A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga quyidagilarni kiritish mumkin: 
– jinoyatchilikka qarshi kurashishga psixologik jihatdan tayyor 
bo‘lish, kasbiy  ko‘nikma va malakalarni  shakllantirish; 
– maxsus operativ xizmat faoliyatining turli jihatlariga psixologik 
yo‘nalganlikni rivojlantirish; 
– kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va 
rivojlantirish; 
– turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish 
ko‘nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish; 
– operativ xizmat faoliyatining turli vaziyatlarida rolga kirishish 
ko‘nikmalarini shakllantirish; 
– fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida 
ta’sir etishning psixologik usullarini qo‘llash mahoratini takomil-
lashtirish; 
– operativ xizmat faoliyatining og‘ir vaziyatlarida o‘zini tuta bilish, 
psixologik barqarorlikni shakllantirish; 
– shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlantirish, 
xodimlarga o‘zini tutish va boshqarish usullarini o‘rgatish; 
– irodaviy faollik va irodaviy harakat ko‘nikmalarini shakllantirish; 
– ishdagi ruhiy zo‘riqishlarga tayyor turish. 
Jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid kasbiy mahoratni shakllan-
tirish  ushbu faoliyatning muhim jihatlaridan biridir. bu o‘rinda eng 
asosiysi xodimlarning kasbiy yo‘nalganligini shakllantirish, ularda kasbiy 
faoliyatga nisbatan barqaror kasbiy qiziqishni rivojlantirish hisoblanadi. 
Bu, shuningdek xodimlarda har qanday qonunbuzarliklarga nisbatan 
kelishmovchilik, huquqiy normalarni so‘zsiz bajarishdan iborat barqaror 
odat, kuchli rivojlangan haqiqat, adolat va qonuniylik hissini 
shakllantirishni taqozo etadi. 


 72 
Maxsus operativ xizmat va tergov faoliyatining turli jihatlariga oid 
psixologik yo‘nalganlikni rivojlantirish xodimlarni psixologiya asoslari 
bilan tanishtirish, ularda o‘z ishlarida odamlar, guruhlar psixologiyasini 
inobatga olish ko‘nikmalari va odatlarini shakllantirishni taqozo etadi. 
Tergov va operativ xizmat faoliyatining psixologik jihatlarini tushunish 
xodimlarning o‘tkaziladigan tergov, operativ qidiruv va boshqa hara-
katlardagi psixologik xususiyatlarni bilishlari va hisobga olishlarini 
taqozo etadi. 
Kasbiy jihatdan muhim bo‘lgan bilish xislatlarini shakllantirish va 
rivojlantirish  xodimlar faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Ularga 
kasbiy ziyraklik, idrok, kuzatuvchanlik, xotira, tafakkur va tasavvur 
kiradi. Ushbu xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar 
xodimlarning kasbiy jihatdan muhim ma’lumotlarni esda olib qolish, esda 
saqlash va qayta esga tushirish samaradorligini oshiradi, mantiqiy fikrlash 
va ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradi.  
Turli toifadagi fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish uquv 
mahorati hamda ko‘nikmalarini takomillashtirish va rivojlantirish. Ichki 
ishlar organlari xodimlari turli toifadagi fuqarolar (jabrlanuvchilar, 
guvohlar, gumon qilinuvchilar, maxsus hisobda turganlar va h.k.) bilan 
doimiy muloqotda bo‘ladilar. Olinadigan operativ jihatdan muhim 
axborotning sifati xodimlarning ular bilan muomala qilish, psixologik 
aloqa o‘rnatish, ishonchli munosabatga kirishish qobiliyatiga bog‘liq. Bu 
esa, o‘z navbatida, butun faoliyatining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Psixologik tayyorgarlik davomida xodimlar psixologik aloqa o‘rnatish 
usullari va yo‘llari tizimini egallashlari kerak. Ularda notanish kishilar 
bilan tezda aloqa o‘rnatish va ularni o‘ziga moyil qilish, odamlarning 
fikrini eshita olish, muloqot jarayonida psixologik to‘siqlarni yenga olish 
mahorati shakllangan bo‘lishi kerak. Psixologik tayyorgarlik 
xodimlarning psixologik aloqa o‘rnatish jarayonini yengillashtirishga 
imkon beruvchi muayyan qoidalarni o‘zlashtirishlarini taqozo etadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish