14
shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo‘l
qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual
xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa
narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart.
Psixologik
qonuniyatlar umumiy va juz’iy bo‘lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar
hamma shaxslarga yoki ko‘pchilikka aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan,
hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‘zg‘atuvchining
kuchiga nisbatan (o‘rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida
o‘sib boradi.
Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi
shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o‘smirlarda abstrakt fikrlash-
ning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‘smirlarga
xos bo‘lgan juz’iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‘ylab
tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan
tekshirishlar orqali
aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pgina
psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni
muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba’zi asosiy bosqichlarga ham
bo‘lish mumkin.
1.
Masalaning qo‘yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi,
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari
ham nazariy va
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu
masala fanda qanchalik o‘rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga
oid adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi.
2.
Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik
kuzatishlar turli
metodlar (bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib
boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni tanlashga
bog‘liq bo‘ladi.
3.
Aniq ma’lumotlarni to‘plash. Ma’lumotlar, I. P. Pavlov ta’biri
bilan aytganda, olim uchun go‘yo havodek zarur narsadir. To‘plangan
ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy
ma’lumotlarga bo‘lgan asosiy talab – ularning to‘liq va izchil bo‘lishidir.
To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab
berishi kerak.
4.
Aniq ma’lumotlarni ishlash. To‘plangan ma’lumotlarni matematik
va mantiqiy jihatdan
ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va
ularni tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‘plangan
materiallarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va
15
boshqalar aniqlanadi, songa oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi,
grafik, diagramma ko‘rinishlarida aks ettiriladi.
Murakkab mutanosib-
likdagi ma’lumotlarni aniqlashda esa variatsion statistika metodlari
qo‘llanadi.
5.
Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va
mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning
mohiyatini chuqur tushunish, ularning o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish
kerak bo‘ladi,
binobarin, bitta ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish
mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xususiyatga ega
bo‘lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: