘llaniladi. 
Modellashtirish – trasologik uslub sifatida modellarni qurish, zarur 
bo‘lgan o‘zgartirishning uslub va texnik vositalarini qamrab oladi. Model 
deb, ashyoviy dalillar ekspertiza namunalari va boshqa obyektlari 
belgilarini  qayd etuvchi maxsus yasalgan buyum (idoimatematik tasvir)ga 
aytiladi. Model tekshiruv jarayonida haqiqiy izlarning o‘rnini bosishi va 
yangi isbotlash ma’lumotini olish, unga baho berish va undan 
foydalanishga imkon beradi. Modellar haqiqiy buyumga o‘xshash bo‘lishi 
(ya’ni undagi belgilarni to‘liq ravishda aks ettirishi), o‘zgarmas bo‘lishi 
(ya’ni undagi belgilar uzoq muddat davomida saqlanib turishi) zarur. 
Modellar turlicha vazifalarni bajarishi mumkin: izlarni qayd etish 
(masalan, poyafzal izlaridan gipsli qolip yasash), buzish qurollari va 
boshqa obyektlarning iz hosil qiluvchi relyefining belgilarini ajratib 
ko‘rsatish (masalan,  boltaning muayyan yuzasi bilan yog‘ochni bo‘lish 
izlarini olish), tekshirish va baholashni yengillashtiruvchi ko‘rgazmalilik 
va tasvirlilik (masalan, tekshirilayotgan iz va eksperimental izning  
fotosuratlari), moddellashtirilayotgan obyektni tekshirish (relyef detallarini 
mikrofotosuratga tushirish). 
Trasologiyada modellashtirish jarayoni bir nechta bosqichlarga 
bo‘linadi:  modellashtirish maqsadini aniqlash, modellashtirilayotgan 
obyektni o‘rganish, modellashtirishga tegishli belgilarni ajratish, 
modellashtirish usullarini tanlash va nihoyat, model yasash. 
Modellashtirish usullari fizikaviy va matematik usullarga bo‘linadi. 
Fizikaviy usulga tez o‘zgaradigan izlar yoki iz hosil bo‘lgan obyektdan 


 20 
izlarni olish imkoni bo‘lmagan hollar kiradi, masalan, sariyog‘dagi tish 
izlari, poyafzal izlari va h.k.). Bunga poyafzal izlarini maxsus plyonkalar 
yoki qayd etilgan fotosurat yordamida modellashtirish, turli xil qoliplovchi 
moddalar (polimer pastali gips) yordamida uch o‘lchovli hajmli izlarni 
yasash kiradi. Polimerlar relyef belgilarining yetarlicha aniq nusxasini 
olish imkonini beradi. 
Profilogrammalash modellashtirish usuli sifatida profilogrammaning 
kesishma izini olish va izlarda aks etgan uchinchi o‘lcham (balandlik va 
chuqurlik) detallarini tahlil qilish imkonini beradi. Profilogrammalar optik 
(soyali), lazerli, mexanik (paypaslovchi) bo‘lishi mumkin. 
Profillash matematik usulda va kompyuterda qayta ishlanganda, eng 
muhim dalil sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
Golografik model – muayyan tarzda yoritilgan modellashtiruvchi 
obyektdan chiquvchi nur  oqimini tashkil etadi. Gologrammada obyekt 
relyefining eng kichik detallari (parchalari) to‘g‘risida aniq ma’lumotni 
ko‘rish mumkin. Bunday model hajmli, go‘yoki havoda muallaq turgandek 
tasvirlangani bois, uni har tomondan ko‘rish imkoniyati vujudga keladi. 
Optik modellashtirish – taqqoslovchi mikroskopda tekshirish yoki iz 
va namuna fotosuratlarini solishtirishdan iborat bo‘ladi. Bunda iz hosil 
qiluvchi obyektning nuqtali relyefini chiziqlarga aylantirish imkonini 
beruvchi maxsus usullar qo‘llanadi. 
Tadqiqotning fizikaviy usullari. Ularga mikroskopda ko‘rish, 
yorug‘lik spektrining ko‘rinmas sohasidagi nurlarda tekshirish, iz hosil 
qilgan moddaning yopishqoqligi va turlicha singdirish qobiliyatiga 
asoslangan holda tadqiq qilish kiradi. 
