29
Bunga o‘xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-
bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi
ko‘rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga
binoan, shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi,
ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan
o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra, inson biologik tur sifatida tug‘ilib,
hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri
ostida shaxsga
aylanadi.
Kognitivistik yo‘nalish. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari
qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan
bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z
ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik
(tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan iborat bo‘lib,
intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni
ajratadi:
1) sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7
yoshgacha);
3) muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha);
4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini
kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo‘nalishning
namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon,
G. Grimm va boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga
Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubin-
shteyn, A. N. Leontyev, B. G. Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar
o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
A. G. Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham
obyekti, ham subyekti. A.
N.
Leontyevning tushuntirishicha, shaxs
faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini anglovchi,
ishga
layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo
mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteynning
30
ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-
sharoitlar mahsulidir.
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik ta’rifi
sifatida qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot olamidan
ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida
munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol
o‘zgartiruvchi subyektga aylanadi». Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar
shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif
berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish
mumkin.
«Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro muno-
sabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza
oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar
va psixolog olimlarning
fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish
bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1) jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir
individ shaxsdir;
2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab
individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar
shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-
avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;
3) odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
4) shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda
o‘rganish mumkin.
Ushbu xulosalardan ichki ishlar idoralari
faoliyatida amalda
foydalaniladigan bo‘linsa, shaxs muammosini o‘rganishning ikki tenden-
siyasi (tendensiya lotincha so‘z bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr»,
«mayl», «tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birligini kuzatish
mumkin.
Birinchi tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlarini jamiyatda
mavjud shaxs sifatida tan olib, uning shaxsiy individual psixologik
xususiyatlarini o‘rganish, ya’ni uni psixologik jihatdan tavsiflash,
tasniflashdir. Buni xodimning yuridik mehnati psixologiyasi nuqtai
nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni yuridik mehnat huquqni qo‘llash
faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va huquqshunoslikka
oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, huquqiy usul va mahoratni,
mutaxassislik ko‘nikmalari va malakalarini, kadrlarni
tanlash va joy-
31
joyiga qo‘yishni, huquqni muhofaza qilish faoliyati shakllari va
boshqaruvini, mutaxassislik yo‘nalishini, mutaxassislikka tanlovni;
huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari shaxsini shakllantirish va
ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformasiyasi (buzilishi) va
uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etishini va boshqa
masalalar bo‘ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Ikkinchi tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliya-
tining obyekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har
tomonlama o‘rganish. Bu tendensiya
jinoyatchi shaxs, aybdor,
jabrlanuvchi, guvoh va hokazolarning ichki ruhiy holatlarini tadqiq qilish
ishlarini o‘z ichiga oladi. Bu tendensiyaning yechimi ichki ishlar idoralari
xodimlari zimmasiga yanada murakkabroq bo‘lgan vazifalarni yuklaydi
1
.
Bu ikki tendensiya ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida shaxs
muammosini psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida shaxs muammosini
o‘rganishning bu ikki tendensiyasi rasman ikki xilda ko‘rinsa ham uning
yechimi bir nuqtaga, ya’ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan
shaxslarning psixologiyasini o‘rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’min-
lashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendensiya uchun ham ustuvor vazifa
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: