A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyat ma’lum bir 
amaliyot sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‘roq 
qilish psixologiyasini o‘rganishdan to‘plangan tajriba keyingi tergov 
jarayoni uchun kerak bo‘ladi. Ko‘pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida 
hamisha shaxsiy hamda boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. 
Lekin, shunday bo‘lsa  ham, har holda bunday umumlashtirishlar ilmiy 
jihatdan yetarli asoslangan bo‘lmaydi, boshqacha qilib aytganda muhim 
aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.  
Kasbiy psixologiya fani o‘rganishi kerak bo‘lgan qonuniyatlarni 
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 
1) ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsi va ish faoliyati bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan psixik qonuniyatlar; 
2) jinoyatchi shaxsining psixikasini o‘rganishga qaratilgan psixologik 
qonuniyatlar; 
3) ichki ishlar idoralariga har xil sabablar bilan murojaat qiladigan 
fuqarolarning psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonu-
niyatlar. Hozirgi kunda o‘zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida 
ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 
Kasbiy psixologiyaning o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday 
usulda o‘tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya 
qilishni talab etadi. Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan 
obyektiv (moddiy) asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida 
faoliyatning yetakchilik roli, psixik hodisalarning o‘ziga xos bog‘liqligi 
prinsipi, psixologik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi, nazariya 
bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi. 
Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi 
psixika moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay 
olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning 
ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:  


 16 
– og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy 
hisobot ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisoblanadi. 
Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari
bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin; 
– shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‘z 
qo‘llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar
rasmlar va boshqalar aniqroq ma’lumot beradi; 
– psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu 
ko‘z qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va 
qon aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va 
hokazo. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning 
tashqi namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon 
bo‘lishiga qarab ham o‘zgaradi. Agar tergovchi yoki aybdor masalan, so‘z 
yozishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ushbu faktni aniqlash (bir harf o‘rniga 
boshqa harf yozilgan)dan avval xatoning sabablarini bilish lozim.  
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish vositali 
bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani 
o‘rganishning asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspensiya) 
metodidan foydalanib kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his 
qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay 
tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o‘z-o‘zini 
kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini 
bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. 
Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o‘rin tutishi prinsipi 
inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib 
topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy 
faoliyatidan ayri holda o‘rganish mumkin emas. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish