2. Trasologik ekspertizaning predmeti, obyekti va vazifalari
Hozirgi kunda trasologik ekspertiza predmetini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Trasologiya – kriminalistika fanining bo‘limi bo‘lib, iz hosil bo‘lishi
jarayonining nazariy asoslari, ularni qoldirgan obyektlarning tashqi
tuzilishi, izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari, izlarni topish, hisobga olish
va olib qo‘yish usullari va vositalari, shuningdek jinoyatlarni ochish,
tergov qilish va oldini olishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni
aniqlash maqsadida izlar tadqiqotining umumiy va xususiy usullarini o‘z
ichiga oladi.
Iz qoldiradigan obyektlarning turiga qarab, izlarning to‘rtta asosiy
guruhi ajratiladi:
9
1) odam izlari;
qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari;
transport vositalarining izlari;
hayvon izlari.
Shu bilan birga, mazkur guruhdagi izlar ham quyidagi tarkibiy
qismlarga bo‘linadi:
1. Odam izlari (gomeoskopiya):
Qo‘l izlari (papillyar naqshlar, daktiloskopiya).
Oyoq izlari – yalang oyoq izlari, paypoqli oyoq izlari, poyafzal izlari.
Tish izlari.
Tirnoq izlari.
Papillyar chiziqlarga ega bo‘lmagan tana a’zolari (lab, quloq, peshona,
burun qirralari va h.k.)ning izlari.
Kiyim-kechak, ko‘lqop izlari.
Qon izlari (ularning hosil bo‘lish shakllari va mexanizmlarini
kriminalistik tadqiq etish).
Qurol, asbob va ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari (mexa-
noskopiya):
Buzish qurollarining izlari.
Qulf va qulflash moslamalaridagi izlar.
Nazorat plombalari va yopuvchi-plombalovchi qurilmalardagi izlar.
Mahsulotlardagi ishlab chiqarish mexanizmlarining izlari.
3. Transport vositalarining izlari:
3.1. Relssiz transport vositalarining g‘ildirak izlari.
3. 2. Sudraluvchi zanjirsimon (g‘ildirak) izlari.
3. 3. Chang‘i va chana izlari.
3. 4. Transport vositalaridagi bo‘rtib turuvchi detallarining izlari.
4. Hayvon izlari:
4. 1. Hayvon oyoqlari (panja, taqa) izlari.
4. 2. Tamg‘a (belgi)ning ko‘rinishi.
Bundan tashqari, trasologik tadqiqot obyektlariga quyidagilar kiradi:
a) mexanik usul bilan ajratilgan turkum obyektlar yoki monolit obyekt
qismlari («qismlarga qarab butunni aniqlash». Ya’ni alohida qismlarning
bir-biriga yoki bir nechta qismlarning yagona butun bo‘lakka tegishliligini
aniqlash);
b) tugun, tamaki qoldiqlari, qo‘l choklari, ya’ni odamning ish
faoliyatini aks ettiruvchi buyumlar (funksional-dinamik komplekslar –
FDK);
10
v) qulflar, mexanizmlar va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarining
xususiyatlari va holatini aniqlashda izlarning yuqorida keltirilgan
tasniflanishi shartli hisoblansa-da, biroq u trasologik ekspertizalarning
alohida turlari va kenja turlarini shakllantirishda asos sifatida qabul
qilingan.
Shu bilan birga, ekspertiza turlari va kenja turlari doirasida bir emas,
bir nechta obyektlar o‘rganilishi mumkin. Masalan, oyoq izlarini
ekspertiza qilish poyafzal tagcharmini aks ettiruvchi izlar hamda iz
qoldirgan shaxsga tegishli funksional-dinamik xususiyatlarni o‘z ichiga
oladi (masalan, qadam kengligi, uzunligi, qadam tashlash burchagi,
tovonning burilish burchagi). Mashina chiroq va yoritgichlari (fara)ning
siniqlarini ekspert tekshiruvini o‘tkazish zich-qolip shakliga tegishli izlarni
o‘rganish, fara yoritgichni yasashda yuzaga kelgan nuqsonlar va bo‘linish
maydonidagi izlarini tekshirish (butunni bo‘laklariga qarab aniqlash)
kabilardan iborat. Shunday qilib, iz hosil bo‘lishining murakkabligini
hisobga olgan holda, trasologik tadqiqot o‘tkazishda ba’zi hollarda turli xil
tasniflanuvchi guruhga tegishli (aniqrog‘i, ularning belgilari va turkum
belgilarni o‘z ichiga oluvchi)izlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Chunonchi, sodir etilgan jinoyat hamda uni amalga oshirish uchun
qo‘llangan narsa va buyumlar to‘g‘risida fikr yuritishda tergovchi, ekspert
va sud xodimlari mazkur jinoyat sodir etishdagi fizik jarayonlarning
atrofdagi moddiy muhitda akslanishini hisobga olishlari zarur. Sodir
bo‘lgan hodisa to‘g‘risida fikr yuritishga akslanish nazariyasi yordam
berishi mumkin, zero, atrof-muhitdagi narsa-buyumlar uning izlarini aks
ettirishi mumkin. Mazkur nazariyaga binoan, jinoyat hodisasi hamda
obyektiv voqelikning boshqa hodisasi umuman olganda akslantiruvchi
tizim sifatida qabul qilinadi. Mazkur tizim murakkab bo‘lib, u o‘zida
turlicha, ba’zida yirik elementlarni qamrab olishi mumkin. Bunday
elementlarga quyidagilar kiradi: hodisa sodir etgan shaxs(lar) qiyofasi,
jinoyat sodir etishda foydalanilgan obyektlar, ularning xususiyatlari va
belgilari, sodir etilgan jinoyatdagi fizik jarayonlarni aks ettiruvchi
belgilar, yuqorida qayd etib o‘tilgan jihatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik
va hokazo.
Odamni identifikatsiya qilishning trasologik masalalarini hal qilishda
uning qo‘li, oyog‘i, ba’zi hollarda tishi va labining izlari misol qilib
olinishi mumkin. Bunda subyekt sifatida jinoyat sodir etilgan joyda (atrof-
muhit, uy sharoiti, uy jihozlari, idish-tovoqlar, ovqat qoldiqlarida) o‘z
izlarini qoldirgan jinoyatchi va jinoyatda jabrlanuvchi sifatida tan olingan
11
shaxs olinishi mumkin. Masalan, o‘lgan odamni uning muqaddam yashash
va ishlash joyida topilgan izlar orqali aniqlash va hokazo.
Izlar orqali aynanlashtirish ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi bosqichda – iz qoldirgan obyektning muayyan guruhga tegishliligi
va turi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlardan buyumni izlash maqsadida
foydalaniladi. Tekshirilayotgan bir yoki bir nechta buyum olib
qo‘yilganidan so‘ng, ularning birida individual aynanlashtirish amalga
oshiriladi.
Bunda tezkor axborotni olish diagnostik trasologik vazifalarni hal
qilish bilan bog‘liq bo‘lib, uning davomida qanday, qay tarzda va qaysi
sharoitda obyektlar bir-birlari bilan aloqaga kirishganligi aniqlanadi: to‘siq
(eshik, oyna) qaysi tomon (ichkaridan yoki tashqari)dan buzilgan;
transport vositasi qaysi yo‘nalishda harakatlangan, qulf qaysi usulda
buzilgan, u birlamchi qisilganda plomba (tamg‘a)si buzilganmi kabi
savollarga javob olinadi.
Diagnostik trasologik tadqiqotlar hodisa-hodisa va uning oqibati
orasidagi sababiy bog‘liqlikni aniqlash, mazkur sharoitda hosil bo‘lgan iz
turkumlarini tahlil qilish va ular asosida yuz bergan hodisa-hodisa
tafsilotini bilish imkoniyatini beradi. Masalan, transport vositasining
yo‘nalishi va harakatlanish tartibi (tormozlanish, to‘xtash), transport
vositalarining to‘qnashuvi qayerda yuz bergan (yo‘lning qaysi chizig‘ida),
ular qaysi tomon va qanday burchak ostida urilganlar, avtomobildan biri
qaysi tomonga uloqtirib yuborilgan, transport vositasi ag‘darilganmi,
mashinani kim boshqargan va hokazo.
Odatda identifikatsion va diagnostik masalalar umumiy asosda hal
qilinadi. Chunki, obyekt izlarini ularning hosil bo‘lish mexanizmlari
yordamida aniqlash muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazkur
masalalarni hal qilish jinoyat qurollarini aniqlash, jinoyat subyekti (uning
jismoniy alomatlari, kiyim-kechagi va ko‘nikmalari), jinoyat sodir etish
usullari, jinoiy suiqasd to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish
imkonini beradi. Bunda olingan natijalar izlarning trasologik ekspertizasini
o‘tkazish bosqichlari va shakli nuqtai nazaridan turlicha ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Basharti, bunday tadqiqot hodisa sodir bo‘lgan joyda tergovchi
tomonidan mustaqil ravishda yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshirilsa,
olingan natijalar asosan qidiruv maqsadlarida qo‘llaniladi. Xulosalar
dastlabki protsessual mazmunga ega bo‘lib, tintuv, ushlab turish va so‘roq
qilishda qo‘llaniladi.
12
Ko‘zdan kechirish bayonnomasida izlarning joylashishi, ulardagi
umumiy va xususiy alomatlar aytib o‘tiladi.
Izlarni trasologik tekshirish laboratoriya sharoitida ekspert shaxs
tomonidan tezkor xodimning topshirig‘iga ko‘ra muayyan obyekt
tomonidan qoldirilgan izlarni yashirin tarzda tekshirish bilan bog‘liq
tezkor maqsadlarda amalga oshiriladi. Bunday sharoitda olingan natijalar,
o‘tkazilgan tadqiqot haqidagi ma’lumot ko‘rinishida qayd etilib, tezkor
ahamiyatga egaligi hamda ushbu ma’lumotni olish manbai sir tutilishi
kerakligi bois, jinoyat ishi materiallariga qo‘shilmaydi.
Jinoyat protsessida trasologik bilimlarni qo‘llashning asosiy
shakllaridan biri ekspertiza hisoblanadi. Ekspert tadqiqoti davomida
olingan dalillar sodir etilgan jinoyatni isbotlash ahamiyatiga ega
bo‘lganligi bois, tergov va sudda foydalanilishi mumkin. Bunda jinoyat
sodir etilgan joyda topilgan izlar va jinoyat sodir etgan shaxs orasidagi
o‘zaro aloqadorlikni aniqlash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Trasologik ekspertiza identifikatsion (aynanlashtirish) yoki diagnostik
vazifalarni hal qilish-qilmasligidan qat’i nazar, muqaddam yuz bergan
fizik jarayon: jinoyat sodir etish obyektining buyum sirti bilan ta’sirga
kirishi oqibatida qolgan izlar, qulf yaxlitligining buzilishi, transport
vositalarining to‘qnashuvi kabilarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Ekspert
tomonidan aniqlangan dalillardan foydalanish isbotlash mohiyatini tashkil
etib, uning jarayonida muayyan shaxsning jinoiy harakatlari va qoldirilgan
izlar orasidagi sababiy bog‘lanish aniqlanadi. Masalan, muayyan poyafzal
aniq bir shaxsga tegishliligi va boshqa hech kim tomonidan kiyilmaganligi
isbotlanganidan so‘ng, ekspert tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joyda
topilgan izlarni identifikatsiya qilish orqali mazkur shaxsning jinoyat sodir
etishga daxldor ekanligi isbotlanadi. Trasologik ekspertiza orqali jinoyat
sodir etilishiga aloqador dalillar ham topiladi, masalan, tamg‘ani yuzaki
qo‘yish, eshikka ichki qurilmasi yetarlicha mustahkam bo‘lmagan qulfni
osish va hokazo. Jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan holatlar
aniqlanganidan so‘ng, ekspert tadqiqoti asosida ularni kelajakda bartaraf
etish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |