Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Kimyo-texnologiya fakulteti 2 A Kimyo yo`nalishi talabasi Atadjanova Yulduzayning
Fizikaviy-kimyo fanidan tayyorlagan laboratoriya
Ishi uchun taqdimoti
Mavzu: Paraxorni nazariy va amaliy hisoblash
A.I.Bachinskiy tomonidan suyuqlikning sirt tarangligi bilan ularning zichligi orasidagi bog`liqlik topilgan:
σ = k(dc-dδ)4 (1) Bu yerda σ-sirt taranglik; k-proporsionallik koeffitsienti;
dc –suyuqlikning sirt tarangligi o`lchanayotgan haroratdagi zichligi;
dδ – huddi shu haroratdagi suyuqlik bug`ining zichligi.
Odatdagi haroratda suyuqliklarning zichligi ularning bug`i zichligidan ancha katta bo`ladi. Shuning uchun (1) tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
σ = kdc4 (2) Yuqoridagi formuladan k ni topsak
(3) bu tenglamani to`rtinchi darajali ildizdan chiqarib, tenglamani ikkala tomonini ham molyar massaga ko`paytirish orqali quyidagi tenglama
(4) ga ega bo`lish mumkin.
kattalik temperaturaga bog`liq emas. Bachinskiy uni paraxor deb atadi va P harfi bilan belgiladi. Paraxor grekchadan tarjima qilinganda “fazo” degan ma`noni bildiradi. Paraxor -bu suyuqlikning sirt tarangligini suyuqlik va bug` zichligi bilan bog`laydigan moddaning murakkab fizik-kimyoviy xususiyati.
Shunga ko’ra
(5) ga teng bo`ladi.
Paraxor- additiv kattalik. Molyar paraxor bu atomlarning paraxorlari hamda alohida bog` va halqalarning paraxorlari yig`indisiga teng bo`ladi.
ISHNING BAJARILISHI: Stalagmometrik usulda 2 ta organik moddaning sirt tarangligi aniqlanadi, so`ngra (5) formula orqali ularning paraxorlari hisoblab topiladi.
Suyuqlik sirtini 1sm2ga oshirish uchun sarflash lozim bo`lgan ish sirt taranglik koeffitsiyenti yoki to`g`ridan-to`g`ri sirt taranglik deyiladi. Kerakli reaktiv va jihozlar: stalagmometr, distillangan suv, tekshiriladigan suyuqlik (Ixtiyoriy organik modda)
Sirt taranglik grekcha σ (sigma) harfi bilan belgilanadi.
Suyuqlikning sirt tarangligi suyuqlikning tabiatiga va temperaturasiga bog`liq bo`ladi.
Sirt taranglik son jihatdan doimiy temperaturadagi sathlar chegarasini hosil qilish uchun bajarilgan ishga teng.
Sirt taranglikni aniqlashning eng ko`p qo`llaniladigan usullari kapillyar ko`tarilish usuli va stalagmometriya (tomchilarni sanash) usulidir. Suyuqlikning kapillyar ichida ko`tarilish usuli ho`llaydigan suyuqliklarning sirt taranglik tufayli kapillyarda ko`tarilishiga asoslangan. Kapillyar suyuqlikka botirilganda suyuqlik devorlarini ho`llab, sirt taranglik kuchi tufayli yuqoriga ko`tariladi. Suyuqlikning kapillyar nayda ko`tarilish balandligi h, nayning radiusi rva suyuqlik zichligi d bo`lsa, uning sirt tarangligi σ ushbu formuladan topiladi:
σ =0,5rhdg (6) g-og`irlik kuchi tezlanishi
Stalagmometriya (tomchilarni sanash) usuli Kapillyar uchidan oqib tushayotgan suyuqlik tomchisi sirt taranglik kuchi ta`sirida shar shaklini oladi. Tomchining massasi sirt taranglik kuchini yenggandagina tomchi uzilib tushadi.
Sirt taranglik stalagmometr yordamida o`lchanadi. Bu usulda stalagmometrdan oqib tushayotgan suyuqlik tomchisi ni sanab, uning massasi aniqlanib, so`ngra sirt taranglik hisoblanadi
g-Yerning tortish kuchi tezligi
K- tomchi perimetri (har bir asbob uchun o`zgarmas kattalik)
(7)
Stalagmometrda dastlab suv tomchisining soni, massasi aniqlanib keyin suvning sirt tarangligi hisoblanadi:
mc=ρc·V ekanligini
hisobga olsak, yuqoridagi ikkita formuladan quyidagicha qiymat kelib chiqadi:
(8)
(9)
(10)
1-misol. Stalagmometrdan asta –sekin oqib tushayotgan toluolning 38ta tomchisining og`irligi 1,4864 g keladi. Shu asbobdan chiqayotgan suvning 25 tomchisining massasi 2,6570g. Suyuqliklarni oqib tushish vaqtida harorat 323 K bo`lgan. Shu haroratda suvning sirt taranglik qiymati 67,91·10-3 N/mbo`lsa toluolning ayni haroratdagi sirt tarangligini aniqlang.
2-misol. 293 K da metil spirtining sirt tarangligi 22,6·10-3 N/m, zichligi 0,790 g/ml. suyuqlik 1,5 sm balandlikka ko`tarilishi uchun naycha kapillyarning radiusi qancha qanday bo`lishi kerak?