Mikroskopik tadqiqotlar (mikroskopiya) – izning oddiy, ko‘zga 
ko‘rinmaydigan va ilg‘ab bo‘lmaydigan mikrozarralari va mayda 
qismlarini ko‘rishdir. Ko‘zning ko‘rish qobiliyatini oshirishga xizmat 
qiluvchi moslamalarga lupalar, turli binokulyar, stereoskopik, instru-
mantal, biologik, kattalashtiruvchi, elektron kriminalistik  mikroskoplar  
kiradi. Trasologik obyektlarni mikroskopik tadqiq etish qaytuvchi va 
o‘tuvchi nurda amalga oshirilishi mumkin. Relyefning notekis joylarini 
tekshirishda soya kontrastini kuchaytirish maqsadida qiya tushuvchi 
nurdan foydalaniladi. Iz hosil bo‘lgan obyekt va izdagi ranglar kontrastini 
aniqlash maqsadida rangli filtrlar qo‘llanadi (masalan, qorong‘i yuzada 
qoldirilgan qon izlari, qotib qolgan poyafzal izlari). 
Infraqizil nurlarda tekshirish ko‘rinmas izlarni aniqlash, qon qotib 
qolgan kiyim-kechakni tekshirishda foydalaniladi. 


 21 
Ultrabinafsha rang nurlarda tekshirish, odatda oddiy sharoitda 
ko‘rinmaydigan izlarni topishda qo‘llaniladi.  Bunda lyuminissensiya 
hodisasini hisobga olgan holda, nur manbasi sifatida simob-kvarsli lampa 
yoki elektron-optik o‘zgartirgichdan foydalaniladi. Izlarni ko‘rinarli qilish 
uchun tarkibiga lyuminoforlar kiruvchi mexanik reaktivlardan 
foydalaniladi. 
Rentgen nurlarida tekshirish mazkur nurlarning buyumlar yaxlitligini 
buzmay, ularning ichidan o‘tish qobiliyatini hisobga olgan holda (qulf, 
plomba, poyafzallar), nurlantirish orqali amalga oshiriladi. Bunday 
tekshirish buyumlarning ichki tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi, 
ichki buzilishlar va izlar to‘g‘risida xulosa qilish imkoniyatini beradi. 
Radioaktiv moddalarni qo‘llagan holda tekshirish gamma nurlardagi 
trasologik ekspertizalarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Gamma nurlar 
rentgen nurlari kabi obyektlarni nurlantirish (asosan yirik) maqsadida 
qo‘llaniladi. 
Trasologik ekspertizada sud tekshiruvi uchun fotosuratga olishning 
ko‘pgina uslublari qo‘llaniladi:  masshtabli, kontrastli va ranglarga 
bo‘linuvchi suratga olish, mikrosuratga olish, infraqizil, ultrabinafsha rang 
va rentgen nurlarida suratga olish, stereosuratga olish (shuningdek, 
mikrostereo), qiyosiy suratga olish, raqamli fotosuratga olish va hokazo. 
Trasologiyada matematik usullar ham matematik modellashtirish, ham 
olingan natijalarni baholash uchun qo‘llaniladi. 
Matematik modellashtirishda obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 
rasmiylashishi va soddalashishiga erishiladi. Matematik belgilar modelda 
tekshirilayotgan obyektning tarkibini tashkil qiluvchi asosiy belgilari va 
aloqalarni aks ettirish imkonini beradi. Masalan, izlar yo‘lagining 
elementlari (o‘ng va chap qadamning uzunligi, qadam kengligi, qadam 
burchagi, tovon burilishining burchagi – chap va o‘ng). 
Matematik modellar ikkita katta guruhga bo‘linadi: xayoliy 
(mukammal) va moddiy. Birinchisiga belgili matematik model-tasvirlar, 
moddiyga shakllarni mashinada aniqlash kiradi. 
Matematik uslublarga o‘lchovlar natijalarini baholash, belgilarning 
identifikatsion ahamiyatini baholashning ehtimolli usullari kiradi. 
Yuqorida keltirilgan katta miqdordagi usullar trasologik ekspertizada 
ham identifikatsion, ham diagnostik masalalarni  yechish uchun qo‘llanadi. 
Trasologiyada ommaviy ishlab chiqarish mahsulotlarining kelib 
chiqish manbaini aniqlash masalalari o‘rganiladi, masalan, mixlar bitta 
guruhga mansubmi va bitta mix yasash avtomatida ishlab chiqarilganmi, 
sim bo‘laklari muayyan stanokda ishlab chiqarilgan butun simga tegishlimi 


 22 
va hokazo.  Shuni ta’kidlash joizki, umumiy «yuzaga kelish manbai» 
degan tushuncha  tekshirilayotgan belgilar soniga nisbatan toraytirilishi 
mumkin.  Bu – modda tarkibi, uning tuzilishi, yot jismlarning borligi va 
boshqalar bo‘lishi mumkin. Ularni o‘rganish maqsadida kompleks 
tekshiruvlar amalga oshiriladi. 
Ekspert trasologiya identifikatsiya qilish bosqichlari. Hozirgi kunda 
sud ekspertizasi nazariyasida ekspert tekshiruvini to‘rt bosqichga bo‘lish 
rusum bo‘lgan: 
Dastlabki tadqiqot (tayyorgarlik bosqichi). 
Batafsil tadqiqot (analitik bosqich). U uchta kichik bosqichdan iborat: 
a) alohida tekshiruv; 
b) ekspert tajribasi; 
v) taqqoslash tadqiqotlari. 
3. Tadqiqot natijalarini baholash (sintez qilish bosqichi) va xulosalar 
chiqarish. 
4. Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish (yakuniy bosqich). Har bir 
avvalgi bosqich keyingisini o‘tkazishga tayyorlanadi va ko‘mak beradi. 
Shu bois, mazkur bosqichlar o‘rtasidagi chegaralar shartli hisoblanadi. 
Dastlabki tadqiqot. Ekspertiza tayinlangani to‘g‘risidagi qaror va 
tekshirish zarur bo‘lgan obyekt (buyumlar)ni olgandan so‘ng, ekspert eng 
avvalo, qo‘yilgan masalalarning mohiyatini aniqlab oladi, tekshirish zarur 
bo‘lgan obyektlarni ko‘zdan kechiradi (o‘ramning borligi va holati, 
obyektlar turi va maqsadi, ularning holati va soni), ularning saqlanganligi, 
ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan ro‘yxatga 
muvofiqligiga ishonch hosil qiladi. Sodir etilgan hodisa tafsilotlari, izlarni 
olish sharti va vaqti, ularni qayd etish usullarini aniqlangandan so‘ng, 
tadqiqotning maqsadi va hajmini belgilaydi. Tayyorlov bosqichi tekshiruv 
o‘tkazish rejasini tuzish va keltirilgan obyektlarni (ashyoviy dalillarni) 
fotosuratga olish bilan yakunlanadi. 
Batafsil tadqiqot. Mazkur bosqichda eng ko‘p mehnat talab qiladigan 
bosqich alohida tadqiqot bosqichi hisoblanib, uning asosiy vazifasi – 
izlarda identifikatsion belgilarni aniqlash va ularni keyinchalik tahlil qilish 
hisoblanadi. Tekshiruv jarayonida har bir taqdim etilgan obyekt bir-biridan 
alohida o‘rganiladi, ya’ni boshida predmet va uning izi, izning o‘zi, 
so‘ngra faraz qilingan iz hosil qiluvchi buyum. Belgilangan maqsadlar 
uchun optik moslamalar, izning ko‘rinishi va kontrastini kuchaytiruvchi 
usullar, o‘lchov asboblari qo‘llanadi. 
Iz chegarasini aniqlash bir qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Buni 
obyekt chegarasi ayniqsa hajmli hajmli izlarda shartli bo‘lishi bilan 


 23 
tushuntiriladi.  Iz qabul qiluvchi obyektlarning o‘zi ichki (obyektning 
buzilishi) va tashqi  (iz hosil bo‘lish) omillari ta’sirida o‘zgarishi 
mumkinligini nazarda tutish lozim. Iz chegarasini uning modeli yoki 
fotosuratiga qarab aniqlash undanda murakkab vazifa hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan izlarning o‘lchamlari qarama-qarshi chegaralar orasidagi 
o‘lchamlarining o‘rtacha kattaligini hisoblash orqali aniqlanadi. 
Buyum relyefini tahlil qilishda ham sifat, ham son ko‘rsatkichlariga 
e’tibor beriladi. Bu kabi tahlil jarayonida relyefning bo‘rtib turishi, aniqligi 
va o‘rtacha joylashuvi tekshiriladi. 
Agar,  avval trasologlar iz detallari uzunligi va kengligini o‘lchash 
bilan kifoyalangan bo‘lsalar, hozirgi kunga kelib har bir belgini o‘lchash 
son ko‘rsatkichi birmuncha oshgan. Bunda bo‘rtib turgan detallarning 
maydoni va balandligi, chuqurchalar (o‘yilgan joy) chuqurligi, nishab 
(qiyalik) burchaklari o‘lchanadi. Identifikatsiya qilinayotgan obyekt 
relyefining morfomometrik xususiyatlarini aks ettiruvchi miqdoriy 
ko‘rsatkichlari identifikatsiya qilishning zaruriy vositasi sifatida 
qo‘llaniladi. 
Obyektlarni alohida tekshirishning muhim jihatlaridan biri 
tekshirilayotgan buyumning qaysi sirti bilan iz hosil qilinganini aniqlash 
hisoblanadi (pichoq qinining qaysi maydoni yoki bolta  tig‘ining qaysi 
qismi). 
Izlar, uning shakllari, aks etgan relyef o‘lchamini tekshirishdan 
olingan manbalar asosida iz qoldirgan obyekt muayyan guruhga 
tegishliligi  to‘g‘risida xulosa qilish imkoni yaratildi. Masalan, buzish 
uchun ishlatiladigan qurol turi (kesuvchi, parmalovchi, arralovchi va h.k.), 
odam urib ketgan avtomashina modeli va hokazo. Ko‘zga tashlanadigan 
belgilar (alohida, maxsus)ning mavjudligi guruh sonini qisqartirishga 
imkon beradi: ishchi qismining bir bo‘lagi singan randa, o‘ng orqa 
g‘ildirak protektorida yoriqning mavjudligi va hokazo. 
Alohida tekshirish o‘tkazish xulosasida aniqlangan belgilarga baho 
beriladi, iz hosil qilgan obyektning muayyan guruhga tegishliligi 
aniqlanadi, va nihoyat, iz hosil qiluvchi obyektning u orqali izni 
identifikatsiya qilishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi va hokazo. 
Bu bosqichdagi ekspert tekshiruvining  asosiy vazifasi quyidagilardan 
iborat: iz hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash,  belgilarning akslanish 
turg‘unligini aniqlash va  qiyosiy tahlil qilish uchun namuna izlarini 
yasash. Eksperiment o‘tkazishning zaruriy shartlaridan biri ?  bir 
tomondan jinoyat sodir bo‘lishida iz hosil qilish vaziyatiga maksimal 
yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish, boshqa tarafdan iz hosil qiluvchi 


 24 
obyekt individual xususiyatlarining akslanishi va hokazo. Basharti chiziqli 
(dinamik) izlarni qiyoslash kerak bo‘ladigan bo‘lsa, eksperiment o‘tkazish 
muhim hisoblanadi. Bu holatda tekshirilayotgan iz hosil qiluvchi obyekt iz 
hosil qiluvchi mexanizmlari eksperimental iz qoldirishlari zarur (frontal va 
qarama-qarshi burchaklar). 
Ekspertga qiyosiy tekshiruv uchun yuborilayotgan qiyosiy namu-
nalarga ham boshqa kriminalistik modellar oldiga qo‘yiladigan talablar 
qo‘yiladi:  belgilarning izomorf akslanishi, o‘z navbatida iz hosil qiluvchi 
obyektni aynanlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu kabi 
izomorf akslanish qiyoslanayotgan obyektlar o‘lchamlarini birxillashtirish 
to‘g‘risidagi talabning amalga oshirilishini ta’minlashi zarur. 
Obyektlar belgilarini taqqoslash usullari tekshirilayotgan iz (uning 
nusxasi)ni iz hosil qiluvchi obyekt yoki eksperimental iz bilan bevosita 
taqqoslashda o‘z aksini topadi. Avval bir turdagi umumiy, so‘ngra xususiy 
belgilar tekshiriladi, qiyoslash belgilarning shakli, o‘lchami, o‘rni va 
o‘zaro joylashishiga ko‘ra  amalga oshiriladi. Bunda sanab o‘tilgan 
belgilarning buzilish ehtimolligi hisobga olinib, ular iz hosil qiluvchi 
buyum yoki iz hosil bo‘luvchi yuzaning o‘ziga xos xususiyatlari, 
shuningdek iz hosil bo‘lish sharti va mexanizmlari bilan shartlanishi 
mumkin. Qiyoslashda geometrik jismlarni qurish prinsipidan foydalanish 
mumkin bo‘lib, u bir xil belgilarni to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirish va 
ulardagi belgilardan olingan geometrik jismlar (shakl, hajm, tomon, 
tomonlar o‘rtasidagi burchak)ni qiyosiy taqqoslashdan iborat bo‘ladi. 
Ba’zida koordinata to‘ri, fotosuratlar va bir xil masshtabli tasvirlardan 
foydalaniladi. 
Belgilarni qiyoslash usuli asosan dinamik izlarni qiyoslash uchun 
qo‘llaniladi. 
Bunda izlardagi trassalar (do‘ngcha va chuqurchalar)ning o‘rni va 
o‘zaro joylashishi, ko‘ndalang kesimining shakli qiyoslanadi. Ikki 
o‘lchamli tekislikda qiyoslashda «MSK-1» yoki uning mukammalroq 
analogi «MSK-3» yoki «Peleng MS-22» mikroskopidan foydalaniladi. 
Mazkur asbob  buzilgan izlar profili va sirtining yuzasi kichik bo‘lgan 
izlarni yuqori darajada aniq ko‘rish hamda 1:8000 gacha berilgan 
masshtab diapazonda mikrorelyef profilining obyektiv belgilarini ajratib 
ko‘rsatish imkonini beradi. 
Bir qator hollarda ekspertiza o‘tkazishda qoplash usuli amalga 
oshirilib, unda quyidagi usullar qo‘llanadi: 
a) tiniq tasvirlar (izlar, obyektlar)ni ustma-ust qo‘yish; 
b) tiniq tasvirlarni xira tasvirlar ustiga qo‘yish; 


 25 
v) ekranga proyeksiya qilinadigan tasvirlarni ustma-ust qo‘yish. 
Bunda bir xil belgilar, imkoni boricha bir-birining ustiga qoplanishi zarur. 
Ustma-ust qoplash natijalariga ko‘ra o‘xshash va farq qiluvchi jihatlar 
(shakl, o‘lcham, o‘rni) aniqlanadi. 
Darhaqiqat, olingan natijalarni  baholash eng murakkab va mas’u-
liyatli bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu tadqiqotchi tomonidan har bir 
identifikatsiya bosqichida muayyan  o‘xshashlik bo‘yicha falsafiy  talqin 
nuqtai nazaridan bir-biriga mos va farq qiluvchi belgilarni aniqlashi 
zarurligi shartidan kelib chiqadi. Biroq, obyektning tashqi ko‘rinishidagi 
belgilar va iz orasidagi o‘xshashlik va farqni tahlil qilishda uchrashi 
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida unutmaslik zarur. 
O‘zgarishlarni tahlil qilishda ularning surunkali (tizimli) va tasodifiy 
bo‘lishini nazarda tutish lozim. Surunkali o‘zgarishlar doimiy bo‘ladi va 
muayyan sharoitlarda vujudga kelib, ular bilan uzviy aloqadorlikda 
bo‘ladi.  Surunkali (tizimli) o‘zgarishlarga, masalan, daraxt kesilganda 
hosil bo‘lgan izlarning daraxt keyinchalik quriganida o‘zgarishi 
(buzilishi)ni misol qilish mumkin. 
Obyekt tashqi tuzilishini qiyosiy tadqiqot qilish jarayonida topilgan 
belgilari  ulardagi o‘xshash va farq qiluvchi belgilar nuqtai nazaridan 
o‘rganib chiqiladi. Bunda muayyan ketma-ketlikda quyidagi vazifalarni 
hal qilishga to‘g‘ri keladi: 
1. Belgilar bir-biriga o‘xshashmi yoki farq qiladimi? 
2. Identifikatsiya qilinuvchi obyektni alohidalashtirish imkonini 
beruvchi belgilar bir-biriga mos kelgan holda majmuani hosil qiladimi? 
3. Qiyoslash jarayonida topilgan farqlar nimasi bilan farqlanadi va ular 
qanday ahamiyatga ega? 
4. Topilgan farqlar o‘xshashlikni inkor etish uchun yetarlicha asos 
bo‘la oladimi? 
Kriminalistik diagnostika jinoyat sodir etish mexanizmi to‘g‘risida 
moddiy borliq obyektlarida qoldirilgan izlarni ilmiy tekshirish asosida 
tasavvur hosil qilish bilan bog‘liq jarayonni tashkil qiladi. Bu kabi 
trasologik ekspertiza masalalarini hal qilishda  jinoyat sodir etilishida 
ishlatilgan obyektlarga ta’sir qilish mexanizmi, tabiiy jarayonlarning 
akslanishini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Bu kabi diagnostik tahlil 
asosida jinoyat sodir etish jarayonida qanday harakatlar qay tarzda sodir 
etilganligi, ularning ketma-ketligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. 
Trasologiya bo‘yicha amalga oshiriladigan ekspert diagnostik 
tadqiqotlar sirasiga quyidagilar kiradi: 
1. Obyekt holati va  xossalarini tadqiq etish. 


 26 
1.1. Obyekt xossalarini uning ba’zi bir xususiyatlariga mos kelishi 
bo‘yicha tekshirish. Masalan, muayyan qulf qurilmasi uning 
ishonchliligini ta’minlaydimi va otmichka bilan buzish imkoniyatini inkor 
etadimi? 
1.2. Obyektning faktik holatini aniqlash, muayyan me’yorga mos 
kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash. Masalan, plomba qayta 
yopilganmi, qulf qayta sozlanganmi, uning qismlari bir-biriga mos 
keladimi? 
1.3. Obyektning birlamchi holatini aniqlash. Masalan, avtomobil 
kuzoviga tushirilgan va keyinchalik jinoyatchi tomonidan o‘zgartirilgan 
raqam avval qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? 
1.4. Obyekt xususiyati va holatlarini o‘zgartirish sabablari va 
shartlarini aniqlash. Masalan, qulfning ichki mexanizmlarida tartibsiz 
joylashgan tirnalishlarning yuzaga kelish sabablari qanday? Ular qulfni 
otmichka bilan ochishga urinish natijasida yuzaga kelmaganmi? 
2. Obyekt tasvirlari (akslanishi)ni tadqiq etish. 
2.1. Obyektning moddiy akslanishi, ya’ni izning mavjudligini 
aniqlash. Masalan, eshik sirtida buzish izlari mavjudmi? 
2.2. Identifikatsion masalalarni yechish maqsadida uning xususiyatlari 
akslangan obyekt to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyati. Masalan, poyafzal 
tagining izlari qay tarzda ifodalangan, iz identifikatsiya qilish uchun 
tayyormi? 
2.3. Obyekt akslanishi vaqtida uning tabiiy vaziyatini aniqlash (ya’ni, 
iz hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan iz kontakti). Masalan, jinoyat sodir 
etilgan joyda iz qoldirgan shaxs oyoq izlarining elementlari qanday? 
3. Harakat (hodisa) natijalarini tadqiq etish. 
3.1. Hodisa mexanizmlari va holatlari, uning natijalari to‘g‘risida fikr 
yuritish imkoniyatini aniqlash. Masalan, izlarga qaraganda, transport 
vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlangan, uning harakatlanish tartibi 
(to‘xtaganligi, burilganligi, orqaga yurganligi), to‘siq qaysi tomondan va 
qay tarzda buzilgan? 
3.2. Hodisaning alohida elementlari, bosqichlarini aniqlash. Masalan, 
hodisa sodir bo‘lgan joyda qoldirilgan qon izlariga ko‘ra, jabrlanuvchiga 
qanday ziyon yetkazilgan, tana qay tarzda bir joydan boshqa joyga 
ko‘chirilgan (ko‘tarib ko‘chirilganmi, sudralganmi), u qayerda yotgan? 
3.3. Hodisa mexanizmini uning dinamikasi bo‘yicha aniqlash. 
Masalan, transport vositalari qaysi tomonlari bilan urilgan, ular bir-biriga 
nisbatan qanday joylashgan va hokazo. 


 27 
3.4. Hodisaning vaqt bo‘yicha davomiyligi va xronologik ketma-
ketligini aniqlash. Masalan, hodisa sodir bo‘lgan joydagi izlar yomg‘ir 
yoqquniga qadar qoldirilganmi yoki undan keyinmi? Buzishda nima 
yuzaga kelgan: arralash izlarimi yoki kesish (chopish) izlarimi? 
3.5. Hodisa sodir bo‘lgan joyni aniqlash. Masalan, transport vositalari 
yo‘lning qaysi tomonida to‘qnashganlar? 
3.6. Hodisa sodir bo‘lishiga ko‘mak bergan holatlar. Masalan, buzish 
qurolini ishlatish va buzishda qo‘llangan qurollar nuqtai nazaridan 
jinoyatchi muayyan kasbiy va jinoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lganmi? 
4. Yuzaga kelgan harakatlar (hodisalar, dalillar) o‘rtasidagi 
aloqadorlikni tekshirish. 
4.1. Jinoyat sodir etilishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni 
aniqlash. Masalan, osma qulfga ilgaklar mahkamlanish ishonchliligi 
ta’minlaganmi, ilgaklar texnologik qoidalarni buzib qo‘yilganligi, ularning 
uzib olinishiga sabab bo‘lganmi? 
4.2. Yuzaga kelgan oqibatlarning sabablarini aniqlash. Masalan,  
ko‘zoynak gardishining sinishi ularga og‘ir jism bilan urish natijasida 
yuzaga kelganmi? 
4.3. Muayyan sharoitlarda dalil (fakt)ning mavjudligini aniqlash. 
Masalan, N. ning kiyim-kechagidagi qon izlari fuqaro V. ning jasadini 
avtomobil yukxonasiga yuklashga ko‘maklashish chog‘ida yuzaga 
kelganmi yoki V. ga bevosita jarohat yetkazish sababli paydo bo‘lganmi? 
Yuqorida keltirilgan ro‘yxat obyektlarni tekshirishda diagnostik 
vazifalarni hal qilish, ularning qay tarzda obyektlarda akslanishini aniqlash 
imkonini beradi. Diagnostika qilishda identifikatsiya jarayonidagi kabi iz 
belgilari va ularning axborot-ma’lumot tomoni tadqiqot obyekti bo‘lib 
hisoblanadi. Biroq izlarni o‘rganish (umumiy, xususiy, zaruriy va 
tasodifiy) obyektni identifikatsiya qilish maqsadida emas, aksincha, izlarni 
hosil bo‘lish mexanizmlarini batafsil o‘rganish maqsadida amalga 
oshiriladi. 
Trasologik vazifalarni diagnostik nuqtai nazardan hal qilish 
imkoniyatini hisobga olgan holda, professor G. L. Granovskiy tomonidan 
hodisa sodir bo‘lgan joyni vaziyatli tahlil qilish taklif qilingan. Mazkur 
tahlilning alohida tomonlaridan biri uning obyekti jinoyat sodir etilgan 
joyning izlar akslangan moddiy tomonidan iborat ekanligi bilan ajralib 
turadi. 
Jinoyat sodir bo‘lgan joyni tekshirish quyidagi tartibdagi oraliq 
vaziyatlar ketma-ketligini o‘z ichiga olishi zarur: a) bo‘lishi ham mumkin; 
b) bo‘lish ehtimoli bor; v) bo‘lishi mumkin emas. Bu kabi ketma-ketlik 


 28 
sodir etilgan jinoyat mexanizmini ochishga qaratilgan, ya’ni qanday ish-
harakat qanday ketma-ketlikda bajarilgan, qanday vositalar yordamida 
amalga oshirilgan, qanday maqsadlarda amalga oshirilgan? 
Bu kabi vazifalarni hal qilish uchun turli mutaxassis ekspertlarni jalb 
etish talab qilinadi, masalan, kriminalistlar (trasologlar, ballistlar), sud 
tibbiyoti mutaxassislari, avtotexnik ekspertlar va hokazo. 
Tadqiqot quyidagi chizma asosida amalga oshiriladi: hodisaning 
dastlabki umumiy tahlili, narsa-buyum holati (turdosh izlar guruhi)ni 
ajratib ko‘rish mumkin bo‘lgan hodisa sodir bo‘lgan joyning joylashishi: 
narsa-buyum vaziyatini ajratib olish imkoniyati (har xil turlarga mansub 
alohida izlar), izlarni alohida o‘rganish imkoniyati, iz tuzilishini umumiy 
o‘rganish, xulosalar chiqarish. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish