Utilitar effekt odamlar olingan ma’lumotlardan o‘z hayotiy muam-
molarini hal qilish uchun foydalanishlarida namoyon bo‘ladi. Bu rasmiy
axborot tarqatilgan, ammo mish-mishlar ham muayyan, lekin o‘ziga xos
ahamiyatga ega bo‘ladigan holatlarda eng yorqin ko‘zga tashlanadi.
Masalan, Ikkinchi jahon urushi davomida ingliz razvedkasi Gitler
Germaniyasining harbiy zavodlari ishini izdan chiqarish uchun portlovchi
moddalar ishlab chiqarilayotgan shaharda sartaroshxonada sochi
quritilayotgan zavod xodimalaridan birining boshi portlab uzilib ketgani,
bu go‘yoki atmosferada porox changi haddan tashqari ko‘pligidan aholi-
ning sochlariga ilashib qolayotgani va sirli portlashning imkoniyatdagi
xavfi yuzaga kelishi sababli kelib chiqqani haqida mish-mish tarqatdi.
Inglizlarning aytishicha, bunday mish-mish ta’sirida ko‘pchilik zavod
xodimalari shahardan qochib ketganlar va oqibatda qo‘yilgan maqsadga
erishilgan.
Obro‘ samarasi axborot insonning yoki shaxs o‘zini mansub deb
hisoblayotgan guruhning obro‘sini oshirishidan qoniqish hosil qilishida
namoyon bo‘ladi. Bu hodisa odamlar ichki jihatdan qabul qilgan maqsad
va qadriyatlarni tasdiqlovchi axborot (jumladan mish-mishlar)ni jon deb
qabul qilishi va oson o‘zlashtirishiga asoslanadi. Bizni qiziqtirayotgan
muammo nuqtai nazaridan, masalan, axloqiy jihatdan yetuk bo‘lmagan
xodimlari uning shuhratparastligini xushomad bilan ko‘klarga ko‘tara-
digan, o‘ziga bino qo‘ygan boshliqning xatti-harakatida yorqin namoyon
bo‘ladi.
Mish-mishlar taraflardan biriga boshqasiga qarshi qo‘shimcha dalillar
bergan hollarda pozitsiya (mavqe)ni kuchaytirishi effektini yuzaga
keltiradi. Bu kabi misollar mamlakatga qarshi olib borilayotgan psixolo-
gik urushlarda xohlagancha topiladi.
1
Qarang: Социальная психология: Краткий очерк / Под общ. рад. Г. П.
Предвечного и Ю. А. Шерковина. – М., 1995. – С. 192–196.
117
Pozitsiyalarning kuchaytirishga mo‘ljallangan mish-mishlar ba’zan,
afsuski, bizning mehnat jamoalarimizda ham yuzaga keladi. Masalan,
axloqan buzuq insonning hamkasblariga nisbatan shaxsiy adovati ba’zan
halol odamlarning yaxshi nomiga dog‘ tushirishiga olib keladi. Turli idora
va tashkilotlarga kelib tushayotgan anonim xatlar tahlili ana shundan
dalolat beradi. Epistolyar janrning bu turi ko‘pincha o‘ziga yoqmagan
odamlarning mavqeini boshqalarning qo‘li bilan susaytirish, oqibatida o‘z
mavqeini mustahkamlash maqsadiga ega bo‘lgan mualliflarning eshitgan
va o‘ylab topgan mish-mishlaridan iborat bo‘ladi.
Mish-mishlar darajasida bilishga bo‘lgan qiziqishlarni qanoatlan-
tirish effekti haddan tashqari qiziquvchan odamlarga xosdir. Bu yerda
ham qanoatlanish, albatta, xom-xayol, qiziqishlarning o‘zi ham arzimas
va axloqiy jihatdan umidsizdir. Shunga qaramay, bu jamoani qo‘zg‘a-
tuvchi mish-mishlar yuzaga kelishi va tarqalishining psixologik sababla-
ridan biri hisoblanadi.
Bu hodisaning boshqa tomoni ham mavjud. Agar, masalan, shaharda
kunduzi odamlar mavzelardan biri uzra ko‘tarilayotgan quyuq tutunni
ko‘rgan bo‘lsalar, nima bo‘lganini bilishga intilishning yuzaga kelishi
tabiiydir. Agar odamlarning qiziqishi vakolatli organlarning rasmiy
axboroti bilan qanoatlantirilmasa, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish
gaplar yuzaga kelishi muqarrar. Binobarin, odamlarda tushunmaslikdan
berilgan savol yuzaga kelsa, bunday savol qanchalik nozik va achchiq
bo‘lmasin, undan qo‘l siltab ketish mumkin emas. Xodimlar jamoalarida
ham bunday zarurat yuzaga keladi. Qo‘l ostidagi xodimlarning bilishga
oid qiziqishining bahs mavzuiga aylangan muammolarni o‘rganmaydigan,
ular yuzasidan rasmiy izoh berish zarur deb hisoblamaydigan rahbar bu
bilan nosog‘lom mish-mishlar yuzaga kelishiga sharoit yaratadi.
Mish-mishlardan kelib chiqadigan hissiy effekt ijobiy modallikni
o‘tkir his etish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Hissiyotlar axboroti
nazariyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, inson his qilayotgan qoniqish,
lazzat mish-mishlardagi xabar (garchi yolg‘on, voqelikka mos
kelmaydigan, ammo rostga o‘xshab ketadigan bo‘lsa ham) kutilganidan
ortiq axborot berganidagina mavjud bo‘ladi. Qandaydir (moddiy yoki
ma’naviy) qadriyatlarga ega bo‘lishga intilgan hollarda axborotning
bunday o‘ziga xos ko‘pligi zavq, xursandchilikni yuzaga keltiradi.
Masalan, amalga oshish ehtimoli juda kamdek tuyulgan azaliy orzu
kutilmaganda ushalganini ta’kidlovchi mish-mishning oqibati ana
shunday. Ushbu holda hissiy zavqlanishga (razradkaga) bo‘lgan ehtiyoj
qanoatlantiriladi, holbuki, albatta, mish-mish bunday maqsadga o‘ziga
118
xos tarzda, inson xabarning chin yoki chin emasligini bilmagan baxtli
holatda bo‘ladigan davr mobaynidagina erishadi.
Ko‘rib turganimizdek, mish-mishlarga qarshi kurash – oson ish emas,
bu maqsadda turli-tuman usullardan foydalaniladi. Ammo, asosiysi –
odamlarda mish-mishlarga qarshi ma’naviy-ruhiy barqarorlikni shakllan-
tirish. Bunga esa butun mafkuraviy ishlar tizimi bilan erishiladi.
Mish-mishlar o‘zi mohiyatiga ko‘ra ma’lum ma’noda tasdiqlagan
yoki hech kim tomonidan tasdiqlanmagan xabar (ma’lum ma’noda)
vazifasini bajaradi, shuning uchun ham ba’zi shaxslar hayotida va
jamiyatda ma’lum bir ijtimoiy psixologik muammolarni yuzaga keltiradi.
Natijada jamiyatni, insonlar turmush tarzini o‘zgartirib yuborish xusu-
siyatiga ega.
Shu nuqtai nazardan mish-mishlar ijtimoiy psixologik xususiyatga
ega bo‘lib, jamoatchilik ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va jamiyatga zid
bo‘lgan ommaviy tartibbuzarliklarni keltirib chiqaradi. Bu esa ichki ishlar
idoralari xodimlari faoliyatini yanada murakkablashtiradi.
Ko‘p hollarda mish-mishlarning kelib chiqishi va tarqalishining
asosiy sabablaridan biri shaxslarda kerakli ma’lumotlarning yetishmas-
ligidir. Buning natijasida shaxslarning ma’lum muammo, voqea-hodisaga
nisbatan talab, ehtiyoj va qiziqishlari qondirilmaydi. Bu esa, o‘z
navbatida, xabarlarni tarqatishda unlarga emotsional tus beradi, ularni
bo‘rttirish va boyitishga olib keladi. Mish-mishlar ma’lum maqsad va
manfaatlarga qaratilib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy yo‘nalishlar-
da namoyon bo‘ladi. Ular g‘arazli niyatlarda tarqatiladi.
Mish-mishlarni tarqatuvchi shaxslarning psixologik xususiyatiga na-
zar tashlaydigan bo‘lsak, ular hamisha xabarlarini ishonchli manbalardan
olingan deb aytishadi va insonlarga o‘zlarini bilag‘on qilib ko‘rsatishga
harakat qiladilar. Bunday shaxslar insonlardagi hayajonni ko‘rib,
voqealarga yanada ko‘proq emotsional tus berishga intilishadi.
Albatta, ba’zan mish-mishlarning kuchi haqiqiy axborotdan ham
kuchli bo‘lishi mumkin va ayrim hollarda ma’lum vaqt xuddi shunday
bo‘ladi.
Ko‘p hollarda mish-mishlar hududdagi operativ vaziyatga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, narx-navoning ko‘tarilishi, pulning almashi-
shi borasidagi mish-mishlar inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi va bu
ko‘pchilik holatlarda insonlarning hissiy zo‘riqishiga sabab bo‘ladi,
natijada ular xatti-harakatlarining izdan chiqishiga olib keladi.
Ko‘pchilik holatlarda mish-mishlarning tarqalishi va e’tirozli holat-
larning paydo bo‘lishiga manfaatli shaxslarning xatti-harakatlari va
119
xabarlari sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 2004–2005-yillarda shunday
mish-mishlar tarqaladi, go‘yoki yosh bolalarni o‘g‘irlaydigan manyak
paydo bo‘lgan va u bolalarning tana a’zolarini transplantatsiya qilishi
haqidagi mish-mish gaplar insonlar ruhiyatida qo‘rquv hissini paydo
qilgan.
Bunday paytlarda ichki ishlar idoralari xodimlari ma’lum vaqtgacha
xabarning o‘zagini topishga qiynalishadi, oxir oqibat shaharda kuchayti-
rilgan operativ vaziyat yuzaga keladi.
Demak, mish-mishlar ma’lum bir voqea, hodisalar haqidagi xabar
bo‘lib, bir kishi tomonidan ikkinchi bir kishiga yetkaziladigan og‘zaki
xabardir. Mish-mishlar ba’zi shaxslar tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lishi
ham mumkin.
Mish-mishlarni quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:
1) hodisalarni tasvirlash;
2) emotsional ton (tus) berish, izohlash;
3) mish-mish gaplarni ta’sir kuchidan foydalanish.
Mish-mishlar o‘z ma’no mohiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
1) umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish gaplar;
2) ma’lum ma’noda tasdiqlangan (haqiqat bor) mish-mish gaplar;
3) to‘liq ma’noda haqiqatga ega bo‘lgan mish-mish gaplar.
Umuman, mish-mishlar o‘z xarakteriga ko‘ra to‘g‘ri, aynan haqiqat-
ning o‘zini tashkil qilmaydi, sababi mish-mishlar bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga yoki bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishda qandaydir qo‘shim-
cha o‘zgarish bo‘ladi, ya’ni «mish» qo‘shiladi.
Mish-mishlar agressiv (ashaddiy) bo‘lishi mumkin (1992-yildagi
talabalar shaharchasida bo‘lgan voqeani ko‘z oldingizga keltiring).
Bunday vaziyatlarda odamlar hech narsaga ishonmaydigan bo‘lib qoladi,
bu holatlar ayniqsa kichik-kichik guruhlardagi odamlar orasida ko‘p
uchraydi. Mish-mishlar o‘z xususiyatiga ko‘ra maxsus tashkil etiladi va
birdan yuzaga kelishi mumkin.
Maxsus tashkil etilgan mish-mishlardan ko‘zlangan maqsad yashirin
motivlar, g‘arazli niyatlar bilan amalga oshiriladi.
Mish-mish gaplar shaxslar ongiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
1) shu muammo bo‘yicha ongda ma’lum tasavvur yuzaga keladi;
2) aholi orasida guruh-guruh bo‘lib yurishib, jamiyatdagi mavjud
tartibni buzish yuzaga keladi.
Shuningdek, yer qimirlash, tabiiy ofatlar, terrorchilik aktlari haqidagi
mish-mishlar insonlar ongida qo‘rquv hissini paydo qiladi.
Mish-mish gaplarga qarshi kurashish uchun:
120
– ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish va mish-mishlar
haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish hamda mazmun-mohiyatini ochib
berish;
– mish-mishlarning tarqalish hududini kuzatish va o‘sha hududda
profilaktik ishlarni tashkil etish;
– jamoatchilikka mish-mishlar bilan bog‘liq masalalarni to‘g‘ri
tushuntirish va aniq axborotlar berish;
– mish-mishlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda
jamoatchilik kuchlaridan foydalanish lozim.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosalarga kelish mum-
kin:
1) mish-mishlar ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, ichki ishlar
idoralari xodimlari ishini qiyinlashtiradi, jamoatchilik ongiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi;
2) mish-mishlar tasdiqlanmagan xabar bo‘lib, o‘z kuchi, mazmuni,
xarakteridan kelib chiqqan holda odamlarda emotsional hislarni yuzaga
keltiradi;
3) mish-mishlar tarqatishning asosiy sabablari shaxslarning guruhlar,
jamoalar, odamlar orasida o‘zini ko‘rsatishi, mish-mishlarni qayoqdan
kelishini bilgan holda boshqalarni sodir etilishi mumkin bo‘lgan voqea-
lardan xabardor qilish, o‘zlaridagi mavjud zo‘riqishni tushirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |