A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Individual shaxslarning harakatlari va ularning davlatga tegishliligi



Download 7,07 Mb.
bet46/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Individual shaxslarning harakatlari va ularning davlatga tegishliligi.

Mazkur ish amalga oshirilgan harakatning davlatga tegishliligi to‘g‘risida, xususan, individual shaxslar harakatlarining davlatga tegishli bo‘lishi mumkinligini tan olgan qaror bo‘ldi. Albatta, ushbu ishdan tashqari yana bir nechta ishlarda ham yakka shaxslarning harakatlarining davlatga tegishliligi masalasi ko‘rib chiqilgan (AQSH-Nikaragua nizosi va Genotsid to‘g‘risidagi konvensiyaning qo‘llanilishi bo‘yicha ish) bo‘lishiga qaramay, ularda shaxslarning harakatlari davlatga taalluqli deb topilmagan. Ushbu ishda esa sud elchixonaning egallanishidan boshlab, elchixona xodimlarining asirga olinganligini tan olish va undan keyingi voqealar rivojini hisobga olib, bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar Eronga tegishliligini belgilashi alohida e’tiborga molikdir. Bu esa xalqaro huquqqa zid bo‘lgan harakatlar nafaqat davlat organlari balki, individual shaxslar tomonidan amalga oshirilganda ham davlat xalqaro huquqiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini anglatadi. Mazkur ishda yana bir o‘zgacha holat mavjudki, bu asosan Humayniy shaxsi bilan bog‘liq. Avvaliga Eron barcha zararni qoplashga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, Humayniy hokimiyat tepasiga kelishi bilan u zararni qoplashdan va asirlarni qo‘yib yuborishdan to‘liq bosh torta boshladi. Bundan tashqari, sud AQSH elchixonasi hamda konsulliklarning egallanishi va xodimlarining ushlab turilishi boshqa davlat elchixonasi hamda konsullik xodimlarining ushlab turilishidan farq qilgani, boshqacha so‘z bilan aytganda, AQSHdan tashqari davlatlarning elchixona hamda konsullik xodimlari tezda qo‘yib yuborilganini harbiy guruhlar Eron hukumatining buyruqlariga bo‘ysunayotgani anglatishini va ularning harakatlarini Eronning harakatlari sifatida baholash mumkinligini bildirdi. Albatta, bunday harakatlar xalqaro huquq qoidalarining keskin ravishda buzilishini anglatadi. Bunga misol qilib, Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning 22-moddasi 2-bandida belgilangan davlat o‘z hududidagi elchixona va konsulliklarni himoya qilish majburiyati buzilganligi hamda shu konvensiyaning 22-moddasi 1-bandida belgilangan elchixona va konsullik idoralariga o‘sha davlatning ruxsatisiz kirmaslik majburiyati buzilganligini keltirishimiz mumkin. Bu yerda diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning yuqorida ko‘rsatilgan moddalari bevosita Eron tomonidan buzilmagan bo‘lsa-da, uni buzgan yakka shaxslarning harakatlari Eronning harakatlari sifatida baholanayotgani sababli Eron tomonidan buzilgan deb hisoblanmoqda. Ushbu vaziyatda yana bir holatga e’tibor qaratishimiz zarurki, harbiy guruhlarning harakatlari Eronning harakatlari sifatida baholansa-da, bu harbiy guruh yoki individual shaxslarning huquqiy maqomiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.


  1. Download 7,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish