A guruh talabasi mehmonov firdavsning


DEMOKRATIK TARAQQIYOTDA TURLI XIL G’OYALAR VA MAFKURALAR, SIYOSIY INSTITUTLAR XILMA-XILLIGINING AHAMIYATI



Download 130,77 Kb.
bet3/3
Sana06.07.2022
Hajmi130,77 Kb.
#743228
1   2   3
Bog'liq
Milliy g\'oya referat

DEMOKRATIK TARAQQIYOTDA TURLI XIL G’OYALAR VA MAFKURALAR, SIYOSIY INSTITUTLAR XILMA-XILLIGINING AHAMIYATI

O’zbekistonda mustaqillik yillarida mustaqil davlat tashkil etishning barcha siyosiy va huquqiy zaminlari yaratildi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishlarga aylangan masalalar – tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantirish, sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy xayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport jabhalariga e’tibor qaratish, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Milliy g’oyaning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u fikrlar va g’oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. Erkinlik, xususan, fikr erkinligi va xilma-xilligi tamoyillariga amal qilish milliy g’oya uchun muhim ahamiyatga egadir. Fikr erkinligi va g’oyalar xilma-xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta’minlab turuvchi va inson salohiyatini oshiruvchi muhim omildir.
O’zbekistonning milliy mustaqillikdan keyingi taraqqiyot yo’li aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Respublikaning yana bir xususiyati – aholi milliy tarkibining o’ziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallab, shu bilan bir vaqtda, respublika hududida o’z madaniyati va an’anasiga ega bo’lgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. O’zbekistonda bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan qat’iyan voz kechilib, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi tan olinadi. O’zbekistonda ma’naviylik va insonparvarlik, respublika hududida yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlarini, dini, tili va madaniyatini hurmat qilish qoidalariga ustuvorlik berilmoqda. Mamlakatimizda chinakam demokratiyaning zaruriy va qonuniy tarkibi sifatida ko’ppartiyaviylik amalda shakllantirilmoqda. G’oya va mafkuralar xilma-xilligi ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruxlar manfaatlarini ifoda etuvchi g’oyaviy rangbaranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini o’zida ifodalaydi. Inson va jamiyat hayotida g’oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo’lishi ijtimoiy ma’naviy ehtiyojga bevosita bog’liq bo’lib, jamiyat hayotida turli ijtimoiy gurux, qatlam, siyosiy partiyalarning maqsad-muddaolari, orzu-istaklari, manfaatlari birbiridan farqlanishi mumkin. Jamiyatda fikrlar va g’oyalar bir-biridan farq qilib, o’z mohiyatiga, oldiga qo’ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlarning manfaatiga xizmat qilishiga qarab, bu fikrlar va g’oyalar bir-biridan farqli xususiyatga egadir. Dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir-biridan farqlanadi hamda ularning diniy e’tiqodi, milliy madaniyati, milliy mentaliteti, maqsadlari va taraqqiyot yo’llari turli mafkuralarga asoslanadi. Jamiyat hayotida mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi qarashlar va g’oyalar tizimini o’zida ifodalab, bu tizim o’zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va badiiy negizlariga egadir. Mamlakatda ilg’or g’oyalar va mafkuralar qancha ko’p bo’lib, jamiyatning ma’naviy hayotida mafkuraviy plyuralizm hukmron bo’lsa, taraqqiyotning samarali yo’lini tanlab olish uchun imkoniyatlar ham shunchalik keng bo’ladi. Mustaqil O’zbekistonda mafkuraviy plyuralizm, mafkuralar va fikrlar xilmaxilligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. G’oya va mafkuralar xilma-xilligi mamlakatimizda ko’ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratmoqda. Siyosiy partiyalar esa o’zlari mansub bo’lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o’zlarining harakat dasturlarini ishlab chiqadilar. Jamiyatdagi ezgu g’oyalar barcha davrlarda insonni yuksak orzular bilan yashashga, olijanob maqsadlar yo’lida e’tiqod bilan kurashishga o’rgatadi. Ezgu va yuksak g’oyalar odamlarni hamisha olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. Bunyodkorlik g’oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlarga xizmat qiladi. Bunyodkor g’oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot va erkin jamiyat qurish uchun kurash olib boradilar. Milliy mafkura turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan ijtimoiy hodisadir. Milliy mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi. Milliy mafkura O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qilib, barcha siyosiy partiyalar, millat va qavmlar, guruh va qatlamlarning umumiy manfaatlarini o’zida ifodalaydi. Milliy mafkura millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqod manbai bo’lishi, so’z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olishi, O’zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo’lishi zarurdir. Mafkurada ifoda etilgan g’oya va maqsad jamiyatdagi ko’plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo’lib, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi. Jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar mafkura asosida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o’z munosabatlarini belgilaydilar. Mafkura keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo’llabquvvatlab, ularda kelajakka ishonch tuyg’ularini shakllantiradi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy-siyosiy harakatning o’ziga xos dasturilamali bo’lib xizmat qiladi. Milliy mafkura jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruh va qatlamlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi ijtimoiy omildir.
Milliy mafkura O’zbekiston zaminida istiqomat qilayotgan barcha kishilarni millati, dini, tili, kasb-kori, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar yagona maqsad yo’lida birlashtirishni, butun xalq irodasini murakkab ijtimoiy muammolarni oqilona hal etish uchun yo’naltirishni, kishilarda yorqin va baxtli kelajakka ishonch ruhini tarbiyalashni, milliy mustaqilligimizga jiddiy xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur va vatanparvar avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi. Milliy mafkura kishilar ongiga singdirilishi bilan ularda Vatan taqdiri uchun mas’ullik, yagona Vatan tuyg’usi shakllanib, milliy mafkura o’zida butun bir xalqning hayotiy manfaat va intilishlarini aks ettiradi. Jamiyat hayotida demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar turlitumanligi ya’ni plyuralizmning qaror topishiga olib keladi. Milliy mafkura jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar manfaatlarini aks ettirib, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ijtimoiy illatlarga qarshi kurashishni taqozo etadi.
Download 130,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish