A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 «Trasologik ekspertiza» tushunchasi va turlari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
1. «Trasologik ekspertiza» tushunchasi va turlari 
 
Trasologiya – kriminalistikaning alohida bo‘limi bo‘lib, uning vujudga 
kelishi ko‘chmanchilar, ovchilar, izquvarlar tomonidan izlarni o‘qish 
san’atiga borib taqaladi. Jinoyatlarni ochishda izlar va ulardan foydalanish 
to‘g‘risidagi manbalar qadimgi dunyo va keyingi davrlarning hujjatlarida 
ilk marotaba eslatib o‘tiladi. Bular Manuning qadimgi hind qonunlari (er. 
avv. II asrdan va eramizning II asrigacha), Salik haqiqati (V–VI asrlar), 
Polsha haqiqati (XIII asr) va boshqalar. Rus haqiqatida ham o‘g‘rini izidan 


 

qidirib topish, jinoyat sodir etilgan joydagi qon izlarining ahamiyati 
to‘g‘risida turkum maqolalar berib borilgan. 
Tergov va sud amaliyotida ilk bora qo‘llangan izlar oyoq va qon izlari 
bo‘lganligini  e’tirof etish uchun barcha asoslar mavjud. Shu bilan birga, 
qadim zamonlardan boshlab, qo‘l barmoqlarining izlari hamda tish izlariga 
dalil sifatida katta ahamiyat berilgan. Bularning hammasi keyinchalik 
jinoyatlarni ochishda izlardan foydalanish imkoniyatini yuzaga keltirdi. 
Izlarni topish, rasmiylashtirish va olib qo‘yish usullari ishlab chiqildi. 
Trasologiyaning nazariyasiga asos solindi, ya’ni izlar, iz hosil bo‘lishi, iz 
belgilari to‘g‘risidagi ta’limotlar bora-bora rivojlana boshlanganligi bois, 
trasologik ekspertizalarni tasniflash amalga oshirila boshladi. 
Trasologiyaning rivojlanishiga rossiyalik kriminalist olimlar katta hissa 
qo‘shganlar.  Biroq trasologiyaning vujudga kelish vaqtidan boshlab 
o‘tgan jarayon mobaynida uning nazariy asoslari yetarlicha 
rivojlantirilmadi. 
Binobarin, trasologiyaning bu kabi amaliy yo‘nalishi undagi kuchli 
taraflardan biri bo‘lishiga qaramay, muayyan bosqichdagi nazariy asoslari 
unchalik o‘rganilmadi. Izlarni olishning samarali vositalari  ishlab chiqildi. 
Biroq ularning shakllanish qonuniyatlari hammaga ham ma’lum emas edi, 
ekspertlar identifikatsiyalovchi (aynanlashtiriluvchi) belgilarni o‘rganish 
maqsadida ularni soddalashtirishni uddasidan chiqsalar-da, biroq hanuz iz 
belgilarini aynanlashtirishning aniq tizimini topmagan edilar. Xususan, 
amaliyotda iz belgilariga baho berishning induktiv usullari tez rivojlana 
boshlashi va samarali ravishda o‘zgarib borishiga qaramay, belgilarning 
buzilish qonuniyatlari, ularga baho berishning miqdoriy va obyektiv 
usullari to‘g‘risida hech nima ma’lum emas edi. 
Trasologiyada yuzaga kelgan bu kabi holat uning boshlang‘ich 
bosqichi uchun xosdir. Kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida 
trasologiya o‘tgan asrning 30–40-yillarida ilk bor shakllana boshladi. 
Trasologiyaga taalluqli dastlabki manbalardan biri I. S. Semenovskiyning 
«Daktiloskopiya izlarni hisobga olish sifatida» (M., 1923-y.) deb 
nomlangan risolasi hisoblanadi. Kriminalistikaga doir ilk sovet 
darsliklarida (1935-y., 1938-y.) trasologiyaning ba’zi umumiy masalalari 
ko‘tarilgan edi. I. N. Yakimov 1938-yilda nashr ettirgan darsligida ilk bor 
bu bo‘limga ta’rif berib, uni «trasologiya» deb atashni tavsiya qildi. Shu 
vaqtdan boshlab «trasologiya» atamasi keyingi yillarda chop ettirilgan 
barcha darsliklarda qo‘llanila boshladi. 
1947-yilda B. I. Shevchenkoning asari nashr ettirilib, trasologiya 
kriminalistikaning mustaqil bo‘limi sifatida uzil-kesil e’tirof etildi. 


 

Trasologiyaning kriminalistik bilimlarning mustaqil sohasi sifatida tan 
olinishi nafaqat unga nazariy nuqtai nazardan nihoyasiga yetganligini 
bildirardi, aksincha, trasologiyaning ko‘pgina muammolari (izlarni talqin 
etish, trasologik ekspertiza chegaralari va hajmini belgilash, izlarni 
tasniflash va hokazo) bo‘yicha bahs-munozaralarning boshlanayotganligini 
anglatar edi. 
Kriminalistikada matematik usullar ilk bora qo‘llana boshladi. 
Matematik usullardan asosan daktiloskopiyada ko‘proq foydalanilgan. 
Xususan, bundan keyingi tadqiqotlar daktiloskopiyada matematik usullarni  
qo‘llashda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va buning asosida 
boshqa turdagi trasologik ekspertizalarga tegishli tarzda miqdoriy 
ko‘rsatkichlarni aniqlash, xususan eksperimental trasologik tadqiqotlarda 
matematik statistika usullarini qo‘llash imkonini berdi. Trasologiyaning 
rivojlanishida mikroskopiya va mikrosuratga tushirish, rentgenografiya, 
infraqizil va ultrabinafsha rang nurlarda tekshirish kabi fizikaviy usullarni 
qo‘llash kabilar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iz qoldirgan obyektdagi 
eng mayda relyef bo‘laklarni aniqlash va o‘rganish mikroskopik texnikasiz 
umuman erishib bo‘lmaydigan vazifa hisoblanardi. Spektrning ko‘rinmas 
sohasidagi infraqizil va  ultrabinafsha rang nurlar ko‘z ilg‘amaydigan 
izlarni aniqlash va qayd etish uchun qo‘llansa, rentgen nurlari qulflar va 
boshqa buyumlarning ichki qurilishini o‘rganish imkonini berdi. 
Trasologiyaning rivojlanishida ilmiy nuqtai nazardan fotosuratga 
tushirish, xususan sud ekspertizasida sud fotografiyasi qoidalari asosida 
fotosuratga olish keng rivojlangan. Chunonchi, bu kabi faoliyat 
tekshirilayotgan obyektlarning umumiy ko‘rinishlarini aniqlash, detal 
relyefini tekshirish va o‘rganish kabi barcha trasologik ekspertizalarni 
amalga oshirishda qo‘llanadi. 
Hozirgi kunda an’anaviy qora-oq fotosuratga olish o‘rniga raqamli 
hamda rangli fotosuratga olish, izlar tasvirini kompyuterda qayta ishlash 
va yuqori darajada tiniqlashtirish kabilar amalga oshirilmoqda. 
Trasologiya fani doirasida izlarni va boshqa obyektlar tasvirlarini 
modellashtirish usullarini qo‘llash, izlarni o‘lchash va taqqoslash borasida 
salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Oxirgi o‘n yillar ichida amalga 
oshirilayotgan ekspertizalar turlari to‘g‘risidagi bilimlarning ko‘payib 
borishi bilan birga trasologiya fanini ilmiy-nazariy muvofiqlashtirish 
jarayoni davom etmoqda. Trasologiyaga kiritilgan ilmiy-nazariy 
yangiliklar qatoriga kiyim-kechakdagi mexanik buzilish izlarini tekshirish, 
butunni qismlarga qarab aniqlash, qon, ovoz fonogrammasi, tugunlar, qo‘l 


 

choklarini trasologik nuqtai nazardan tadqiq etish usullari va boshqalarni 
misol qilib keltirish mumkin. 
Trasologiya kriminalistikaning mustaqil bo‘limi bo‘lib, boshqa turdagi 
kriminalistik ekspertizalar uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Trasologiyaga tegishli ma’lumotlar, izlar va iz hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi 
trasologik bilimlar hujjatshunoslik ekspertizasida muhr, shtamp bosma 
nusxalar, yozuv mashinkasida yozilgan hujjatlar, poligrafik mahsulotlarni 
tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Trasologiya qoidalari asosida sud-ballistik ekspertizasida o‘q va gilza 
izlarini tekshirish orqali o‘q-otar qurollarni aynanlashtirish amalga 
oshiriladi. 
Sud tibbiyotida inson tanasi va suyaklarida sodir bo‘lgan fojia izlarini 
trasologik tadqiq etish tizimi mavjud. Masalan, sud tibbiyotida trasologiya 
usul va vositalarini qo‘llash sud tibbiyoti trasologiyasini alohida bo‘limga 
ajratish imkonini beradi. 
Hozirgi kunda trasologiya sohasiga tegishli ilmiy-texnik yutuqlarni 
o‘rganish va amaliy faoliyatga tatbiq etish ishlari jadallashtirilmoqda. 
Kelajakda trasologiyaning yangi yutuqlari safiga kiritilishi mumkin 
bo‘lgan eng ilg‘or usullarga elektron mikroskopiya, tasvirlarni kompyuter 
texnologiyalari orqali aniqlash, iz belgilarini ehtimolli-statistik nuqtai 
nazardan baholash, avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimi asosida 
ekspertlar ishini to‘liq avtomatlashtirish, ekspertning ish joyini 
avtomatlashtirishda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va nihoyat, 
obyekt izlarini sur’atga olish va ishlov berishda kompyuter dasturlaridan 
foydalanish kabilar kiradi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish