A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Kriminogen vaziyat – mazmuni bo‘yicha jinoiy niyatning, jinoyat 
sodir qilish maqsadining shakllanishiga ijobiy ta’sir qiluvchi, jinoiy 
natijaga erishish uchun qulay hisoblangan, ya’ni jinoyat sodir etishga 
ko‘maklashuvchi vaziyat. Har qanday kriminogen vaziyat o‘z holicha 
mustaqil tarzda shaxsning jinoyat sodir etishiga olib kelmaydi.  
Jinoyat sodir etish vaqtida kriminogen vaziyat shaxsning muhit bilan 
aloqasining alohida darajasi hisoblanadi. Bu aloqada salbiy xususiyatlarga 
ega bo‘lgan shaxsdagi jinoyat sodir etish moyilligi kriminogen vaziyat 
ta’sirida muayyan xatti-harakatga aylanadi. 
Kriminogen vaziyatlar  mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi:  
1) shaxs o‘z maqsadlari yo‘lida qiyinchilik va to‘siqlarga duch 
kelgandagi vaziyat; 
2) aybdor bilan boshqa shaxslar yoki davlat va jamiyat manfaatlari, 
qarashlarining qarama-qarshiligi oqibatida vujudga kelgan vaziyat. 
Shuni ta’kidlash lozimki, kriminogen vaziyatlar shaxsni turli salbiy-
ijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga undaydi, undagi muayyan jinoiy 
tajovuzning motivini shakllantiradi, uning xarakteri, maqsadini belgilaydi 
va jinoyat sodir etishda subyektiv omilning muayyan jinoiy xatti-
harakatda namoyon bo‘lishiga ko‘maklashuvchi sharoit rolini bajaradi. 
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, kriminogen vaziyatlar turli xil 
qarashlarga ega bo‘lgan shaxslarga turlicha ta’sir qiladi. Ya’ni, jamiyatga 
zid qarashga ega bo‘lgan shaxslarga jinoiy xatti-harakatlar sodir etishiga 
yordamlashadi, har tomonlama barkamol, ijobiy xususiyatlarga ega 
bo‘lgan shaxslar esa bunday vaziyatlarda umuminsoniy va huquqiy 
normalarga muvofiq harakat qiladilar. 


 199 
Profilaktika xizmatlari tomonidan kriminogen vaziyatni umumiy 
tahlil qilish faoliyatining mohiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin: 
kriminogen vaziyat, uni tahlil etish; kriminogen vaziyatni tashkil etuvchi 
omillar; kriminogen axborotlarni o‘rganish; huquq-tartibot holatini aks 
ettiruvchi axborotlarni o‘rganish va ularning maqsadi; huquqbuzarliklarni 
tahlil qilish; huquqbuzarliklar dinamikasini tahlil qilish; huquqbuzar 
shaxsini tahlil qilish va hokazo. 
Kriminogen vaziyatni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor qaratish 
zarur: 
•  hududni tavsiflovchi ma’lumotlar (maydoni va uning o‘ziga 
xosligi); 
•  
hududda istiqomat qiluvchi aholini tavsiflovchi ma’lumotlar 
(qariyalar, yetuk yoshdagilar va voyaga yetmaganlar soni); 
•  hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tavsiflovchi ma’lumotlar (ish 
bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish, korxona, tashkilotlarning mav-
judligi); 
•  huquqbuzarliklarni tavsiflovchi ma’lumotlar; 
•  huquqbuzarlik sodir etgan va unga moyil shaxslarni tavsiflovchi 
ma’lumotlar; 
•  hududdagi jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, 
xuquqbuzarliklarning oldini olish faoliyati subyektlarini tavsiflovchi 
ma’lumotlar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar bo‘yicha ma’lumot to‘plash, ularni 
tahlil etish va ular asosida tegishli profilaktik chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish hamda uni amalga oshirish kerak bo‘ladi. 
Profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlar o‘zlariga  birik-
tirilgan hududdagi kriminogen vaziyatni aniqlashda quyidagi  ma’lumot-
lardan foydalanadilar: 
– mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi aholining soni va ishsizlar 
haqidagi ma’lumotlardan; 
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi aholining ijti-
moiy-iqtisodiy ahvoli, kam ta’minlangan, janjalkash va noqobil oilalar 
haqidagi, shuningdek, voyaga yetmaganlar borasidagi ma’lumotlardan; 
– mahalla posbonlari jamoat tuzilmalaridagi pasport tizimi qoida-
larini buzayotgan hamda uyidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar
shuningdek giyohvandlikka moyillar, diniy ekstremistik oqimga a’zo 
bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlardan; 
– diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy masalalar bo‘yicha 
maslahatchilarda to‘plangan hududdagi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy 


 200 
ahvoli, ular orasidagi ishsizlik, diniy ekstremistik oqimlarga a’zo 
bo‘lganlar, shuningdek jinoyat sodir etishga moyillar, giyohvandlar va 
farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydiganlar, fohisha, qo‘shmachi, 
axloqan buzuq ayollar haqidagi ma’lumotlardan. 
Ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlarining kriminogen vaziyat-
ni o‘rganish, tahlil qilish va baholash bilan bog‘liq faoliyatini 
takomillashtirish butun faoliyat davomida rejalashtirilgan asosda olib 
boriladigan tadbirlar majmuidan  iborat bo‘lib, aytish mumkinki, u ichki 
ishlar organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlari takomillashuviga 
chambarchas bog‘liqdir. Bu takomillashuv hamkorlikdagi faoliyatga ham 
taalluqlidir. Bunda hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya oladigan, kasbiy 
mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va rahbarlarning roli kattadir. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, kriminogen 
vaziyatni tahlil qilish va unga binoan kelgusidagi profilaktik ishlarni 
rejalashtirish yaxshi samara beradi. Shuning uchun har bir reja hududning 
holati, tuzilishi, sodir etilgan jinoyatlar soni, jinoyatchilarning soni, aholi 
gavjum joylar yoki ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan hamda fuqarolar 
ko‘p to‘planadigan joylarni alohida nazarda tutgan holda puxta ishlab 
chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish