A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

2. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida: 
– xodimlarda ilmiy dunyoqarashni, axloqiy-huquqiy e’tiqodni, g‘oya-
viy-siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy 
istiqlol mafkurasini shakllantirish; 
– ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash; 


 80 
– iroda va xarakter kuchini chiniqtirish; 
– jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini hosil 
qilish; 
– xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko‘rsatish; 
– tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va 
jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish; 
– jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish; 
– qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlarini, dam olishini yaxshilash 
borasida g‘amxo‘rlik qilish; 
– tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga 
qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy 
birligiga asosiy e’tiborni qaratish; 
– xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va 
tili bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish 
va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish. 
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy 
buzilishlarining sabablari va ularni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
davlatimiz rahbari Islom Karimov shunday degan edi: «Huquqni himoya 
qilish organlarining ayrim nopok xodimlari o‘z vazifasini suiiste’mol qilib 
jinoyatga qo‘l urmoqda.  ... huquqni muhofaza etuvchi idoralar –militsiya, 
sud, prokuratura xodimlari saflarini malakali, Vatanga va o‘z burchiga 
sadoqatli, insofli, yosh, iqtidorli va zamon talablariga javob beradigan 
kadrlar bilan to‘ldirish ishlari kuchaytirilishi lozim.  ... 
Barcha bo‘g‘inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar 
boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro‘si, uning 
manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan, ishlarimiz  
ko‘ngildagidek bo‘lmaydi»
1

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ichki ishlar idoralari xodimlari 
kasbiy buzilishlarining oldini olish asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni umumiy 
chora-tadbirlar va bevosita chora-tadbirlarni qo‘llash asosida olib boriladi. 
Umumiy chora-tadbirlarga jamiyatdagi ziddiyatlarni tadrijiy yo‘l bilan 
hal qilgan holda, huquqni himoya qiluvchi barcha idoralarda qonunga 
itoatkorlikni, hayotning barcha jabhalarida qonunlarning ustunligini 
ta’minlash kabilar kiradi. Bevosita chora-tadbirlarga aynan xodimga qara-
tilgan chora-tadbirlar hosdir. 
                                         
1
 Каримов И.А. Бунёдкорлик йўлидан Т. 4. – Т.: Ўзбекистон, 1996. –287–
288-б.
 


 81 
«Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng 
muhim yo‘nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga 
qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallash-
tirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat 
asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy oni va mada-
niyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda»
1
.  
Shunday ekan  qonunga bo‘ysunish yuksak huquqiy onglilik, jamiyat 
va davlat manfaatlarini chuqur tushunib yetish, ijtimoiy burch, ya’ni o‘z 
qilmishlari uchun davlat oldida javobgarlik tuyg‘usi bilan uzviydir. 
Qonunlarga itoatkor har bir fuqaro qonunlarning talablari jamiyatning 
yuksak manfaatlarini ifoda etishini, huquqiy qonunlarga rioya qilish faqat 
xalq manfaatlariga emas, balki uning o‘z manfaatlariga ham xizmat 
qilishini yaxshi tushunadi. Mazkur ma’noda qonunlarga itoat qilishni xalq 
birligi va kuch-qudratining manbai deb atash mumkin. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish