1. Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:
– har bir xodimni tanlash va ishga tayinlashda qiziqishlarini inobatga
olish;
– xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi
uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;
– xodimlarga fuqarolar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy
aloqa o‘rnatish mahoratini o‘rgatish;
– xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal
masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm-
fan yutuqlaridan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-
hurmatini joyiga qo‘yish;
– qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat
qilishga o‘rgatish;
– xodimlarning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari uchun,
oilasining tinchligi, hayotining sermazmun bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik
qilish;
– o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llashni
o‘rgatish va xodimni janjalli va qo‘rqinchli vaziyatlarda ishlashga ruhiy
jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
– jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |