Kelib chiqishiga ko‘ra tartibsiz ravishda yuzaga keladigan yoki
atayin o‘ylab topiladigan mish-mishlar bo‘ladi. Oraliq turlari ham bo‘lishi
mumkin. Ba’zan mish-mish o‘z-o‘zidan yuzaga keladi, ammo muayyan
zaminga tushgach, axborotni o‘z manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgarti-
rishga tayyor, uning tarqalishidan manfaatdor shaxslar topiladi. Dastlab
mish-mish atayin tarqatilgan, ammo stixiyali ravishda amal qiluvchi
ijtimoiy-psixologik mexanizmlarga tushib, ular tufayli ko‘p bora kuchay-
gan hollar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, dushmanlarning mamlakati-
mizga qaratilgan radio eshittirishlarida mavjud bo‘lgan ba’zi mish-
mishlarni siyosiy va axloqiy jihatdan yetarlicha yetuk bo‘lmagan odamlar
eshitib, o‘z harakatlarining oqibatlarini o‘ylamay uni yana tarqatgan
hollarda ana shunday bo‘ladi.
Odamlar ongiga ta’sir kuchiga ko‘ra mish-mishlar quyidagi turlarga
bo‘linadi. Ijtimoiy fikrni qo‘zg‘atuvchi, ammo aniq ko‘rinib turgan
g‘ayriijtimoiy xulq sohasiga kirmaydigan mish-mishlar; aholining
muayyan qismida g‘ayriijtimoiy xulqni keltirib chiqaradigan mish-
mishlar; odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni buzuvchi va jamoat
tartibini guruh bo‘lib buzishga (masalan, stadionlardagi tartibsizliklar,
tabiiy ofat sharoitidagi sarosimalar va boshqalarga) aylanuvchi mish-
mishlar mavjuddir.
Mish-mishlar muayyan p s i x o l o g i k sharoitlar mavjud bo‘lganda
yuzaga keladi. Ushbu sharoitlarni tushunish uchun taniqli olim
P. V. Simonov his-hayajonlar (emotsiyalar) axborot nazariyasiga qiziqish
uyg‘otadi
1
, degan fikrni bayon qilgan.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, vaqtning har bir muayyan daqiqasida
dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun inson aniq harakatlar
sodir etishi kerak. Lekin u doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi ehtimolli
muhitda harakat qilgani bois, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun unga
ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi narsalar va shart-sharoitlar haqidagi
axborot kerak bo‘ladi. Ehtiyoj qanchalik keskin bo‘lsa, insonning zarur
axborotni izlashga qaratilgan faoliyati ham shunchalik jadal bo‘ladi. Agar
inson xatti-harakati (xulqi)ni tashkil qilish uchun yetarli axborotga ega
bo‘lsa, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) amalda yuzaga kelmaydi, yuzaga kelsa
ham juda sust ko‘rinishga ega bo‘ladi. P. V. Simonovning yozishicha,
agar raqibni yengish usullari yaxshi ma’lum bo‘lsa va unga qarshi
kurashayotganlar ana shu usullarni bilsalar, g‘azabning keragi yo‘q;
himoya vositalari mavjud bo‘lsa va samaradorligi shubha uyg‘otmasa,
1
Qarang: Симонов П. В. Что такое эмоции. – М., 1966. – С 57.
115
tashvish va qo‘rquv uchun sabab yo‘q. Inson tasarrufidagi axborotning
yetarli emasligi natijasida aniq vaziyatlarda salbiy hissiyotlar yuzaga
keladi. Axborotga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish uchun zarur deb
bashorat qilinayotgan hajmdan ortib ketganida insonni ijobiy hissiyotlar
chulg‘ab oladi.
P. V. Simonov matematik simvollardan foydalanib quyidagi ifodani
keltiradi:
H=E (Z–M),
bunda H – hissiyotlar; E – ehtiyojlar; Z – ehtiyojni qondirish xulqini tashkil
qilish uchun zarur hisoblangan axborot; M – mavjud bo‘lgan, ya’ni inson
tasarrufidagi axborot.
Bizning mavzuga tatbiq etganda mazkur ifodani quyidagicha talqin
etish mumkin. Agar ehtiyoj nolga teng bo‘lsa (masalan, u yoki bu voqea
insonni aslo qiziqtirmasa), u holda shaxs axborotga muhtoj bo‘lmaydi va
bu masalada hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Binobarin, mish-mishlar
yuzaga kelishi uchun ham asos bo‘lmaydi. Ehtiyojni qondirish uchun
zarur deb hisoblangan axborot (Z) mavjud axborot (M)ga teng bo‘lganida
ham ular yuzaga kelmaydi. Agar muayyan sababga ko‘ra odamlarning
bunday axborot bilan to‘liq ta’minlangan jamoasiga tashqaridan mish-
mishlar kirsa, bundan keyin ular tarqalmaydi, balki uning ichida barham
topadi.
M nolga teng bo‘lganida, ya’ni inson o‘z xulqini tashkil qilish va
dolzarb ehtiyojini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan hech qanday
axborotga ega bo‘lmasa, hissiyotlar maksimal ahamiyatga ega bo‘ladi,
mish-mishlar uchun esa eng qulay zamin yuzaga keladi. Bir tomondan,
ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilishdek keskin zarurat, ikkinchi
tomondan, buning uchun kerakli har qanday axborotning yo‘qligi insonni
axborot manbalarini baholashda ularning farqiga yetmaydigan qilib
qo‘yadi.
Mish-mishlar nafaqat hech qanday rasmiy axborot bo‘lmagan
sharoitda, balki bunday axborot odamlarning qiziqishlarini qondirmagan,
yetarlicha ishonchli bo‘lmagan yoki shubhali bo‘lgan hollarda ham
yuzaga keladi va tarqaladi.
Inson unga kelayotgan axborotni beparvolik bilan qabul qilmaydi. U
ushbu axborotni o‘z qarashlari va e’tiqodlari, yanglishuvlari va xuro-
fotlari, mayl va xush ko‘rmasliklari bilan solishtiradi. Shaxs agar
norasmiy yo‘llar bilan boshqa xabar olgan bo‘lsa, rasmiy axborotga
116
tanqidiy munosabatda bo‘ladi. Bunday vaziyatda nafaqat axborot berish,
balki qayta ishontirish talab etiladi. Bu esa yanglishayotgan odamning
o‘zi uchun ham, uni qayta ishontirayotganlar uchun ham juda qiyin
bo‘ladi.
Psixologiya fanida axborotni odamlar aynan o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun tarqatadilar va o‘zlashtiradilar deb to‘g‘ri ta’kidlanadi
1
.
Ushbu ehtiyojlarni ularning mish-mishlar bilan qondirilishi nuqtai nazari
bilan ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |